1-mavzu: Kirish. Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og'zaki ijodi”ni o'rganilishi. Folklor ma’naviv tarbiyaning poydevori. Reja



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə55/103
tarix24.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#192618
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   103
Folklor mavzular

Nazorat savollari

  1. Folklorshunoslikning mustaqillikdan keyingi yutuqlari nimalarda ko'rinadi?

  2. O'zbek folklorshunosligida dolzarb mavzular sifatida nimalarni qayd etasiz?

  3. O'zbek folklorshunosligining dunyo ilm-»Fan»idagi o'rni to'g'risida qanday qarashlar bor?

  4. Navro`zning tiklanishi va madaniy merosning bugungi kundagi o`rni qanday?

Foydalaniladigan adabiyotlar:

    1. Karimov I.A. "Alpomish" dostonining 1000 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimida so'zlangan nutq. "Xalq so'zi" gazetasi 1999-y. 9-noyabr.

    2. Mirzayev T: Hodi Zarif suhbatlari. - Toshkent: SHAMS ASA. 2013.

    3. Musaqulov A. O'zbek xalq lirikasi.-Toshkent: «Fan», 2010. - 307 b.

    4. Jo'rayev O'zbek xalq samoviy afsonalari. - Toshkent.: "«Fan»", 1995;

    5. Turdimov Sh. «Go'ro'g'li» dostonlarining genezisi va tadrijiy bosqichlari. -Toshkent: «Fan», 2011. - 240 b.

    6. Eshonqul Jabbor. O'zbek folklorida tush va uning badiiy talqini. - Toshkent: «Fan», 2011. - 304 b.

    7. Albert Bates Lord. Epic Singers and Oral tradition. New York: Cornell University, Press, 1991 of Talts.


2-MAVZU:Xalq og’zaki ijodining janrlari. Janrlararo munosabatlar
R E J A :
1.Xalq og`zaki poetik ijodining janrlari rang-barangligi.
2.Doston-xalq hayotini keng ko`lamada tasvirlovchi ishqiy qahramonlik
sifatida.
3.Dostonlar tasnifi.
4.«Alpomish» qahramonlik, do`stlik, chin sevgini ulug`lovchi asar sifatida.
5.Alpomish, Barchin, Qorajon v.b. obrazlar.
6.«Alpomish» dostoni ustidagi bahslar.
7.Dostonning 1000 yilligiga bag`ishlab o`tkazilgan tadbirlar va ularning
ahamiyati.
Ma’lumki, adabiyot va sa’nat asarlari jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichlarida uning ehtiyojlari tufayli yuzaga kelib, mazkur jamiyat hayotini ifoda etib, aks ettirib, shu jamiyat bilan birga taraqqiy etadi ,o`z davrini yashab keyingi avlodlar uchun ham ma’naviy boylik sifatida xizmat qiladi. Muayyan ijtimoiy jamiyat yo`q bo`lib ketib, o`rniga yangi bir ijtimoiy tuzum kelishi mumkin. Lekin adabiyot va sa’nat asarlari yo`qolib ketmaydi, balki umuminsoniy ideallarni aks ettirib, muayayan davrga, xalqqa mansub bo`lgani uchun u tarixiy va abadiydir. Bu fikrlarni yozma adabiyotdan birmuncha avvalrroq paydo bo`lgan xalq og`zaki ijodiga ham tadbiq etishi mumkin. Folklor va uning janrlari uzoq va murakkab tarixiy yo`lni bosib o`tdi. Ming yillar davomida ijodkor xalq folklorning xilma-xil janrlarida boy adabiy meros yaratdi. Xalq og`zaki ijodi tarixiy kategoriya sifatida rivojlanib, boyib keldi.Folklorning janr formalari juda qadimiy bo`lsa-da, u xamisha o`zgarishda, rivojlanishdadir. Chunki, har bir adabiy forma, poetik janr muayyan tarixiy sharoitda turli o`zgarishlarga uchrashi, formal poetik jixatdan isloh qilinishi mumkin. Yozma adabiyotdagi adabiy turlar va janr formalari kabi folklordagi janr formalari ham bir-biriga ta’sir, etib bir-birini to`ldirib boradi. Aniqrog`i folklorda ham janrlar sintezi uzluksiz davom etadi. Xalq og`zaki ijodining janrlari bir tekisda taraqqiy etmaydi. Balki adabiyot jarayonda davr va jamiyat talabidan kelib chiqib, notekis taraqqiy etishi mumkin. Xalq og`zaki ijodining eng qadimgi janr formasi hisoblangan maqol hamma davrlar va jamiyatlarda uzluksiz taraqqiy etib keldi. Ammo bu fikrni folklorning yirik janri hisoblangan dostonlarga nisbatan taraqqiy etib bo`lmaydi. Chunki, Oktyabr’ revolyutsiyasigacha bo`lgan davrda va revolyutsiyaning dastlabki yillarida dostonchilik ancha taraqqiy etgan bo`lsa, hozirgi vaqtda esa yirik dostonlar umuman yaratilmayapti yoki bu janr imkoniyatlari yozma adabiyotning boshqa formalarida uchramoqda. Shunday bo`lsa-da, xalq og`zaki badiiy ijodida ming yillar davomida turli xil poetik formalar, janrlar yaratildiki, folklorda ma’lum adabiy traditsiya vujudga keldi. Shuning uchun xalq og`zaki ijodidagi janrlar problemasini ilmiy jihatdan o`rganish,
folklor janrlarini klasifikatsiya qilib, ularnining janr xususiyatlarini aniqlash mumkin. Adabiyotlar:
1.Sarimsoqov B. O`zbek folklorining janrlari sostavi. «O`zbek folklorlari ocherki» 3-tomlik, T., 1988
2.Adabiyot nazariyasi, P-tomlik, T., 1978, 1979
3.Mirmunskiy V.M., Zarifov X.T. Uzbekskiy narodniy geroicheskiy epos.M., 1947 4.Saidov M. O`zbek xalq dostonchiligida badiiy mahorat T., 1969
5.Abdulaev X. Xalq dostonlari va ularning variantlari. T., 1984
6.Mirzaev T. «Alpomish» dostonining o`zbek variantlari. T., 1968
7.O`sha: Xalq baxshilarining epik repertuari. T., 1979.
8.Boboev M. «Doston va hayot» T., 1982.


Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin