1-mavzu: Kirish. Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og'zaki ijodi”ni o'rganilishi. Folklor ma’naviv tarbiyaning poydevori. Reja



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə56/103
tarix24.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#192618
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   103
Folklor mavzular

3-MAVZU: Xalq og‘zaki ijodining o`ziga xos belgilari
REJA:
1. O`zbek folklorining janriy tarkibi va tizimi
2. Janrlardasi g`oyaviy-badiiy prinsiplar mushtarakligi
3. O`zbek folklori va bashqa xalq folklorining o`xshashlik va farqli jihatlari
Qadimgi yunon faylasufi Aristotel (eradan ol. 384-322) «Poetika» asarida adabiyot asarlarini uch guruhga ajratib tasnif qiladi va ularga xos xususiyatlarni belgilaydi. Keyinchalik nemis faylasufi Gegel (1770-1831) va taniqli rus tanqidchisi V.G.Belinskiylar (1811-1848) ham Aristotel qarashlarini rivojlantirib badiiy ijodning uch turi – epos, lirika va drama mavjudligini e’tirof etadilar.
Adabiy turlarning bu tasnifi «Poetika»dan boshlangan bo‘lib, hozirgacha ilmiy taomilda keng qo‘llanib kelinmoqda.
SHu nuqtai nazardan qaraganda folklorshunoslik ham folklor janrlarini shu uch adabiy tur doirasida o‘rganib keladi. Tur tushunchasi keng ma’noga ega. U o‘z ichiga turli janrlarni qamrab oladi. Turlar voqelikni tasvirlash xarakteriga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Epos voqelikni ob’ektiv holda syujetli-hikoyaviy shaklda aks ettirsa, lirika sub’ektiv holda insonning voqelikdan olgan taassurotlarini, ichki kechinmalarini tasvirlaydi; drama esa personajlar nutqi va harakati orqali hayot lavhalarini aks ettiradi.
Professor B.Sarimsoqovning fikricha, adabiyotdagi ushbu uch turni folklor asarlariga ham qo‘llash mumkin, lekin bu uch adabiy tur doirasiga sig‘maydigan, faqat folklorga xos maqol, topishmoq, turli xildagi aytimlar, olqish va qarg‘ishlar alohida tur sifatida ajratib o‘rganilmog‘i lozim. SHu nuqtai nazardan olim o‘zbek folklori janrlari tarkibini quyidagi turlarga ajratadi:
1. Epos: afsona, naql, rivoyat, ertak, doston, terma, tarixiy qo‘shiq, latifa, lof;
2. Lirika: sevgi-muhabbat qO‘shiqlari, marosim qo‘shiqlari, mehnat qo‘shiqlari, laparlar;
3. Drama: og‘zaki drama, kulgi hikoya, qo‘g‘irchoqbozlik, askiya;
4. Maxsus tur: oddiy o‘tirish olqishlari, qarg‘ish, so‘kish, maqol, matal, topishmoq va boshqa xildagi yumuq iboralar.
O‘zbek folklorining janrlar tarkibi boy va xilma-xil bo‘lib, boshqa xalqlar folklorining janrlar tarkibidan farq qiladi. SHuningdek, unda hamma xalqlar folklorida uchrovchi umumfolklor janrlari – ertak, maqol va topishmoq mavjudligiga qaramay, ruslardagi bilina, skandinaviyaliklardagi saga, oltoyliklardagi qaylardan farq qiluvchi doston janri bor. Lof va askiya kabilar, asosan o‘zbek folkloriga xos janrlardir. Bir necha xalqlardagi bir-biriga o‘xshash janrlar ham xarakter xususiyatlariga ko‘ra o‘zaro farq qiladilar. Bu xususiyat har bir xalqning tarixi, urf-odati, maishiy turmushi, orzu-umidlari, diniy e’tiqodi, dunyoqarashining ifodasi bo‘lgan folklorning o‘ziga xosligi bilan izohlanadi.



Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin