1-Mavzu: Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari Amaliy ish rejasi



Yüklə 338,71 Kb.
səhifə22/25
tarix18.12.2023
ölçüsü338,71 Kb.
#184262
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Pedagikika

Bajariladigan ishning mazmuni:
Kichik maruza: O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda ota-onalarning mustaqil ta’lim berishi orqali yoki doimiy faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha tarbiya muassasalarida, shuningdek maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb qilingan bolalar uchun bolalar bog‘chasida, maktablarda, maxallalarda tashkil etilgan maxsus guruxlar yoki markazlarda oladi. Bola kunning asosiy qismini maktabgacha ta’lim muassasasida o‘tkazsa ham, inson komoloti uchun eng muhim bo‘lgan omillardan biri tarbiyaning tamal toshi mahallada qo‘yiladi. Shu sababli ham maktabgacha ta’limda maktabgacha talimning asosiy maqsadi bolalarni maktab ta’limiga har tomonlama tayyorlashda maktabgacha ta’lim muassasasi bilan mahalla hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarining mahalla bilan ishlash tizimida aniq maqsad, mazmun bolishi kerak. Maktabgacha ta’lim muassasaning ota-onalar bilan ishlashida keng axoli ommasi orasida pedagogik tashviqot ishlarini tashkil qilish tufayli bolalarni tarbiyalashda ijobiy natijalarga erishish mumkin. Maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari ota-onalar va mahalla bilan xamkorlikdagi ishlaridan eng keng tarqalgan shakl va usullarini keltiramiz. Maktabgacha ta’lim muassasalarining mahalla bilan ishlash tizimida aniq maqsad, mazmun bolishi kerak. Maktabgacha ta’lim muassasaning ota-onalar bilan ishlashida keng axoli ommasi orasida pedagogik tashviqot ishlarini tashkil qilish tufayli bolalarni tarbiyalashda ijobiy natijalarga erishish mumkin. Maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari ota-onalar va mahalla bilan xamkorlikdagi ishlaridan eng keng tarqalgan shakl va usullarini keltiramiz.
Maktabgacha ta’lim muassasasining mahalla bilan boradigan ishlarining jamoaviy shakllariga quyilagilar kiradi:

  • pedagogik ma’ruzalar;

  • pedagogik majburiy o‘qish;

  • pedagogik ta’lim universitetlari;

  • yillik ilmiy-amaliy konferensiya;

  • ochiq eshiklar kuni yoki ta’lim muassasasida ota-onalar kuni;

  • ota-onalar majlisi.

Maktabgacha ta’lim muassasasining mahalla bilan olib boradigan ishlarining individual shakllariga esa quyidagilar kiradi:

  • mahallaga tashrif buyurish;

  • pedagogik topshiriq;

  • pedagogik maslahat.

Maktabgacha ta’lim muassasasi va tarbiya-chilarning mahalla va jamoatchilik bilan olib boradigan ishlari asosida ota-onalarning obro‘sini oshirish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan harakat va tadbirlar turishi kerak. Ota-onalar bilan maslahatlashganda, hech vaqt “qilishingiz kerak”, “majbursiz” kabi jumlalarni ishlatmaslik ma’qul. Chunki ko‘pchilik ota-onalar o‘z majburiyatlarini yaxshi biladilar, faqat amaliyotda ular ana shu bilganlarini qanday amalga oshirish muammosiga duch kelishlari mumkin. Tarbiyachi va ota-onalarning o‘zaro munosabatlarining yagona to‘g‘ri shakli – bu o‘zaro hurmat. Qachonki, nazorat shaklida tajriba almashish, maslahat va birgalikda muhokama, yagona qaror shakllantirilsa, ikkala tomon uchun ham qoniqish hosil qiladi. Bunday munosabatlarning qimmati shundaki, tarbiyachilarda ham, ota-onalarda ham shaxsiy javobgarlik hissini, talabchanlik, fuqarolik burchini rivojlantiradi. Ota-onalarning ish joylariga “Rivojlanish xaritasi”, “Ochiq jurnal” kabilarni olib borish kutilgan natijalarni bermaydi. Ota-onalar bilan suhbatda “qora ro‘yxat”dagi ma’lumotlardan foydalanish ham yaxshi foyda bermaydi, chunki birinchidan, ota-onalarda bolalaridan norozilik paydo bo‘ladi, ikkinchidan ta’lim muassasasiga nisbatan ularda salbiy munosabat shakllanadi. Keyin ota-onalar ta’lim muassasasiga borgisi kelmasligi, ular bolalari haqida yomon fikr aytganliklari uchun ko‘ngli tortmasligini aytib arz qiladi. Ba’zan bunday holat mahallada ota-ona munosabatlari yomonlashuviga ham olib keladi. Oxir-oqibat bolada ta’lim muassasasiga nisbatan ham, tarbiyachilarga nisbatan ham salbiy munosabat hosil bo‘ladi. Tarbiyachi tarbiyaviy ish shakl va metodlarini tanlashda qabul qilingan qaror va talab bolalar ko‘z oldida ota-onaning obro‘sini mustahkamlash va oshirishga imkon berishini hisobga olishi kerak. Ota-onalarning tarbiyalovchi imkoniyatlariga ishonish, ularning pedagogik madaniyati darajasi va tarbiya-lashdagi faolligini oshirish. Ko‘pchilik ota-onalar psixologik jihatdan barcha talablarni qabul qilishga tayyor bo‘lishsa ham, biroq shunday ota-onalar borki, bolalarni tarbiyalashga mas’uliyat bilan yondashish va bu jarayonni chuqur tushunishga doir yetarlicha ma’lumotga va pedagogik tayyorgarlikka ega emas. Pedagogik takt, mahalla hayotiga nojo‘ya aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi. Tarbiyachi – rasmiy shaxs, biroq u o‘z faoliyatida mahalla hayotining maxfiy tomonlariga, “boshqalar”dan sir saqlanadigan tomonlariga ham daxldor bo‘ladi. Yaxshi tarbiyachi mahalla uchun begona bo‘lmaydi, ota-onalar yordam qidirganlarida ularning bu vaziyatdan chiqishlariga ishonadi, maslahat beradi. Mahalla qanday bo‘lishi, ota-onalar tarbiyachilar bilan qanday bo‘lishlariga qaramasdan, tarbiyachi hamma vaqt uddaburon, yordamga tayyor bo‘lishi kerak. Mahalla haqidagi hamma narsaga yaxshi tomondan e’tibor qaratishi, tarbiyada ota-onalarga yordam ko‘rsatishi kerak mahalliy muammolarni hal qilishga doir qaror qabul qilishda ko‘tarinki ruh va kayfiyat, bolaning ijobiy sifatlari, mahalla tarbiyasining kuchli tomonlari, shaxsning muvaffaqqiyatli rivojlantirishga tayanish.
Tarbiyalanuvchining xarakterini shakllanishi qiyinchiliklarsiz, qarama-qarshi-liklarsiz kechmaydi. Agar bu jarayon shaxs rivojlanishi qonuniyatining namoyon bo‘lishi sifatida idrok etilsa, u holda mazkur qiyinchilik, qarama-qarshilik, kutilmagan natijalar tarbiyachining sarosimaga tushib qolishiga olib kelmaydi. Hammamizga yaxshi ma’lumki, yuzaga kelgan pedagogik vazifalarni hal etishning o‘nlab usullari mavjud, biroq ulardan faqat biri mazkur aniq vaziyat uchun to‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Ana shuning uchun ham maktabgacha ta’limda mutaxassislikka kirishga tayyor ko‘rsatma sifatida emas, shaxsga samarali ta’sir etishning umumiy qonuniyatlari haqidagi fan sifatida qarash kerak. Maktabgacha ta’lim muassasasi va mahalla o‘rtasida xamkorlik o‘rnatishda mudira, pedagoglar jamoasi va ota-onalar birgalikda faol ishtirok etishlari lozim. Shundagina bola tarbiyasida kutilgan natijalarga erishish mumkin. Ota-onalar bilan ishlashda quyidagi aloxida ish shakllaridan foydalaniladi: suxbatlar, maslaxatlar, mahallalarga borish, ayrim ota-onalarni bog‘chaga taklif etish, aloxida esdaliklar va ko‘chma papkalardan foydalanish.Tarbiyachining mahalla bilan olib boradigan ishida bolaning yoshi, imkoniyatlari, o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olinadi. Tarbiyachining ota-onalarga beradigan tavsiya va maslaxatlari ishonarli bo‘lishi uchun ota-onalar yoki mahallaning boshqa a’zolari maktabgacha ta’lim muassasasiga taklif qilinadi. Bunda ota-onalar bolaning navbatchilik vazifasini qanday bajarayotganini yoki sayrga chiqishdan avval u qanday kiyinayotganini ko‘radilar va bolalarning uquv va imkoniyatlariga ishonch xosil qiladilar. Mahallaga borishning maqsad va mazmuni tarbiyachining rejasi va xisobotida, kundalik daftarida aks ettirilishi kerak. Tarbiyachi xar bir bolaning mahallasiga yiligi kamida 2 marta borishi kerak.
Pedagogik targ‘ibot ishida quyidagilarga amal qilish kerak:
1. Pedagogik targ‘ib xayot, jamiyat qurilishi amaliyoti bilan bog‘lab olib borilishi lozim. Pedagogik targ‘ibot orqali keng jamoatchilikka bolalarni xar tomonlama tarbiyalash masalalari va ularni amalga oshirish yo‘llari, ilmiy asoslangan usullari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boriladi.
2. Mahalla tajribasidagi ijobiy tajribalar, mahalladagi bola tarbiyasida yo‘l qo‘yilgan xatolar va ularni oldini olish, bartaraf etish yo‘llari to‘g‘risida targ‘ibot ishlarini olib boriladi.
3. Pedagogik targ‘ibotga tayyorlashda ota-onalar xar xil saviyada ekanliklari xisobga olib, ular uchun tayyorlangan axborot materiallari ishonarli, ko‘rgazmali va ularning xis tuyg‘usiga ta’sir ko‘rsatadigan bo‘lishi kerak.


Yüklə 338,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin