Buxgalteriya va audit



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/32
tarix21.10.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#65730
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32
Saidazimxon Salohiddinov

3-mashq. Berilgan matndan rasmiy uslubga xos so’z va so’z birikmalarini 
ko’chirib yozing. Matnni rus tiliga tarjima qiling. 
Hujjatlarning tuzilishi 
Hujjatlarga qo’yiladigan talablar:
1.Hujjatlarni tuzish, ularni tayyorlashga oddiy, yengil qarash mumkin emas, 
chunki u huquqiy jihatdan kuchga ega bo’lgani uchun jiddiy munosabatda 
bo’lishni taqozo qiladi. 
Hujjatlarni tuzishda, avvalo zaruriy (tarkibiy) qismlar, ya’ni rekvizitlarga 
e’tibor berish, unga rioya qilish shart. Qismlarning majmuasi qoidalar (formulalar) 
deyiladi. Hujjatlar turli-tuman bo’lgani uchun ham zaruriy (rekvizit) qismlarida 
farqli jihatlar mavjud. Qismlar tartibli ravishda ketma-ket o’rin oladi. Bu ketma-
ketlik qat’iylik xarakteriga ega. Formular -qoidalar talabi xuddi shu ketma-ketlikka 
rioya qilishdan iborat. Ayrim hujjatlarning zaruriy qismlari qonun chiqaruvchi 
tashkilotlar tomonidan meyoriy hujjatlarda qayd qilingan, belgilab berilgan 
bo’ladi. Masalan: pasport, shaxsiy varaqa (so’rovnoma, rezyume) va h.k. 
Hujjatlarda u yoki bu qismning aks etmasligi uning huquqiy kuchini yo’qotishga 
olib keladi. 
Zaruriy qismlar to’g’ri, aniq ifodalangan bo’lishi hujjatlarga qo’yiladigan 
talablarning asosini tashkil qiladi. 
Hujjatlarni tayyorlashda qog’ozlarning shakli, o’lchami ham ahamiyatga 
ega. Ish qog’ozlarining chap tomonida 20mm, yuqorida kamida 10mm, o’ng va 
past tomonida 8-10mm bo’sh joylar bo’lishi kerak. 
Bosma ish qog’ozlari 2 ta turga bo’linadi. 
1)Umumiy blanka, 2) Xat blankasi.
Umumiy blanka-bosma ish qog’ozining farqi shundaki, unda “tashkilot 
nomi”dan keyin aloqa bo’linmasining ko’rsatgichi, pochta va telegraf manzili, 
faks, telefon raqami, bankdagi hisob raqami bo’lmaydi. 
Rasmiy xizmat blanklari - firma (firmenniy) blankasi deb yuritiladi, chunki
ayrim, masalan, dalolatnoma, ma’lumotnoma, ishonchnoma hujjatlari kseriya 
nusxa qilinib, ish yuritishda ishlatiladi, bular ham ish qog’ozlari hisoblanadi. 


Hujjat matnlari mazmunan lo’nda, ixcham bayon qilingan, asosan, sodda
gap tuzilishiga ega bo’lishi talab qilinadi. Matnlar asosan, ikki qismga bo’linadi. 
Birinchi qism asoslash, keyingisi esa xulosa qismlari. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin