1-mavzu: Kirish. Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og'zaki ijodi”ni o'rganilishi. Folklor ma’naviv tarbiyaning poydevori. Reja



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə57/103
tarix24.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#192618
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   103
Folklor mavzular

Mavzu yuzasidan savollar

  1. Folklor asarlari qanday tur va janrlarga bo‘linadi?

  2. Maxsus tur deganda qanday janrlar nazarda tutiladi?

  3. Folklor janrlaridagi g‘oyaviy-badiiy prinsiplar umumiyligi nimalardan iborat?

  4. Janrlarning o‘zaro munosabatlariga oid mushtaraklik deganda nimani tushunasiz?

  5. Janrlarning genetik aloqasi haqida tushuncha baring.

  6. Janrlar tarixiy taqdiridagi mushtaraklik haqida ma’lumot bering.



Adabiyotlar:
1. K.Imomov, T.Mirzaev, B.Sarimsoqov, O.Safarov, O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi. T.: «O‘qituvchi», 1990.
2. O‘zbek folklori ocherklari. Uch tomlik, 1-tom, T.: «Fan», 1988.


4-MAVZU: MIF, AFSONALAR VA ULARNING
ADABIYOTDAGI O‘RNI
Reja:
1. Qadimgi davr folklori haqida umumiy tushuncha
2. Mif (asotir) atamasining mohiyati, janrning o`ziga xos belgilari.
3. Mifologiya - miflarni o`rganuvchi fan.
4. Afsona istilohi haqida tushuncha. Afsonaning mavzusiga ko`ra turlari
Og`zaki nasriy asarlar tuzilishi jihatidan xalq lirikasi va og`zaki dramasi namunalaridan ajralib turadi. Bu farq, asosan, voqelikni ifodalash yo`liga qarab belgilanadi. Chunki xalq nasriy asarlarida voqealar aniq va mukammal syujet asosida bayon etiladi, tafsiliylik ustunlik qiladi. Ularda emosionallik, metrik o`lchov uchramaydi, voqelik epik nutq vositasida bayon etiladi.
Mif, afsona, rivoyat, naql, latifa, ertak kabi janrlardagi folklor asarlari xalq og`zaki nasri tarkibiga kiritiladi. Ular, avvalo, qadimiyligi bilan diqqatni tortadi. Chunki nasr lirikaga nisbatan oldinroq paydo bo`lgan. Mif va afsona, rivoyat uning ilk namunalari hisoblanadi.

5-Mavzu: Rivoyatlarning janr xususiyatlari.


REJA:
1. Rivoyat janri haqida
2. Rivoyat janri tabiati, o`ziga xos xususiyatlari va turlari.
3. Rivoyatning afsona janridan farqi.

Rivoyatlar – xalq og`zaki ijodidagi mustaqil, keng ommalashgan epik janrlardan biri. Ular, asosan, informativ vazifani ado etadi. Ya’ni, u yoki bu voqea haqida xabar beradi va uni tasdiqlaydi. Kichik hajmli epik nasr namunasi bo`lgan rivoyatlarda voqelikni bayon qilish usuli retrospektivlikka asoslanadi. Retrospektivlik rivoyat janrining yetakchi xossalaridan biridir. Chunki rivoyatlarda tasvirlanayotgan voqelikning zamonaviy yo`nalishi – o`tmishga qaratiladi.


Ota-bobolarimizning O‘tmish tarixi, ulug‘ siymolarning hayot yO‘li va ezgu ishlari, ajdodlarimiz taqdirida muhim ahamiyat kasb etgan tarixiy voqea-hodisalar haqidagi ma’lumotlar kO‘proq rivoyat janriga mansub asarlarda mujassam bO‘lgan.
Rivoyatlarga xos xususiyat shundaki, ularda hayotiy voqealar badiiy tO‘qimalar vositasida aks ettiriladi. Rivoyatlar afsonalardan hayot haqiqatiga birmuncha yaqinligi bilan farq qiladi.
Rivoyatlarning mavzu doirasi keng, g‘oyaviy jihatdan rang-barangdir. Rivoyatlarda tarixiy hodisalar, xalq orasida ma’lum va mashhur bO‘lgan shaxslar nomi bilan bog‘liq bO‘lgan voqealar, joy nomlarining kelib chiqishi, shahar qal’a va saroylarning bunyod etilishi yoki vayron bO‘lishi haqida hikoya qilinadi. Rivoyatlarda aql-zakovat, ishq va sadoqat, ilm-ma’rifat, axloq-odob kabi yuksak insoniy fazilatlar tarannum etilib, zulm-zO‘rlik, haqsizlik, adolatsizlik, jaholat kabi illatlar keskin qoralanadi.
O‘zbek xalq prozasi janrlari yuzasidan chuqur izlanishlar olib borgan folklorshunos olim K.Imomovning ma’lumotlariga qaraganda rivoyatlar tarixiy va toponimik kabi ikki guruhga bO‘linadi.
Tarixiy rivoyatlar tarixiy voqea-hodisa, tarixiy shaxslar nomi bilan bog‘liq bO‘lsa, toponimik rivoyatlar joy nomlarining kelib chiqishi bilan bog‘lanadi.
Naql xalq donoligining o`ziga xos ifodasi bo`lib, asosan, axloq normalari haqida bahs yuritadi. Shuning uchun uning asosida har doim o`git –nasihatomuz fikrlar yotadi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin