152
Maktabgacha ta’lim tizimiga xos bo‘lgan estetika va etikaning
birligini oilada MTTlarda kichkintoylarni tarbiyalashda bemalol
qo‘llash mumkin. Lekin haqiqiy turmush estetikasini yaratish uchun
tarbiyachi va ota-onalarning
yuqori madaniyatli, yaxshi xulqli,
xushmuomala, badiiy didli bo‘lishlari talab etiladi.
Ta’lim-tarbiya
ishlarida o‘zbek xalq amaliy san’ati
namunalaridan foydalanish katta ahamiyatga egadir. O‘zbek naqshlari
tushirilgan chiroyli guldor matolar qo‘g‘irchoqlar uchun ko‘ylak, oyna
pardalari, dasturxon kabilar uchun ishlatilishi mumkin. Musiqa
bolalarning kayfiyatini ko‘tarib ertalabki badantarbiyada yangray
boshlaydi.
Yilning quruq va issiq vaqtlarida ekskursiya, sayr va o‘yin
vaqtlarida ashulalar ijro etilishi kerak, bu bolalarni yanada bir-biriga
yaqinlashtiradi, ruhini ko‘taradi.
Maydonchada mehnat qilish
jarayonida ijro etilgan ashula harakat ritmini uyg‘unlashtiradi,
bolalarga mehnat quvonchini bag‘ishlaydi. Bolalarda estetik idrokning
rivojlanishi uchun ularni haqiqiy san’at asarlari bilan tanishtirish
zarur. Radio, oynayi jahonda san’at ustalari va tengdoshlari ijro etgan
asarlar bolalarning estetik rivojlanishida katta yordam beradi. Ashula
aytib o‘yinga tushishda asosan xalq ijodi asarlaridan foydalaniladi, bu
bolalarni axloqiy-estetik tarbiyalash uchun g‘oyat qimmatli vositadir.
Bolalar xalq kuylari va obrazlarini ijro etayotib, xalq tili va
ko‘yining hamohangligini, ravonligini bilib oladilar. Bu bolalarda
153
vatanparvarlik
hislarini tarbiyalaydi, musiqaviy didini shakllantiradi,
bolalarni zamonaviy va klassik kuylarni idrok eta olishga tayyorlaydi.
Ashula va raqsga tushishga o‘rgatishda faqat to‘g‘ri aytish va to‘g‘ri
harakat qilishni emas, balki ifodali aytish va yengil, chiroyli va latofat
bilan raqsga tushishga o‘rgatiladi.
MTTda o‘tkaziladigan bayramlar bolalarga chuqur ta’sir etadi.
Bayramning tarbiyaviy kuchi va o‘ziga xosligi uning g‘oyaviy va
estetik mazmuni san’atning turli ko‘rinishlari bilan bog‘liq
bo‘lishidadir. Har qaysi bayram o‘z g‘oyasiga ega bo‘lib, u bolalarga
yorqin obrazlar orqali ta’sir ko‘rsatadi.
Estetik tarbiyaning vositalaridan biri qo‘g‘irchoq teatridir. Uning
nihoyatda kuchli ta’sir etishi uning soddaligi, odatdan tashqari
jo‘shqinligi va qo‘g‘irchoqligi (o‘yinchoqligi, shuningdek, badiiy
so‘z, musiqa, ashula, raqs, tasviriy san’at kabi tarkibiy qismlarning
uzviy jipslashib ketganligi kishi ko‘zi o‘ngida
yaqqol namoyon
bovlishidadir. Qo‘g‘irchoq teatrini bolalar faqat tomosha qilibgina
qoimay, balki unda o‘zlari ham qatnashadilar. Bu bolaning dramatik
qobiliyati, tashabbusi, nutqini o‘stiradi, hayotiga quvonch
bag‘ishlaydi. Diafilm ko‘rsatish bolalarning estetik didlarini
o‘stirishda muhim vositalardan biridir. Diafilmlar ko‘rsatishni adabiy
matn o‘qib berish bilan qo‘shib olib borish bolaga filmning
mazmunini yanada to‘g‘riroq va ta’sirchanroq
tushunishga yordam
beradi.
Bundan tashqari, qo‘g‘irchoq teatri, soya teatri ko‘rsatish ham
bolalarni estetik tomondan tarbiyalashda alohida o‘rin egallaydi. Bu
o‘yinchoq, qo‘g‘irchoqlar bolalarga tanish bo‘lsada, ularni tarbiyachi
qo‘li yordamida harakatga keltirib, badiiy so‘zlar bilan qo‘shib olib
borishi natijasida ular bolaning ko‘z o‘ngida jonlanadi, boshqacha tus
oladi va bolalar ertak mazmunini chuqur idrok eta boshlaydilar.
Badiiy didning shakllanishida kitoblar muhim rol o‘ynaydi.
Kitoblar faqat bolalarning yoshiga mos, mavzu va mazmuni bilangina
emas, balki shu bilan birga bayon qilish usuli hamda bezatilishi bilan
ham ajralib turishi juda muhimdir. Kichkintoylar, ayniqsa 2-3 yoshli
bolalar uchun chiqarilgan kitoblarda so‘zlardan ko‘ra rasmlarning
ta’siri ayniqsa, katta bo‘ladi. Bola kitobdagi rasmlarni qayta-qayta o‘z
o‘rtoqlariga,
kattalarga, qo‘g‘irchog‘iga «o‘qib» berish bilan uning
mazmunini o‘z xotirasida mustahkamlaydi. Kitobdagi chiroyli, yopqin
rasmlar bolalarning badiiy didini tarbiyalaydi. Kattalar mehnati,
154
qahramonlik shuningdek, ona Vatanga bo‘lgan muhabbat, do‘stlik,
birodarlik, bolalarning ota-onalariga nisbatan mehribon bo‘lishlari
kabi mavzularda yozilgan hikoyalar bolalarga tushunarlidir.
Bolalarning sevimli yozuvchilari Qudrat Hikmat, Mirmuxsin,
Shukur Sa’dulla, Quddus Muhammadiyning
bolalar uchun yozgan
she’rlari ularda ijobiy his-tuyg‘ularni tarbiyalaydi, ularni yashashga
o‘rgatadi, dunyoqarashini shakllantiradi, ona tilining boyligini,
so‘zlarning ta’sirchanligini his qilishga yordam beradi. Kichkintoylar
hammadan ham ertaklarni sevadilar. Ertakning yaxshi tomoni shuki,
unda uzoq fikr yuritilmaydi. Ertak qahramonlari bolaga yaqin va
tanish. Ertak tili hayotiy hamda jonli bo‘ladi.
Eng muhimi,
tarbiyachining o‘zi badiiy adabiyotni sevishi va tushunishi, nasriy asar
va she’rlarni ifodali o‘qiy bilishi kerak.
MTTda kattalar rahbarligida bolalar tomonidan konsertlar,
bayramlar, kichkintoylarning tug‘ilgan kunlarini nishonlash bolalarda
quvonchli hislarni uyg‘otadigan, mazmunli va ularning xotiralarida
uzoq vaqt saqlanib qoladigan qilib tashkil etilishi kerak.
Xulosa qilib aytganda, estetik tarbiya bolalarni har tomonlama
barkamol inson qilib tarbiyalashning muhim qismi bo‘lib, aqliy,
axloqiy, jismoniy tarbiya bilan chambarchas bog‘langan holda amalga
oshiriladi
Dostları ilə paylaş: