1-mavzu: Kirish. Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og'zaki ijodi”ni o'rganilishi. Folklor ma’naviv tarbiyaning poydevori. Reja



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə1/103
tarix24.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#192618
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Folklor mavzular



1-MAVZU: Kirish. Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og'zaki ijodi”ni o'rganilishi. Folklor ma’naviv tarbiyaning poydevori.


Reja:
1. O`zbek xalq og`zaki ijodining maqsad va vazifalari
2. Folklor – so`z san’atining boshlang`ich namunasi
3. Xalq –folklorning ijodkori; folklor –jamoa ijodi; folklor – og`zaki ijod.
4. Folklorda an’anaviylik, variantlilik, ijodiy metod.
5. Folklorshunoslik - folklor haqidagi fan.
6. Folklor namunalarining qadimgi yozma obidalar orqali yetib kelishi.

  1. O`zbek folklori va folklorshunosligining taraqqiyot davrlari.


Tayanch tushunchalar: folklor, xalq og`zaki poetik ijodi, el adabiyoti, xalq adabiyoti, og`zaki ijod, animizm, totemizm, fetishizm, og`zakilik, jamoa ijodi, an’ana, variant, versiya, ijodiy metod, folklorshunoslik, folklorizmlar, kult, tur, janr, improvizatsiya, arxiv.

ADABIYOTLAR:

  • Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017.

  • Karimov I.A. Yuksak ma'naviyai yengilmas kuch.-T.: "Ma’naviyat". 2008.

  • Jo‘rayev M. Folklorshunoslik asoslari. -T.: “Fan”, 2009.

  • Jo'rayev M. Folklorshunoslikka kirish. O‘quv qo‘llanma. - Toshkent: TDM1, 2008.

  • Safarov O. O‘zbek xalq og'zaki ijodi. -T.: “Musiqa” nashriyoti, 2010.

  • Madayev O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. -T.: “Mumtoz so‘z”, 2010.

  • N.Mallayev. Alisher Navoiy va xalq ijodiyoti. T. 2015.


Folklor haqida umumiy tushuncha. “Folklor” atamasi aslida “folk” - xalq va “lore”-donolik so`zlaridan yasalgan bo`lib, “xalq donoligi, xalq donishmandligi” ma’nolarini anglatadi. Uni birinchi marta 1846-yilda Vilyam Toms ilmiy istiloh sifatida qo`lladi. Shundan boshlab bu istiloh xalqaro miqyosda ilmiy taomilda o`zlashib ketdi. Shunga qaramay, Angliya, AQSh va boshqa ingliz tilida so`zlashuvchi mamlakatlarda bu mavhum tushuncha sifatida keng ma’noda xalq ijodining barcha sohalarini – xalq poeziyasi, xalq nasri, musiqasi, raqsi, rassomlik, o`ymakorlik, diniy e’tiqodi va odatlarini ifodalasa, boshqa tillarda so`zlashuvchi xalqlarda, asosan, so`z san’atini - xalq og`zaki poetik ijodi tushunchasini ifoda etadi.
Xalq musiqasi tushunchasini ifodalashda “musiqa folklori”, xalq san’atining boshqa turlarini, chunonchi, o`ymakorlik, zargarlik, zardo`zlik, kashtachilik (patdo`zlik) singarilar xalq amaliy san’ati termini ostida tushuniladi. Xalq raqsi tushunchasi xalq xoreografiyasi (grekcha choreuo – xor jo`rligida raqsga tushmoq va grapho – raqs harakatlarini maxsus belgilarda yozib olmoq) deb yuritiladi. O`zbek folklorshunosligi tarixida “folklor” istilohi nisbatan keyinroq ilmiy iste`molga kirdi. U dastlab “el adabiyoti”, “og`zaki adabiyot”, “og`zaki ijod” tarzida qo`llanildi.
1935-yilda H.Zarif va Sh.Rajabiylarning “O`zbek sovet folkloridan namunalar” kitobi bosilib chiqqandan keyin mazkur istilohni qo`llash taomilga kira boshladi va asta-sekin o`zbek folklori tushunchasi zamirida o`zbek xalq og`zaki poetik ijodi tushuniladigan bo`ldi. Hodi Zarifning oliy o`quv yurtlari uchun tuzgan ikki jildlik “O`zbek folklori” (1939 va 1941-y.) xrestomatiyasi nashr etilgach, u yanada barqarorlashdi. O`zbek folklori xilma-xil janrlardan tarkib topgan og`zaki so`z san’ati bo`lib, xalqimizning dunyoqarashi, badiiy zavqi, ijodiy salohiyati, simpatiya va antipatiyasini, orzu va intilishlarini aks ettiradi. Binobarin, folklorni maxsus fan sifatida oliy o`quv yurtlarida o`qitish hayotiy zaruriyat taqozosi tufayli amalga oshdi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin