1-mavzu: Kirish. Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og'zaki ijodi”ni o'rganilishi. Folklor ma’naviv tarbiyaning poydevori. Reja


-Mavzu: Bolalar qo’shiqlari va ertaklari tahlili



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə70/103
tarix24.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#192618
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   103
Folklor mavzular

2-Mavzu: Bolalar qo’shiqlari va ertaklari tahlili
Bola tarbiyasida qoʻshiqning roli juda katta. Qoʻshiq lirikaning eng qadimgi shakllaridan biri boʻlib, kuylashga moʻljallangan bir necha bandli sheʼrdan iboratdir. Qoʻshiqlar kuy-ohang bilan aytiladi. Baʼzan qoʻshiq oʻyin bilan birga ijro etiladi. Demak, qoʻshiq uchun sheʼr va kuy kerak. Qoʻshiq xalq ogʻzaki ijodining eng koʻp tarqalgan va ommalashib ketgan janrlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, “Alla” qoʻshigʻi yetakchi oʻrinda turadi. Beshik qoʻshigʻi – allada kichkintoyning dastlabki tabassumi, ilk bor qoʻl-oyoqlarini qimirlatishi, imo-ishorani tushunishi kuylanadi. Ona endigina olamga kelgan doʻmbogʻidan shod, xursand holda berilib alla aytadi. Garchand norasida allaning mohiyati nimadan iborat ekanligini hali uncha his etmasa-da, baribir ona alla aytaveradi. Ona oʻz allasida atrofni qurshab turgan olamni qoʻshib aytadi. Butun borliq kechasi uxlashi – dam olishi va shu jumladan, kichkintoyi ham uxlashi zarurligini berilib aytadi:
Yot, bolam, uxla, qoʻzim,
Uylarda oʻchdi chiroq.
Uxlar asalarilar,
Uxlar baliqlar tinchroq.
Koʻkda oy yarqiraydi,
Derazadan qaraydi.
Koʻzlaring yumgin, qoʻzim,
Yot, quvonchim, qunduzim!
Alla, alla,
Suv sepganday, uylar tinch…
Qorongʻi hujralar tinch…
Hech darvoza tiq etmas.
Koʻzlaringni yum, qoʻzim,
Ovunchogʻim, qunduzim!
Alla, alla.
Qushcham gʻamsiz yashaydi,
Uning har dam vaqti chogʻ.
Shirinliklar moʻl-u koʻl,
Koʻpdir qiziq oʻyinchoq.
Bari sengadir, qoʻzim!
Yigʻlama, quvonchim, qunduzim!
Alla, alla.
Alla, alla, alla-yo.
Uxla qoʻzim, alla-yo.
Yum koʻzingni, yulduzim,
Yum-yum koʻzingni, qunduzim.
Ona uchun bolaning ovunishi, tinchligi, tabassumi kerak. Norasida chehrasida paydo boʻlgan dastlabki kulgu ona uchun katta shodlik, bayram hisoblanadi, uning butun vujudini nurga burkab yuboradi:
Dilimdagi himmatim, alla,
Ogʻzimdagi novvotim, alla.
Daryo suvga toʻlayotir, alla,
Oʻgʻlim menga kulayotir, alla.
Oʻgʻlim menga qarab kulsa, alla,
Koʻnglim nurga toʻlayotir, alla
Qoʻshiqlar bolalarning nafosatini oʻstirishga, ularni hayot va mehnatga muhabbat, vatanparvarlik, doʻstlik, insonparvarlik kabi oliyjanob fazilatlar ruhida tarbiyalashga yordam beradi.


Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin