1-mavzu: Kirish. Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og'zaki ijodi”ni o'rganilishi. Folklor ma’naviv tarbiyaning poydevori. Reja


– MAVZU : O`zbek folklorining janrlar tizimi



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə6/103
tarix24.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#192618
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Folklor mavzular

2 – MAVZU : O`zbek folklorining janrlar tizimi. Mif va uning badiiy talqinlari. Afsona, rivoyat, naqllarning badiiyati.
Reja:

  1. Qadimgi davr folklorining o`ziga xos xususiyatlari

  2. Mif (asotir) atamasining mohiyati, janrning o`ziga xos belgilari.

3. Afsona istilohi haqida tushuncha va janr tabiati.
4. Rivoyat janri tabiati, o`ziga xos xususiyatlari va turlari.

  1. Rivoyat janri va afsonalarning bir-biridan farqi va o`xshashlik jihatlari

  2. Naql atamasi haqida. Naql janrining tabiati,, badiiyati, turlari.



Tayanch tushunchalar: mif, feodalizm, animizm va totemizm, afsona, rivoyat, mifologiya, naql, toponomik, sinkretik
Foyadalaniladigan adabiyotlar:

  1. Jo‘rayev M. Folklorshunoslik asoslari. -T.: “Fan”, 2009.

  2. Jo'rayev M. Folklorshunoslikka kirish. O‘quv qo‘llanma. T. 2008.

3. Safarov O. O‘zbek xalq og'zaki ijodi. -T.: “Musiqa” nashriyoti, 2010.
4.Madayev O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. -T.: “Mumtoz so‘z”, 2010
5.Jo‘rayev M , Sh. Shomusarov. Ozbek mifologiyasi va arab folklori.T.2001.
6.K.Imomov.O`zbek xalq nasri poetikasi.T. Fan. 2008.
7.N.Mallayev. Alisher Navoiy va xalq ijodiyoti. T. 2015.
8.Z.Masharipova O`zbek xalq og`zaki ijodi. T. 2008.

Eng qadimgi folklor miflarni, jangnoma tipidagi afsonalar va rivoyatlarni, ertak va naqllarni, qahramonlik eposlari, qo`shiq va maqollarni qamrab oladi.
Eng qadimgi folklor asarlarining yaratilishida animistik va totemistik qarashlar, turli mifologik inonchlar muhim rol o`ynagan.
Animizm - bu ibtidoiy insonning tabiat haqidagi qarashi, o`zini tabiatdagi narsalar: tabiat kuchlari va hodisalari, jonsiz predmetlar bilan aynan bir narsa deb hisoblashi, hamma narsalarni jonli deb bilishdan iborat tasavvurlari yig`indisidir. Animizm asosida jon va ruhning borligiga ishonch yotadi. Animistik tushuncha – tasavvurlarning qoldig`i “Yoriltosh”, “Qilich botir”, “Oqbilakxon” kabi ko`plab ertaklar tarkibida saqlanib qolgan. Chunonchi, “Yoriltosh”da toshning inson murojaatiga quloq tutib yorilishi mo`jizasi, “Qilich botir”da qahramonning joni tanasida emas, balki unga tegishli predmetda saqlanishi, “Oqbilakxon” ertagida esa yigitning toshga aylanib qolishi kabi motivlar bevosita animistik tushunchalar qoldig`idir.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin