1-mavzu: Kirish. Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og'zaki ijodi”ni o'rganilishi. Folklor ma’naviv tarbiyaning poydevori. Reja


Folklor – so`z san’atining boshlang`ich



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə2/103
tarix24.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#192618
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Folklor mavzular

Folklor – so`z san’atining boshlang`ich namunasi bo`lib, u behad qadimiy so`z san’ati sanaladi, unda uzoq o`tmishda yashagan ibtidoiy ajdodlarimizning hali yozuvni bilmagan zamonlardagi turish-turmushi, dunyoqarashi va e’tiqodi, kurash va mag`lubiyatlari ifodalangan. Folklorda tasvirlangan voqelik vaqt (zamon) e’tiboriga ko`ra o`tmishga daxldor, undagi u yoki bu janr tabiatida, til xususiyatlarida buning izlarini ko`rish mumkin. “Xalq poeziyasining qaysi bir yodgorligi xususida o`ylab ko`rmang, uning zamirida diniy–hayotiy yoki diniy-marosim, uy-xo`jalik yoki “xalqaro siyosiy g`oya” yarqirab turishini ta’kidlar ekan, ye.V.Anichkov folklorda ifodalangan poetik obrazlar genetik asosi o`sha qadimiy e’tiqodlardan suv ichishini nazarda tutgan. V.M.Miller esa xalq ijodiyotiga “xalqshunoslikning tarkibiy qismi” sifatida qarab, uning xalq rasm-rusumlarini ifodalagan etnografik mohiyatini ta’kidlaydi. Folklorning betakror so`z san’ati sifatidagi mohiyati xalq turmushini ifodalaganligi tufayli etnografiya bilan, xalq ruhiyati va e’tiqodiy qarashlarini aks ettirib ruhshunoslik va din tarixi bilan, xalq axloqiy qarashlarini ifodalab tarbiyashunoslik bilan, musiqa, raqs va harakatlarga omuxtaligi bois san’atshunoslik bilan va nihoyat jonli so`zlashuv tilida yaratilganligi sababli tilshunoslik fanlari bilan singishganligida namoyon bo`ladi. Bu uning ko`p vazifali hodisaligini ta’minlagan omildir.

Folklor asarlari jonli ijro jarayonidagina yashaydi. Uning ayrim janrlarida so`z va kuy omuxtaligi yetakchi bo`lsa, ayrimlarida sahna san’ati unsurlari ustun turadi. Bu hol folklor asarlariga sinkretiklik xususiyatini baxsh etgan. Folklor namunalari ijrosi xilma-xil san’at turlariga xos unsurlarni o`zida mujassamlashtirgan. Uning talay namunalari so`z va kuy uyg`unligida ijro etiladi. Chunonchi, doston va termalarni do`mbira jo`rligida kuylash an’anaviy bo`lsa, qo`shiq dutor, childirma jo`rligida kuylanadi. Aksariyat folklor asarlarida so`z yetakchi o`rinni egallaydi. Ertak, afsona, naql, rivoyat, latifa, maqol va topishmoq janrlari shunday xarakterga ega. Xalq ertaklarida, xalq dramasida harakat va mimika muhim qimmat kasb etadi. Biroq ko`pgina asarlar ijrosida kuy g`oyaviy-badiiy mazmunni ifodalashda bir qadar qimmat kasb etsa-da, baribir so`z mazmunini ochuvchi asosiy vosita bo`lib qolaveradi. Bu folklorning so`z san’ati sifatidagi mohiyatini to`la–to`kis tasdiqlaydi.


Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin