1-mavzu: Kirish. Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og'zaki ijodi”ni o'rganilishi. Folklor ma’naviv tarbiyaning poydevori. Reja



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə49/103
tarix24.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#192618
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   103
Folklor mavzular

Aytim-olqishlar erkalovchi motivdagi rasm-rusum qo`shiqlari bo`lib, aksariyati, asosan, bolalarning beshik davriga oid turli-tuman marosimlarda ijro etiladi: chaqaloq besh va to`qqiz kunga to`lganda, ilk bor cho`miltirilganda, beshikka birinchi marta va har gal bog`lanib, yana ochib olinganda, ilk bor ota-onasi va qarindoshlariga tanishtirilganda, ilk tishi yorilganida, birinchi marta mustaqil o`tirganida, oyoq bosganida, toy-toylaganida, Yangi kiyim kiygizilganda, ilk bor ovqatlantirilganda, qizaloq sochini ilk bor yuvib-taraganda, tirnog`i ilk bor olinganda, o`g`il bola sochi birinchi marta qirqilganda, bola sha’niga isiriq tutatilganda, xullas, shunday rasm-rusumlarning har biri mazmuniga yarasha aytim-olqishlar mavjud. Bularning ma’lum qismi ijtimoiy taraqqiyot tufayli so`na boshlagan bo`lsa-da, ma’lum qismi xalq an’analarining poetik uzvi sifatida hamon yashamoqda, aytaylik, bolalarning yangi kiyim kiyishiga oid aytim-olqish ijtimoiy munosabatlardagi o`zgarishlar ta’sirida transformasiyaga uchrab, tug`ilgan kunini nishonlash jarayonida bolaga yangi kiyim kiydirish qutloviga aylangan:

San bir -yillik, Yana: Yoqasi moyli bo`lsin,


Man ming -yillik. Etagi loyli bo`lsin.
Kiya-kiya to`zdiraylik, Mayli bir -yilda to`zsin,
Dugonalarimdan o`zdiraylik. O`zi-chi, ming -yil kulsin.
Bu xildagi aytim-olqishlar ijrosidagi o`ziga xoslik shundaki, ularni avval bolaga kiyim kiydiradigan kishining o`zi aytib, so`ngra o`sha boladan takrorlash talab qilinadi. Yangi kiyim kiyayotgan bola shu talabga muvofiq takror ijro etadi.
Erkalama va ovutmachoqlar ham suyish qo`shiqlarining bir-biridan farq qiluvchi janrlari sanaladi. Ovutmachoqlar kichkintoylar g`ashlanganda, baqirib-chaqirib yig`laganda, betoqatligi oshganda ovutish zaruriyatining ehtiyojga aylanishi oqibatida yuzaga kelsa, erkalamalar uchun esa kayfiyatning ko`tarinkiligi muhim rol o`ynaydi. Erkalamalar mehr xurujidan tug`iluvchi badihalardir. Ovutmachoqlar vaziyat taqozosi tufayli ehtiyojga aylansa, erkalamalar kayfiyat taqozosi tufayli ehtiyojga aylanadi. Ovutmachoqlarda ijrochi kayfiyatining qay holatdaligi ahamiyatsiz. Erkalamalarda ijrochi kayfiyatining xushligi, ko`tarinkiligi muhim; xafalikda, ehtiroslar sovugan paytda bolani erkalash mayli tug`ilmaydi. Bolani erkalash uchun kayfiyat behad chog` bo`lmog`i shart. Ekstaz holat erkalamalar janr tabiatini belgilovchi yetakchi xususiyatdir. Erkalamalarning aksariyati “O... shugina” yoki to`ppa-to`g`ri “Shugina” va “Shuginagina” so`zlari bilan boshlanib, ko`pincha 4 yoki 6, ayrim hollardagina 10 va undan ortiq satrdan iborat bo`ladi. Bunday cheklanishning asosiy sababi-mehr xurujining cho`ziluvchanlik darajasiga, aniqrog`i, uzoq cho`zila olmasligidan iborat psixologik holat bilan bog`liq. Chunki mehr xuruji soniyaviy bo`lib, tezda pasayishi tabiiy. Binobarin, erkalama hajman mehr xurujining nechog`lik kuch va cho`ziluvchanlikda namoyon bo`lishi oqibatidir.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin