1-Mavzu: Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari Amaliy ish rejasi



Yüklə 338,71 Kb.
səhifə20/25
tarix18.12.2023
ölçüsü338,71 Kb.
#184262
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Pedagikika

Jismoniy rivojlanishlari







2.

Ruxiy rivojlanishlari







3.

Aqliy rivojlanishlari








2-topshiriq:

Katta yosh guruhi rivojlanishining quyidagi ko`rsatkichlar bo`yicha o`ziga xos xususiyatlarini yoriting.



1

Jismoniy rivojlanishlari







2

Ruxiy rivojlanishlari







3

Aqliy rivojlanishlari








12- amaliy mashg’ulot.
Mavzu: MTM da yosh guruhlari. MTM da yosh guruhlari.
Maktabga tayyorlov guruhi (6-7 yosh bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari.
Amaliy mashg`ulot reja:
1.O‘rta guruh (6-7 yosh bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari.
Amaliy mashg`ulotning maqsadi: Talabalarga maktabgacha ta’limda yoshda rivojlanish davrlalarlarini o`rgatish.

Talimning vositalari: tayanch matn, markerlar, ekspert topshiriqlar.
Talimning metodlari: aqliy hujum, blits- so`rov, insert strategiyasi
Kutilayotgan natija: talabalar maktabgacha ta’lim ta’limda yoshda rivojlanish davrlalarlarini amaliy topshiriqlar asosida o`rganishadi.
Bajariladigan ishning mazmuni:
Kichik ma’ruza: Maktabga tayyorlov guruhi (6-7 yosh bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bola hayotining ettinchi yilida undagi harakatlar ko‘lami kengayadi va aniqlashadi, uning jismida harakatlarning o‘zaro moslashuvi boshlanadi. 6-7 yoshli bolalar o‘zini idora qilish va o‘z harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘la boshlaydi. Bu yoshdagi o‘g‘il bolalarda mustaqil faoliyat ko‘rsatish, tashabbuskorlik rivojlanadi hamda kattalar fikrini tinglash ishtiyoqi shakllanadi Bu davrda bolaning bo‘yi 120 sm ga etadi, og‘irligi 22-24 kg bo‘ladi. Bu yoshda bola chiniqadi, qiziquvchan bo‘ladi, o‘z salomatligini nazorat qila oladi, Uning idrok kuchi va tafakkuri jadal rivojlanadi, moddiy borliqni bilishga intila boshlaydi. Bolalarda gigienik malakalar shakllana boradi. Bolani maktabga tayyorlash jarayonida ularda faoliyatning yangi turi bo‘lgan ta’lim olishga o‘qishga ishtiyoq uyg‘otish lozim. Bu o‘rinda bolalarni ruhan ta’lim jarayoniga kirishishga tayyorlash maqsadida dastlabki o‘quv elementlarini o‘rgatish lozim. Har qanday olti yoshli bola maktabga qabul qilinishi mumkin. Buning uchun u jismonan, ruhan hamda aqliy jihatdan ta’lim olishga tayyor bo‘lishi kerak. Bolalarning maktabga tayyorgarlik darajasini aniqlashda tashxis markazlarining xulosalariga tayanish lozim. SHu bilan bir qatorda maktabning moddiy-texnik bazasi olti yoshli bolalarga ta’lim berish imkoniyatiga ega bo‘lishi shart. Tarbiyachining pedagogik-psixologik bilim darajasi, axlok-odobi va shaxsiy sifatlari olti yoshli bolalarga ta’lim va tarbiya berish uchun loyiq bo‘lganda, u olti yoshli bolalarni o‘qitish huquqiga ega bo‘ladi. SHuning uchun ham 6-7 yoshli bolalar, ularni qabul qiladigan maktablar hamda bu bolalarni o‘qitadigan tarbiyachilar pedagogik- psixologik nuqtai nazardan alohida-alohida diagnostika qilinishi va shundan keyingina ta’lim jarayoniga kiritilishi kerak. Demak, maktabgacha yoshdagi bola shaxsining rivojlanishi o‘ziga xos, murakkab jarayon sanaladi. Maktabgacha ta’lim yoshi bolalarining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Bu yoshdagi bolalarning to‘laqonli rivojlanishida biologik(irsiyat), ijtimoiy (ijtimoiy muhit) va tarbiya kabi omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, maktabgacha ta’lim yoshining o‘zi ham ettita o‘ziga xos, alohida davrlarga ajratiladi. SHu sababli maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning o‘qitish va tarbiyalash ishiga mas’ul bo‘lgan shaxslar - tarbiyachi va ota-onalar, vasiylar bolalarning yosh davri xususiyatlaridan to‘la xabardor bo‘lishlari zarur.

Yüklə 338,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin