1-mavzu: Kirish. Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og'zaki ijodi”ni o'rganilishi. Folklor ma’naviv tarbiyaning poydevori. Reja


- Mavzu: ”Kuntug’mish” dostoni tahlili



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə63/103
tarix24.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#192618
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   103
Folklor mavzular

10- Mavzu: ”Kuntug’mish” dostoni tahlili

Kuntugʻmish — oʻzbek xalq dostoni. Nurmon Abdivoy oʻgʻli, Ergash Jumanbulbul oʻgʻli, Egamberdi Ollamurod oʻgʻli, Bekmurod Joʻraboy oʻgʻli va boshqa baxshilardan yozib olingan. Ergash shoir va Bekmurod baxshi variantlari nashr etilgan (1971, 1975). 12-asrgacha Turkiston va Talas atrofida yashagan turk-oʻgʻiz qabilalarining turli vaql, afsova va tarixiy qoʻshiqlari zaminida, qadimiy oʻgʻiz epik anʼanalari asosida paydo boʻlgan. Dostonda noʻgʻaylar podshosi Avliyoyi Qoraxonning oʻgʻli bilan Zangar shahri vazirining qizi Xolbeka orasidagi sevgi hikoya etiladi. „Kuntugʻmish“ mukammal kompozitsion birlikka ega. Unda zulm va haqsizlik qoralangan, sevgi, vafo, sadoqat va adolat ulugʻlangan. „Kuntugʻmish“ning yozib olingan turli variantlari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti folklor arxivida saqlanadi. Doston „Bulbul taronalari“ (1972), „Oʻzbek xalq ijodi“ (1975) kabi toʻplamlarga kiritilgan. H. T. Zarifov, V.M.Jirmunskiy, M. Saidov, T. Mirzayev va boshqa tomonidan tadqiq qilingan.


Dostonning bosh qahramoni Kuntugʻmish yolgʻiz, erka oʻgʻil boʻlishiga qaramasdan, aqlli, bilimli, jasoratli, elga gʻamxoʻr, xotini, bolalariga mehribon, vafodor yigit. Kuntugʻmish va Xolbeka bir moʻjiza bilan Buvraxon jazosidan omon qobb, sahroda och, tashna qolishganda hayotdan umidini uzgan yori Xolbekaning “Meni tashlab ketaver, yoʻqsa oʻzing ham halok boʻlasan”, degan iltijosiga “Bir gʻayrat qil, yoʻlimiz yaqin qoldi”, deb dalda beradi, unga vafodorligini quyidagicha bayon qiladi:
Poʻlat nayza qor ostida yotarmi,
Temir nayzang egovlasang oʻtarmi,
Sening toʻrang nomardlardan emasdir,
Mard oʻgʻlon sevdigin tashlab ketarmi?..
Kuntugʻmish oʻz maqsadiga sodiq, har qanday sharoitda tushkunlikka tushmaydigan inson. U nomsiz, poyonsiz togʻ darasidan vataniga boradigan yoʻlni rosa izlaydi, bu orada egizak farzandli boʻladi, ular uch yoshga toʻlganda ham biror bir el daragini topolmaydi. Xullas, Kuntugʻmish feT-atvorida siz havas qiladigan, ergashadigan insoniy sifatlar juda koʻp. Dostonni sinchiklab mutolaa qilsangiz, bunga oʻzingiz amin boʻlasiz.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin