Filologiya fakulteti



Yüklə 103,5 Kb.
səhifə3/9
tarix02.05.2023
ölçüsü103,5 Kb.
#105744
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ozbek tilida ruhiy holatni ifodalovchi sifatlar semantikasi

Murakkab sifatlar.
Sifatlar morfologik yasalishdan tashqari yana sintaktik (so’zlarning birikuvi) va sintaktik-morfologik (ya’ni so’zlarning birikuvi+affikslar) usuli bilan yasaladi.
Sintaktik va sintaktik-morfologik usulda yasalgan sifatlar guruhiga qo’shma sifatlar, birikmali va tizma sifatlar, juft sifatlar kiradi.
Qo’shma sifat. Birdan ortiq o’zak-negizdan tashkil topgan qo’shma sifatlar bir bosh urg’u bilan aytilib, bir belgi-xususiyatni ifodalash uchun xizmat qiladi: orombaxsh, oq ko’ngil, tilla rang.
Birikmali sifat. Belgi ma’nolari bir so’z (sodda sifat) orqali yoki ikki so’z (qo’shma, juft sifatlar) ifodalanishi mumkin. Bulardan tashqari, ikki yoki undan ortiq so’zli (mas., ega-kesim, sifatlovchi-sifatlanmish va h.k.) birikmalar orqali ham ifodalanishi mumkin. Bunday belgi ifodalarini shartli ravishda birikmali sifatlar deyiladi: jahli tez, yoshi ulug’, zuvalasi pishiq, gapga usta, ko’zga yaqin, o’ziga to’q, qorachadan kelgan.
Juft sifat. Ikki so’zning teng bog’lanishidan hosil bo’lgan, predmet, hodisa yoki holatning bir umumiy belgisini ifodalash uchun xizmat qiladigan sifatlar juft sifatlar deyiladi. Juft sifat komponentlarining har qaysisi mustaqil urg’u bilan aytiladi: lo’ppi-lo’ppi, lo’nda-lo’nda, liq-liq, baland-baland.
Predmet belgisini to’g’ridan-to’g’ri ifodalay olishi va ifodalay olmasligiga ko’ra sifatlar ikkiga bo’linadi: 1) asliy; 2) nisbiy sifatlar.
Predmet belgisibi bevosita boshqa bir predmetga nisbat qilmagan holda ifodalaydigan sifatlar asliy sifatlar deyiladi: ko’k, sariq, keng, semiz. Bunday sifatlar predetning asl, doimiy belgisini bildiradi.
Predmet belgisini boshqa predmetga nisbat berib ifodalaydigan sifat nisbiy sifat deyiladi: devoriy gazeta, kuzgi bug’day, ilmiy ish. Nisbiy sifatlar boshqa so’z turkumlaridan sifat yasovchi grammatik formalar vositasida yasaladi: tarixiy, odamsimon, yozgi kabi.
Asliy va nisbiy sifatlar yana quyidagi xususiyatlarga ega:
1. Asliy sifatlar belgini darajalab ko’rsata oladi: shirin-shirinroq-eng shirin; qizil-qizilroq-qip-qizil. Ma’no anglatishiga ko’ra asliy sifatlarga ancha yaqin turuvchi –li affiksi bilan yasalgan nisbiy sifatlar ham darajalana oladi: kuchli-kuchliroq-eng kuchli; aqlli-aqlliroq-eng aqlli.
2. Asliy sifatlarda intensiv va belgining kamligini ko’rsatuvchi forma yasalishi bor: sap-sariq, kap-katta, oqish, ko’kimtir. Ta’m, maza, holat, xarakter bildiruvchi: nordon, shirin, og’ir, novcha, semiz kabi asliy sifatlar intensiv formaga ega emas.

  1. Sifatlarning ma’noviy guruhlari

Predmetning ma’lum bir belgisini bildirish xususiyatlariga ko’ra sifatlar bir necha turlarga bo’linadi:
1. Xususiyat bildiruvchi sifatlar: kamtarin, mug’ombir, sodda, sho’x.
2. Holat bildiruvchi sifatlar: xursand, sovuq, iliq, keksa, jimjit.
3. Shakl-ko’rinish bildiruvchi sifatlar: gavdali, novcha, yassi.
4. Rang-tus bildiruvchi sifatlar: oq, qora, qizil, ko’k.
5. Hajm, o’lchov bildiruvchi sifatlar: keng, tor, uzun, katta, og’ir.
6. Maza-ta’m bildiruvchi sifatlar: shirin, nordon, bemaza.
7. Hid bildiruvchi sifatlar: xushbo’y, badbo’y, qo’lansa.
8. Predmetning o’rniga yoki vaqtiga ko’ra munosabatini bildiruvchi sifatlar: yozgi, qishqi, bahorgi, ichki va b.
9. Tabiiy holarni ifodalovchi sifatlar: yosh, qari, keksa, va h.k.
Sifat darajalari. Belgining bir-biriga qiyosan darajasini ko’rsatadigan kategoriya daraja kategoriyasi deyiladi. Bu kategoriya asosan sifat turkumiga xos.
Sifat bildirgan belgining darajasi har xil bo’lishi mumkin. Ya’ni belgi normal (oddiy) darajada bo’lishi, oddiy darajadan ortiq (kuchli) yoki oz (kuchsiz) bo’lishi mumkin. Sofatlarning daraja nuqtai nazaridan bo’lgan bunday farqi turli vositalar yordamida ifodalanadi: yaxshi, yaxshiroq, juda yaxshi kabi. Ammo ayrim sifatlar bildairgan belgi tabiiy ravishda daraja ko’rsatkichiga ega bo’lmaydi: g’oyaviy, sirtqi, devoriy.
Sifat darajalari uch ko’rinishga ega: 1) oddiy daraja; 2) orttirma daraja; 3) ozaytirma daraja.
Predmet belgisining ortiq yoki kamligi oddiy darajaga nisbatan belgilanadi. Shuning uchun sifatlardagi oddiy darajani inkor qilib bo’lmaydi. Boshqacha qilib aytganda, biror belgi darajasining ortiq yoki kamligiga asoslanadi. Shunga ko’ra sifatlarning belgisi uch darajaga bo’linadi: 1) oddiy; 2) orttirma; 3) ozaytirma. Bunda temirdan og’ir, po’latdan yengil kabi ishlatishlarda belgi darajasini oz yoki ko’pligi ifodalanmaydi. Chunki bunda bir predmet belgisini ikkinchi bir predmet belgisiga nisbatan olinadi. Holbuki, yuqorida qayd etilganidek, daraja bir predmetdagi oddiy belgiga nisbatan olinadi.
Belgining ortiq yoki kamlikka munosabati ifodalanmaydigan daraja oddiy daraja deyiladi. Bunda sifatlar daraja ifodalovchi vositalarga ega bo’lmaydi: yaxshi, baland, shirin, go’zal.
Orttirma daraja. Belgining normal holatdan ortiqligi, kuchliligi ifodalangan daraja orttirma daraja deyiladi. Orttirma daraja bildiruvchi maxsus forma ko’rsatkichi yo’q. Bu ma’no bir necha usul bilan ifodalanadi.

  1. Fonetik usul: yap-yapaloq, dum-dumaloq, sap-sariq, qip-qizil.

  2. Leksik usul: juda go’zal, g’oyat go’zal, behad xursand. Xuddi shuningdek belgining ortiqligi analitik formada ham ifodalanadi: uzundan-uzun, shirindan-shirin kabi.

Ozaytirma daraja. Belgining normal darajasidan kuchsizligini bildiradi. Bu ma’no ikki usul bilan ifodalanadi.
1. Leksik usul: Bunda darajaning kuchsizligi maxsus so’zlar yordamida hosil qilinadi: sal durust, bir oz yaxshi, xiyol ochiq.
2. Morfologik usul: Bunda darajaning kuchsizligi –roq affiksi yordamida ifodalanadi: oqroq, ko’kroq, balandroq, tekisroq kabi. Kattaroq o’g’il bolalar tomga varrak, kuchsizroqlari laylakcha ko’tarib chiqqan edilar. (Sh.Sa’dulla)

Yüklə 103,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin