Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni


FIZIKA DARSLARIDA HARBIY TEXNIK TUSHUNCHALARNI BERISH ORQALI



Yüklə 11,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/63
tarix18.05.2020
ölçüsü11,09 Mb.
#31289
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   63
Конференция - физика-PDFга


FIZIKA DARSLARIDA HARBIY TEXNIK TUSHUNCHALARNI BERISH ORQALI 

VATANPARVARLIK HISSINI SHAKLLANTIRISH 

O.Q.Quvondiqov, M.Qodirov, Sh.A.Xomitov. SamDU. 

sh-xomitov@mail.ru

 

 



Vatanni muhofaza qilish, uni bir hovuch tuprog‘ini ko‘z qorachig‘iday asrab avaylash har bir 

kishining burchi hisoblanadi. Shunday ekan, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda 

vatanga bo‘lgan muhabbat hissini yanada oshirish zarur.  

O‘quvchi  yoshlarni  harbiy  vatanparvarlik  ruhida  tarbiyalashning  shakl  va  usullari  turlichadir. 

Fan va texnika rivojlangan davrda o‘quvchi yoshlarga o‘rta maktab fizika kursining ayrim mavzularini 

harbiy  ishga  bog‘lab  o‘rgatish  va  shu  asosida  o‘quvchilarni  vatanparvarlik  ruhida  tarbiyalashning 

imnoniyatlari  katta.  Сhunki,  fizika  fani  texnika  taraqqiyotining  ilmiy  asosini  tashkil  etadi.  Shuning 

uchun ham harbiy texnikaning biror sohasi yo’qki, unda fizik qonun va qonuniyatlar qo‘llanilmasa. 

Hozirgi kunda harbiy texnikani boshqarish uchun har bir vatan himoyachisi armiya hizmati davrida 

fizik qonunlar bilan ishlashiga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham yoshlarni harbiy va harbiy-texnik 

tayyorgarligi  katta  ahamiyatga  ega.  Armiya  yoshidagi  yoshlarga  O’zbekiston  Respublikasi 

mudofaasiga  ko’maklashuvchi  “Vatanparvar”  tashkiloti,  maktab  o‘quvchilariga  harbiy  bilimlarni 

berish asosan, “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fani o‘z zimmasiga olgan. Biroq, harbiy 

texnika sirlarini muvaffaqiyatli o’zlashtirish uchun fizika fanining ahamiyati juda katta. 

Bugungi kunda vatanimizning iqtisodiy va mudofaa qudratini yanada mustaxkamlash borasida, 

yer yuzida tinchlikni saqlab qolish, kelgusida yadro qurolidan insoniyatni batamom xolos etish, yadro 



“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

136 


 

energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish uchun nazariy-siyosiy va tashkilotchilik ishlarini keng 

ko‘lamda  ishlar  olib  borilmoqda.  Bu  sohada  Prezidentimiz  Sh.M.Mirziyoevning  olib  borayotgan 

ishlari diqqatga sazovordir. Qolaversa, yoshlar bilan olib boriladigan harbiy vatanparvarlik tarbiyasi 

ishining sifatini belgilab beruvchi asosiy mezon yoshlarning kelajakda bo‘ladigan sinovlarga ma'naviy 

tayyorgarlik  darajasi,  harbiy  ish  asoslarini  puxta  bilishi,  bo’lajak  vatan  himoyachilarining  harbiy 

tayyorgarligi har bir yigitning vatanga bo‘lgan muhabbati, uning bilim salohiyati va tartib-intizomi 

bilan belgilanadi. 

 

 

Harbiy-vatanparvarlik  tarbiyasi  u  qandaydir  tor,  muayyan  maqsadlargagina  xizmat  qilibgina 



qolmay, balki, yosh avlodni har tomonlama voyaga yetkazib, tarbiyalashda muhim rol o’ynaydi.  

Biz  fizika  o‘qitish  jarayonida  va  sinfdan  tashqari  mashg‘ulotlarda  o‘quvchilarga  harbiy 

vatanparvarlik tarbiyasi berishni maktablar misolida kuzatdik, Bunda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, fizika 

fanini o‘qitish jarayonida harbiy vatanparvarlik tarbiyasiga yetarlicha e’tibor berilmas ekan.  

Xizmat  oldidan  yoshlar  zamonaviy  harbiy  texnika  haqida  boshlang‘ich  harbiy,  harbiy-texnik 

tayyorgarlik  kabi  tushunchalarga  ega  bo‘lishlari  kerak.  Bizning  asosiy  maqsadimiz  ham  shu 

yuqoridagi  talablarga  mumkin  qadar  javob  berish  uchun  fizika  darslarida  shu  ishlarni  bajarishga 

harakat  qildik.  Harbiy  vatanparvarlik  tarbiyasining  barcha  fanlar  qatori  fizika  fanini  o‘qitishda 

ayniqsa,  fizikadan  fakultativ  mashg‘ulotlar  tashkil  etib,  ularda  harbiy  texnikaning  fizik  asoslari 

o‘rganilsa, yanada yaxshi bo‘lar edi. O‘quvchilarga harbiy texnika haqida tushunchalar berish, ularda 

shu soha bo’yicha ko‘nikma va malaka hosil qilish, barcha fanlardan dars o‘tish jarayonida berilsagina 

yaxshi natijalarga olib keladi. 

Quyida fizika fani va harbiy ishlarga oid materiallarning o‘zaro aloqadorligiga doir ma’lumotlardan 

namunalar keltiramiz: 

Fizika fanidan mavzular 

Harbiy ishlar bilan tanishtiradigan materiallar mazmuni (misollar) 

Mexanik harakat. Moddiy nuqta. 

Traektoriya 

Snaryadning  tezligi,  harakat  traektoriyasi.  Snaryad  poroxlarining 

parchalanishi. 

Yo‘l va ko‘chish 

O‘qning  miltiqdan  uchib  chiqishi,  uchish  balandligi,  tezligi,  bosib 

o‘tgan yo‘li. 

To’g‘ri chiziqli tekis va notekis 

harakat. Tezlik va o’rtacha tezlik. 

Harbiy  mashinalarning  (avtomobil,  tank,  samolyot,  kema,  altileriya 

snaryadi) tezligi, o‘qning boshlang‘ich tezligi va harakati. 

To’g‘ri chiziqli tezlanuvchan 

(sekinlanuvchan) harakat. 

Tezlanish 

Harbiy  samolyot,  raketa,  tank,  kema  va  harbiy  mashinalarning 

tezlanishi haqida ma’lumot. 

Jismlarning erkin tushishi. Erkin 

tushish tezlanishi. 

Samolyotning  aviabombalarni  tashlashdagi  asosiy  ko‘rsatgichlari  va 

bombaning harakati. 

Egri chiziqli harakatda ko’chish 

va tezlik. 

Otilgan  o‘qning,  snaryadning,  yuqoridan  tashlangan  bombalarning 

xarakat traektoriyalari, ko’chishi, tezligi, tezlanishi haqida ma’lumot. 

Jism massasi 

Snaryad,  aviabomba  massasi,  tankning  massasi,  harbiy  sohada 

qo’llaniladigan qurollar massasi va h.k 


“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

137 


 

Nyutonning birinchi qonuni 

Raketaning  uchish  traektoriyasi.  O‘qning  uchish  tezligi,  uchish 

masofasi,  o‘q  otilgan  paytda  vujudga  kelgan  reaktiv  kuchlar,  o‘q 

uchish masofasining otish burchagiga bog‘liqligi. 

Nyutonning ikkinchi qonuni 

Otish  qurollaridan  foydalanishda  o’q  va  snaryadning  massalarini 

oshirish, ularning uchish masofasini oshirish. 

Nyutonning uchinchi qonuni 

O‘q uzilganda miltiq kanali ichida porox gazlarning bosimi. Aks ta’sir 

haqida ma’lumot; 

Tabiatdagi kuchlar. Jismning 

inersiyasi. 

Miltiq  zatvorining  o‘qqa  ta’sir  etuvchi  kuchi,  snaryadning  va 

bombalarning og‘irlik kuchi. Inersiya hodisasi, deformatsiya. 

Jism impulsi. Kuch impulsi. 

Raketa va to‘p otishda reaktiv harakatning sodir bo‘lishi, boshqariluvchi 

raketadan foydalanish, hozirgi zamon aviatsiyasining taraqqiyoti. 

Bosim. Paskal qonuni. Torrichelli 

tajribasi.  

Gidravlik press. 

Gidravlik tormoz 

Zanjirli va g‘ildirakli harbiy mashinalarning tuproqqa bergan bosimi va uni 

kamaygirish.  Gidravlik  ta’sir  prinsiplari  va  ularning  mina,  torpedo, 

bombalarda qo‘llanilishi. Glubinomer, gaz bosimi kattaliklaridan (suv 

osti ballonlarida, torpedolarda) foydalanish. 

Suyuklik va gazlarning xarakati. 

Bernulli qonunining qo‘llanilshi. Samolyot qanotining ko‘tarish kuchi. 

Hozirgi zamon samolyotlarining tezligi, quvvati.  

Jismlarning suzish shartlari. 

Arximed kuchi. Havoda suzish. 

Arximed  kuchidan  harbiy-texnikada,  xozirgi  zamon  harbiy  kemalari 

hamda 

suv 


osti 

kemalarida 

foydalanish. 

Samolyot 

va 

aviabombalarning havodagi xarakati. 



Ish va issiqlikni uzatish. 

Yonilg‘ining yonish solishtirma 

issikligi 

Otish  qurollari  (miltik  avtomat,  pulemyotdan  otish  vaqtida  ularning 

stvollarining  qizishi  haqida  ma’lumot  berish.  Mexanik  va  issiqlik 

protsesslarida  energiyaning  saqlanish  va  aylanishidan  foydalanish. 

Yonilg‘ining yonish issiqligining raketalarning reaktiv dvigatellarida 

qo‘llanilishi. 

Ichki yonuv dvigatellari. 

Artilleriya,  va  raketa  qurilmalarini  ko’chirishda  qo‘llaniladigan 

avtomobil  transportyor,  tyagach,  o‘ziyurar  qurollarda,  dizel  suvosti 

kemalarida,  samolyotlarda  ichki  yonish  dvigatelining  qo‘llanishi, 

ularning quvvati, tezligi, yuk ko‘tara olishi haqida ma’lumot berish. 

Galvanik elementlar. 

Akkumulyatorlar. 

Akkumulyatorning  suv  osti  kemadarida,  turli  harbiy  apparatlarda, 

harbiy  mashinalarda  qo‘llanilishi.  Galvanik  elementlarning  urush 

davrida turli minalarni portlatishda, aloqa vositalarida ishlatilishi. 

Elektromagnit xodisalar 

Harbiy  kemalarda,  suv  osti  kemalarida  magnit  maydoni  yordamida 

minalarni  aniqlash  va  ularni  portlatib  yuborish.  Elektromagnit 

induksiya hodisasi harbiy texnikada Induksiya prinsipidan portlagich 

sifatida qo‘llanilishi. 

Elektr energiyasini ishlab 

chiqarish, uzatish va undan 

foydalanish. 

Elektr stansiyalar. Elektr energiyasini uzatish va undan harbiy 

ishlarda foydalanish.(AES, GES, IES, quyosh batareykalari, shamol 

generatorlari) 

Elektromagnit to‘lqinlar, 

radioto‘lqinlar. Infraqizil va 

ultrabinafsha nurlar. 

Elektromagnit to‘lqinlar, radioto‘lqinlar, infraqizil va ultrabinafsha 

nurlardan harbiy ishlarda foydalanish. 

Geometrik optika  

Geometrik optika qonunlaridan harbiy ishlarda foydalanish. 

Atom yadrosining tuzilishi. 

Yadro kuchlari 

Atom yadrosining tuzilishi. Yadro kuchlari haqida o‘quvchilar 

ongida tasavvurlar hosil qilish. 

Atom energiyasidan harbiy va tinchlik maqsadida qo’llash: Vodorod 

va atom bombalari hamda atom elektr stansiyalari, suvosti va 

muzyorar kemalari haqida tushunchalar. 

Nanotexnologiyalar: 

Nanorobotlar, molekulyar 

dvigatellar, 

nanoelektrodvigatellar. 

Nazorat va kuzatish vositasi sifatida hamda qurol sifatida harbiy 

sohada qo‘llash va h.k. 

1.Harbiy texnika va qurolli kuchlar tizimi uchun harbiy kemalar o’ta 

og’ir korroziya sharoitida ishlaganligi uchun (vallar, vintli 

periskoplar va boshqa mexanizmlar) ust qatlamini qoplash uchun 

keramik nanomateriallarni qo’llash. 


“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

138 


 

2.Nanokompozitlarning energetik kondensirlangan muhitlarda 

qo’llanilishi (raketa yoqilg’isi uchun nanodispersion komponentlarni 

yaratish, portlovchi moddalar, porox va boshqalar). 

3.Harbiy maqsadlarda nanoelektronikaning elementar bazasini 

yaratish (Kvant kompyuterlaridan foydalanish hisobiga elektron 

asboblarning massasi va o’lchamini keskin kamaytirish). 

4.Radiatsion, kimyoviy va bilogik qidiruv ishlarini olib boruvchi 

harbiy texnika namunalarini yasash (Robototexnika). Bu sohada 

yangi qurilmalarni yaratishda monomolekulyar qatlamli sezgir 

moddalar elementlarini qo’llash asosida bunday asboblarning 

sezgirlik qobiliyati yuqori bo’ladi va ular 10

-4

 % aniqlikda zararli 



moddalar konsentratsiyasini aniqlash imkoniyatiga ega bo’ladi. 

O‘quvchilar  orasida  harbiy-vatanparvarlik  tarbiyasini  yanada  kuchaytirish  davr  talabidir. 

Chunki,  biz  yer  sharining  turli  nuqtalarida  odamlar  qoni  behuda  to‘kilayotgani  haqida  nohush 

xabarlarni  tez-tez  eshitib  turibmiz.  Shu  boisdan,  mamlakatning  mudofaa  qobiliyatini 

mustaxkamlashga,  Qurolli  Kuchlarning  harbiy  qudratini  oshirishda  boshqa  fanlar  bilan  bir  qatorda 

fizika fanini amaliyotga tadbiqi muhim hisoblanadi. 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati 

1. 


Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy texnik 

mutahasisliklar bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida PQ-4061-son 12.12.2018 yil. 

2. 

N.Sadriddinov, A.Rahimov, A.Mamadaliev, Z.Jamolova “Fizikani o‘qitish uslubi asoslari” 



Toshkent “O‘zbekiston”-2006 yil. 

 

TABIIY FANLARNING INTEGRATSIYASI JARAYONIDA MATEMATIKANING 



O‘RNI 

 

Sidiyorov S., Pardayeva Z. Jizzax Davlat pedagogika instituti 



 

XX  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  fanda  ajoyib  o‘zgarishlar  yuz  bera  boshladi,  ya’ni 

matematikaning  barcha  fanlarga  va  har  xil  texnologiyalarga  qo‘llanilishi  avj  olib  ketdi.  Bu  yerda 

asosan  hisoblash  matematikasining  yuzaga  kelishi,  EHMlarning  yaratilishi,  ularda  murakkab 

masalalarni hal qilishda mavjud bo‘lgan metodlardan foydalanish yetarli bo‘lmay qoldi. Chunki o‘sha 

davrda  tabiiy  fanlardagi  ikkita  loyiha  yadro  qurolining  yaratilishi  bo‘lsa,  ikkinchi  loyiha  kosmik 

fazoning zabt etilishidir. 

Tabiatdagi hodisalar aksariyat holda nochiziqli tarzda sodir bo‘ladi, bunday hodisalarni kuzatish 

uchun  hodisalarning  matematik  modelini  tuzish  talab  qilinadi.  Shu  sababli  ham  ilmiy  izlanishlarda 

birgalikdagi harakatni amalga oshirishni taqozo etadi. 

Ushbu maqolani tayyorlashdan maqsad matematik o’qituvchilarni hozirgi davr talabi bo‘yicha 

matematikaning  keyingi  yutuqlari  va  matematik  modellarning  tadbiq  etilishini  hamda  bu 

jarayonlarning rivojlanishi haqida ilmiy xulosalar chiqarishni ta’kidlashdan iborat.  

Mazkur ishning amaliy jihati esa, dinamikaning birinchi boshlang‘ich sistemalaridan boshlanadi: 



y



x

f

X

,



,    




y



x

g

Y

,



,                                                 (1) 

 

0

0



x

X



 



 

 


0

0

y



Y

 



Bunday  sistemalar  vaqt  o‘tishi  bilan  avtotebranma  harakatni  ham  yuzaga  keltirishi  mumkin, 

avtotebranma  harakat  shunday  harakatki,  birinchidan  so‘nuvchi  tebranma  harakat  bo‘lmasdan, 

harakatni  xarakterlovchi  kattaliklar  amplituda,  chastota,  harakatning  formasi  boshlang‘ich  shartdan 

ya’ni 


0



0

y



x

dan bog‘liq bo‘lmaydi. 



(1)  sistemaning  fazoviy  portreti  bir  tekislikni  yoki  ikki  o‘lchamli  qandaydir  sirtni  ifodalaydi, 

qaysiki  fazoviy  portretning  oilasi  sistemani  sifat  jihatdan  tekshirish  imkoniyatini  beradi.  Masalan, 

sistemaning muvozanat holati nechta, sistema turg‘unlik holatini saqlay oladimi, yopiq egri chiziqlar 


“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

139 


 

mavjudmi, bo‘lsa ular qanday holda joylashgan, ularning bir-biriga nisbatan tortilish sohalari qanday 

bo‘ladi, degan tushunchalar nazarda tutiladi. 

Biologik jarayonni ifodalovchi quyidagi masalani qaraylik: katta hajmga ega bo‘lgan baliqlar-

yirtqich  baliqlar  bo‘lib,  ular  mayda  baliqlar  bilan  kun  kechiradilar,  natijada  mayda  baliqlar  juda 

kamayib  ketishi  mumkin.  Yirtqichlar  har  xil  turga  bo‘linishi  mumkin.  Shuning  uchun  ularning 

turlariga qarab, quyidagi tenglamalar sistemasini yozish o‘rinli: 



n



i

x

x

x

x

f

dt

dx

...


,

,

3



2

1





n

i

,

1



 



 

 

(2) 



Soddalik uchun ularni ikki turga bo‘lamiz: birinchisi yirtqich baliqlar, ikkinchisi mayda baliqlar 

bo‘lsin. Kuzatish davri bir xil deb qaraymiz. 

Faraz  qilaylik 

x

-  yirtqich  baliqlar  soni, 



y

-  mayda  baliqlar  soni  bo‘lsin.  Yirtqichlar  mayda 

baliqlar hisobidan ma’lum bir vaqt oralig‘ida o‘sib boradilar. Maydalari keskin kamayadi, keyinchalik 

yirtqichlari ham kamaya boshlaydi. Undan keyin maydalari imkon darajasida ko‘payadilar. Shunday 

qilib  bu  hol  ma’lum  oraliqda  takrorlanadi.  Shunday  jarayonni  quyidagi  differensial  tenglamalar 

sistemasi orqali ifodalash mumkin: 













dxy



cx

dt

dy

bxy

ax

dt

dx

 

 



 

 

 



(3) 

Bu yerda 

0



a



0



b

0





c

0





d

 o‘zgarmas sonlar. 

Sistemaning  birinchi  tenglamasidagi 

bxy

  -  ifoda  yirtqichlarning  maydalar  hisobidan 

ko‘payishini  bildiradi.  Ikkinchisidagi 

dxy

  ifoda  maydalarning  yirtqichlar  hisobidan  kamayishini 



anglatadi. 

Bunday sistemani tekshirish uchun o‘zgaruvchini quyidagicha almashtiramiz: 

 

x

c

d

u



 


y

a

b

v





ct





c

a

d



U holda (3) – sistemaning ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi: 



1

'





v

u

u





u



v

v



1

'



 

 

 



 

(4) 


bu yerda 

0



, hosila 

 - o‘zgaruvchisi bo‘yicha olinadi. 



Faraz qilaylik 

0



 bo‘lganda turlarning ikki xilini ham soni aniqlangan. 



 

0

0



u

u



 


0

0

v



v



   

 

 



 

 

(5) 



Qaralayotgan  masalaning  qiziqarli  tomoni  shundaki,  yechimning  musbatligi, 

u

  va 


v

 

o‘zgaruvchilarning o‘zaro bog‘lanishi qanday qonuniyatga ega bo‘lishidadir. 



Shu  sababli,  (4)-dagi  birinchi  tenglikni  ikkinchisiga  nisbatini  olib,  integrallash  yordamida 

quyidagi tenglikka ega bo‘lamiz: 



H

u

v

u

v

u

v

u

v





0

2



0

0

0



ln

ln



                                       (6) 



bu yerda 

H

- o‘zgarmas son bo‘lib, boshlang‘ich qiymatlar va 

 - parameter orqali aniqlanadi. 



Agar 

1

,



1

0

0





v



u

  bo‘lsa, 



u

-funksiya  kamayib  boradi,  bunday  holat 



v

-funksiya  uchun  ham 

takrorlanadi.  Keyinchalik 

1



u

  bo‘lganda 

1





v

  bo‘ladi.  Keyin 

  ning  bir  qancha  qiymatlarida 



v

-

funksiya  o‘sib  boshladi.  Demak, 



u

  va 


v

-funksiyalar  o‘zining  o‘zgarishi  davomida  yopiq  konturni 

ifodalaydilar. Lekin birinchisining maksimum qiymati, ikkinchisinikiga to‘g‘ri kelmaydi, chunki ular 

har xil fazalarda tebranma harakat qiladilar. 

Adabiyotlar: 

1. 


Salohiddinov M.S., Nasriddinov F.N. Oddiy differensial tenglamalar . Toshkent. “O’qituvchi” 

-1994y. 


2. 

Гутер  П.С,  Янполский  А.  Дифференциальные  уравнения.  Москва.  “Высшая  школа”  -

1980г. 

“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

140 


 

3. 


Данилов Ю. Нелинейность’. “ЗC” №11/1982 статья. 

4. 


Малинецкий Г.Г., Потапов А.В. Современные проблемы нелинейной динамики.М.УРСС, 

2002г. 

 

 



TALABALAR ILMIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHDA 

TRANSDISSIPLINARLIKNING O’RNI 

 

Katta o’qituvchi Tugalov Farxod Qarshiboyevich 

Jizzax Davlat Pedagogika Instituti, fizika o’qitish metodikasi kafedrasi 

farxodtugalov@mail.ru

 

Transdissiplinarlik deganda ommaviylikning fanlararo bog’lanishga qaraganda nisbatan yuqori 



darajasi  tushuniladi.  Fanlararo  munosabat  alohida  fanlar  (masalan,  fizika  va  ximiya,  ximiya  va 

biologiya kabi va boshqalar) o’rtasida mavjud bo’lgan juft bog’liqlikni nazarda tutadi. Odatda bu yerda 

bir  fan  qonuniyatlarining  boshqasi  doirasida  namoyon  bo’lishi  tushuniladi  (masalan, 

termodinamikaning  ikkinchi  qonuni  fizik  qonun  sifatida  ximiyaviy  reaksiyalarda  yoki  biologik 

hujayralarning  hayotiy  faoliyati  jarayonida).  Shu  bilan  birga  barcha  tabiiy  fanlarda  o’zini  global 

namoyon qiluvchi, transdissiplinar deb ataluvchi «chegaradan tashqaridagi g’oyalar» mavjud bo’ladi. 

Ular  umumiy  falsafiy  metodologik  tamoillarga  (qo’shimchalik,  moslik,  simmetriklik  va  b.  kabi) 

o’xshash bo’lmasdan, barcha tabiiy bilimlar tuzilish o’qini tashkil etadigan darajadagi umumiylikka 

ega.  Eng  muhimi,  ularning  kelib  chiqishi  sof  tabiiy-ilmiydir.  Konseptual  tushunchalar  nazariya 

yaratilishida  uning  holatlarini  umumlashtiruvchi  bo’lib  hisoblanmaydi.  Bularga  eng  avvalo,  tabiiy-

ilmiy bilimlar va tadqiqotchi  mentalitetining ajratib bo’lmasligi, tadqiqot obyektiga  atrof olamning 

ta’sir xarakteri, modellashtirish, kogerentlik, o’lchashlar, evolyusiya va boshqalar taalluqlidir [1]. 

Ilmiy  tushunchalar  bilishning  obyektiv  va  subyektiv  munosabatlari  tahliliga  asosan  klassik, 

noklassik va postnoklassik turlarga bo’linadi [2-3]: 

1.  Klassik  ta’lim  Nyuton  mexanikasi  namunasi  va  asosi  bo’yicha  yaratilgan  bo’lib,  u  o’z 

obyektlarini  bayon  qilish  va  nazariy  tushuntirishda  imkon  qadar  subyektga,  uning  faoliyat 

vositalarining usul va amallariga taalluqli bo’lgan vositalaridan voz kechishga intiladi. Bunday voz 

kechish mavjud obyektiv olam to’g’risida obyektiv bilimlar olishning zaruriy sharti bo’lib hisoblanadi. 

2.  Noklassik  ta’lim,  boshlanishi  relyativistik  va  kvant  nazariyalari  ishlanmalari  bilan  bog’liq, 

ob’ektiv  reallik  tushunchasini  bilish  vositalaridan  bog’liq  bo’lmagan  narsa  sifatida  qarab  chiqarib 

tashlaydi,  ob’ekt  bilimlari  bilan  sub’ekt  faoliyati  hamda  narsa  va  hodisalar  o’rtasidagi  bog’liqlik 

haqida fikrlaydi.  

3. Postnoklassik ta’limot  - o’z-o’zidan tashkillanish va nochiziqli tizimlar dinamikasi asosida 

qurilgan  bilimlar  majmui  bo’lib,  obyekt  haqida  olinadigan  bilimlar  tavsifi  nafaqat  turli  xil  fikrlar 

qo’shilishi  o’rganuvchi  subyekt  faoliyati  narsa  va  hodisalari  xususiyatlari  bilan,  balki  uning  yaxlit 

tuzilishlari bilan birga hisobga oladi.  

Transdissiplinar  g’oyalarning  interpretasiyasi  fikrlash  strategiyalarini  tanlashdan  bog’liq: 

dastlabki transdissiplinar g’oya (yoki bir qancha g’oyalar) tabiiy-ilmiy fikrlashning klassik va klassik 

bo’lmagan  strategiyalari  doirasida  turli  xil  mazmunli  xususiy  dissiplinar  konsepsiyalarni  nаmoyon 

qiladi [1]. 

Transdissiplinar  konsepsiyalarini  tanlash  va  ifodalashda  quyidagi  shartlar  taklif  qilinadi:  1) 

ta’lim  uchun  ahamiyatliligi;  2)  tor  doiradagi  mutaxassislarga  emas,  ma’lumotli  insonlarning  keng 

sinfiga  mo’ljallanganligi;  3)  olamning  alohida  bo’laklarini  emas,  uning  umumiy  tabiiy-ilmiy 

manzarasini qurish uchun zaruriyligi. 

Transdissiplinar  konsepsiya  olamning  alohida  bo’laklarining  emas,  umumiy  tabiiy-ilmiy 

manzarasini  yaratishning  asosi  hisoblanadi  deganimizda  quyidagilarni  ta’kidlab  o’tamiz.  Olamning 

ilmiy manzarasi tushunchasi zamonaviy tabiiy-ilmiy yutuqlar, ta’limning maqsad va vazifalari hamda 

pedogogik  reallik  darajalarida  mavjud  bo’ladi.  Har  bir  darajada  u  o’zining  ma’lum  funksiyasini 

bajaradi. 


“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

141 


 

Ta’limning  maqsad  va  vazifalari  darajasida  olamning  ilmiy  manzarasi  o’zida  tabiiy  fanlarni 

o’qitishning  ideal  yakuniy  natijalarini  mujassamlashtirgan.  U  o’quvchi  o’zlashtirishi  kerak  bo’lgan 

materiyaning  umumiy  tuzilishi  va  uning  mavjudlik  shakllari  hamda  bilish  jarayoni  qonuniyatlari 

haqidagi  tizimiy  bilimlar  sifatida  aniqlanadi.  Olamning  ilmiy  manzarasi  ta’lim  mazmunida  bir 

vaqtning  o’zida  bir  nechta  funksiyalarni  bajaradi:  dunyoqarashli,  bilimlarni  tizimlashtirish  va 

ta’limning kelgusidagi rivojiga ko’rsatmalar. Olamning manzarasi (har doim ilmiy emas) pedogogik 

reallik darajasida o’zida shaxsga ko’rsatilgan hamma tashqi omillar ta’sirining integral natijasi, shu 

qatorida  ta’lim  mazmunini  o’zida  mujassamlashtirgan.  Bilimlar  tizimi  sifatida  o’quvchilar  (talaba) 

tomonidan  o’zlashtirilgan  olamning  manzarasi,  ular  shaxsiy  dunyoqarashining  asosi  bo’lib  xizmat 

qiladi.  

Transdissiplinar  konsepsiya  tushunchasi  “tabiatni  bilishning  integral  natijasi”  darajasida  va 

uning bugungi kun tadqiqotlari bosqichida bir qator savollar keltirib chiqaradi. 

Birinchidan, transdissiplinar konsepsiyalar va metodologik prinsiplar munosabati noaniq bo’lib 

qolmoqda. Har qanday ahamiyatli bo’lgan ilmiy - nazariy konsepsiyada metodologik holatlar organik 

ravishda predmet mazmuni bilan qo’shiladi va oxir oqibatda u bilan asoslanadi. Gegelning fikricha 

metod degani mazmun harakatining aynan o’zi hisoblanadi va shuning uchun uni mazmunga bog’liq 

bo’lmagan holda qarash mumkin emas. Prigojin metodologiya tadqiqot obyektining tabiati haqidagi 

masaladan ajralmasdir deb ta’kidlaydi. 

Ikkinchidan, ba’zi transdissiplinar konsepsiyalar aniqlanishi bo’yicha fanlararo munosabatlarga 

mos keladi. Masalan, o’lchash konsepsiyasi. Klassik talqinda u olamga determinizmli mexanik tizim 

sifatida  qarashning  aksi  hisoblanadi,  klassik  bo’lmagan  talqinda  u  Geyzenbergning  noaniqlik 

munosabatlarini, materiyaning korpuskulyar-to’lqin tuzilishi haqidagi tushunchalarni o’zida nomoyon 

qiladi.  

Ko’rsatilgan  qarama-qarshiliklarga  qaramasdan,  zamonaviy  tabiiy  bilimlarda  XXI  asr 

talabalarida yaxlit dunyoqarash shakllanishi uchun asos bo’luvchi ilmiy bilimlar umumlashtirilishi va 

sintezining  yangi  qatlami  hosil  bo’ladi.  Bu  yerdagi  muammo  fizika  mutaxasisligida  bo’lmagan 

(gumanitar,  ijtimoiy-  iqtisodiy)  talabalarda  kelib  chiqishi  bo’yicha  sof  fizikaviy  hisoblanuvchi 

transdissiplinar  g’oya  va  konsepsiyalarni  ongli  va  qiziqtirgan  holda  qabul  qilishni  ta’minlash 

hisoblanadi. 

Adabiyotlar 

1. Филиппов В.М., Суханов А.Д., Хохлов А.Ф., Стронгин Р.Г. Концепция естественнонаучного 

образования гуманитариев и проблемы ее реализации // Вестник РУДН, 2000, №5 (1-2). — С. 6 

— 17 


2. Степин B.C. Теоретическое познание. — М.: «Прогресс-Традиция», 2000. — 744 с.  

3. Степин B.C., Кузнецова Л.Ф. Научная картина мира в культуре техногенной цивилизации / 

Рос. акад. наук. Ин-т философии. — М., 1994. — 274с 

4. Мостепаненко М.В. Научная картина мира и мировоззрение // Философия и развитие 

естественнонаучной картины мира: Межуз. Сб. – Л.: Изд-во ЛГУ, 1981. —С.31 — 43 

 

ФИЗИКА ФАНИНИ ЎҚИТИШДА MOODLE ПЛАТФОРМАСИ 

ИМКОНИЯТЛАРИДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШ 

 

1



АMOНОВ А.К., 

1

ЖУМАНОВ Х.А., 



1

УРИНОВ Х.О., 

2

Махмудов Ф.Дж. 



1

Mуҳаммад Ал-Xoразмий номидаги TATУ Самарқанд филиали 

2

Муҳаммад ал-Хоразмий номидаги ТАТУ СФ қошидаги академик-лицей 



e-mail: 

adkham1972@gmail.com

 

 

Маълумки,  таълим  тизимига  электрон  таълимни  жорий  этиш  биринчи  навбатда 

жамиятнинг  интеллектуал  салоҳиятига,  жумладан,  таълим  соҳасининг  ахборотлашувига, 

ахборот  таълим  ресурсларини  ишлаб  чиқишга  боғлиқ.  Дунёнинг  ривожланган  ва 



“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

142 


 

ривожланаётган  мамлакатларида  таълимни  ахборотлаштириш,  шу  жумладан  электрон 

таълимни жорий этишга алоҳида эътибор қаратилмоқда. Электрон таълимни ривожлантириш, 

унинг  самарадорлигини  ошириш  йўллари  изланмоқда,  таълимда  янги  ахборот 

технологияларини  жорий  этиш  таълим  соҳасидаги  ислоҳотларнинг  диққат  марказидан  ўрин 

олган. 


Таълим  тизимида  узлуксиз  ахборотлаштириш  жараёнини  йўлга  қўйишда  масофавий 

таълим  технологиялари  кўзланган  мақсадга  эришишга  имконият  яратади.  Ҳозирги  аҳборот 

технологиялари жадал суратлар билан ривожланиб бораётган пайтда масофали таълим (МТ) ва 

масофадан ўқитиш (МЎ) катта ахамият касб этмоқда.  

Юқоридагиларни хулоса қилиб шуни айтиш мумкинки, масофавий таълим комплексини 

таълим  муассасаларига  жорий  этилиши  ҳар  томонлама  фойда  келтиради.  Олий  таълим 

тизимида  бу  комплексни  жорий  қилиш  учун  барча  шарт-шароитлар  мавжуд.  Масофавий 

таълимда  талаба  ва  ўқитувчи  фазовий  бир-биридан  ажралган  ҳолда  ўзаро  махсус  яратилган 

ўқув  курслари,  назорат  шакллари,  электрон  алоқа  ва  Интернетнинг  бошқа  технологиялари 

ёрдамида  доимий  мулоқотда  бўладилар.  Интернет  технологиясини  қўллашга  асосланган 

масофавий ўқитиш жаҳон ахборот таълим тармоғига кириш имконини беради, интеграция ва 

ўзаро алоқа тамойилига эга бўлган муҳим бир туркум янги функцияларни бажаради. 

Масофавий  ўқитиш  жараѐнида  талаба  интерактив  режимда  мустақил  ўқув-услубий 

материалларни ўзлаштиради, назоратдан ўтади, ўқитувчининг бевосита раҳбарлигида назорат 

ишларини бажаради ва гуруҳдаги бошқа «вертикал ўқув гуруҳи» талабалари билан мулоқотда 

бўлади. 


Хусусан,  физика  фанини  ўқитишда  ҳам  масофали  ўқитиш  тизимларининг 

имкониятларидан фойдаланиш ўқув жараёни самарадорлигини оширишда муҳим ахамият касб 

этади. 

Хорижий  давлатларда  ҳозирда  кенг  қўлланилиб  келинаётган  очиқ  кодли  Moodle__платформаси_ўзига_хос_афзалликларга_эга_ва_унинг_хусусиятлари_ҳақида_сўз_юритамиз.__Moodle'>Moodle 



платформаси ўзига хос афзалликларга эга ва унинг хусусиятлари ҳақида сўз юритамиз. 

Moodle – Wеб муҳитида ўқитиш ва он-лайн режимдаги дарсларни ташкил қилувчи кучли 

педагогик  дастурий  мажмуа  ҳисобланади.  Тизимда  мавжуд  ўқитиш  модуллари:  Forums, 

Materials,  Messenger,  Chat,  Exercises,  Group  work,  Student  tracking  ва  анча  кўп  бўлган  бошқа 

модуллари мавжуд.  

Бошқа  LMS  лар  сингари  IMS,  SCORM  ва  бошқа  стандартларни  қўллаб  қувватлайди. 

Таҳлиллар шуни кўрсатадики, бошқа LMS тизимларга қараганда энг кўп қўшимча плагин ва 

модуллари мавжуд бўлган дастурий мажмуа, айнан Moodle дастурий мажмуаси ҳисобланади.   

Ушбу  платформанинг  асосий  вазифаси  профессор-ўқитувчи  ҳамда  талаба  ўртасидаги 

турли хил электрон ресурслар алмашиниш, тизимга топшириқ ва масалаларни жойлаштириш 

орқали таълим бериш самарадорлигини ошириш ҳисобланади. 

Ўзбекистондаги кўплаб таълим муассасаларида виртуал таълим муҳити сифатида айнан 

Moodle дастурий мажмуасидан фойдаланиб келинмоқда.   

Очиқ  кодли  Moodle  платформаси  ўқув  жараёнини  бошқарувчи  Wеб  га  йўналтирилган 

махсус тизим бўлиб, интернет тармоғида фойдаланишга мўлжалланилган. Тизимни яратишда 

очиқ  кодли  дастурий  таъминотлардан  фойдаланилган.  Уни  ишлатиш  учун  маълумотлар 

омборини бошқариш дастури (MySQL ёки PostgreSQL), PHP процессори, Wеб хизмати дастур 

(Apache  ёки  IIS)  лари  созланган  сервер  зарур.  Оперцион  тизим  сифатида  ихтиёрий  кенг 

тарқалган  тизимлардан  биридан  фойдаланиш  мумкин  (Windows,  Linux,  Mac  OS  X,  Novwll 

Netware). 

Фойдаланилган адабиётлар рўйхати 

1. 


E-learning: concepts, trends, applications. Corporation Trust Center by Epignosis LLC 2013.  

2. 


The pedagogy of the Massive Open Online Course: the UK view. Siân Bayne and Jen Ross, the 

University of Edinburgh. The Higher Education Academy, 2013. 



“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

143 


 

3. 


Амонов  А.К.  Создание  учебных  курсов  с  использованием  системы  дистанционного 

обучения MOODLE.// Вестник Таджикского педагогического института. - 2018. №2. С. 44-47. 

г. Панджикент. Республика Таджикистан. 

 

 



BIR JINSLI MAYDONDAGI DIAMAGNETIKLAR VA PARAMAGNETIKLARNING 

MATEMATIK YECHISH USULLARI. 

 

T.A.Cho’liev Guliston davlat universiteti o’qituvchisi. 

A.M.Ummatov Guliston davlat universiteti 4-bosqich talabasi. 

 

Tashqi  magnit  maydon  bo’lmaganda,  atomlarning  magnit  momentlari  nolga  teng  moddalarga 



diamagnetiklar deyiladi. Diamagnetiklarga inert gazlar, vismut, sink, oltin, mis, kumush, suv, smola 

va hokazolar kiradi. Diamagnetiklar magnit maydonga kiritilganda tashqi maydon kuchlanganligi 

ga  qarama-qarshi  yo’nalgan  qo’shimcha  ichki  magnit  maydon  vujudga  keladi.  Moddalarning 

magnitlanishini xarakterlash uchun magnitlanish vektori tushunchasi kiritiladi. Magnitlanish vektori 

 yoki magnitlanish intensivligi deb, biror hajm nolga intilganda shu hajmdagi magnit momentining 

hajmga nisbatiga aytiladi: 

  

 

 



 

 

(1) 



Diamagnetik va maydon bir jinsli bo’lsa, 

 

bu  yerda  n



0

  –  hajm  birligidagi  zarralar  soni, 

-magnitlanish  koeffitsiyenti,  bu  koeffitsiyent 

diamagnetiklar  uchun  manfiy, 

.  Magnit  maydonga  diamagnetik  sterjen  kiritsak,  u  maydondan 

itariladi. 

Agar  elektron  orbital  magnit  momentlarining  vektor  yig’indisi  nolga  teng  bo’lmasa,  atom 

xususiy magnit momentiga ega bo’ladi. Bunday atomlardan iborat moddalar paramagnetiklar deyiladi. 

Paramagnetiklarga  kislorod,  azot  oksidi,  platina,  natriy,  kaliy  va  boshqalar  kiradi.  Masalan, 

paramagnetikni  magnit  maydonga  kiritaylik.  Bu  holda  tashqi  maydon  atrofida  magnit  moment 

protsession  harakatda  bo’ladi  va  maydon  kuchayadi.  Biror  vaqtdan  keyin  paramagnetiklarning 

magnitlanishi to’yingan holga keladi. Magnitlanish koeffitsiyenti 

. Magnit maydonga kiritilgan 

paramagnetik sterjen maydon bo’ylab joylashadi (1-rasm).  

 

1-rasm 


Tajribalar magnitlanish koeffitsiyentining tashqi maydonga bog’liq emas ekanligini ko’rsatadi. 

Demak,  magnitlanish  koeffitsiyenti  moddani  xarakterlovchi  kattalik  ekan.  Biz  ilgari  magnit 

maydonning  kuch  xarakteristikasi  bo’lgan  magnit  induksiya  vektori 

  ni  ko’rgan  edik.  Induksiya 

vektori faqat o’tkazuvchanlik tokiga emas, moddaning magnit xossalariga ham bog’liq, degan edik. 

Kuchlanganlik 

  esa  moddaning  magnit  xossalariga  bog’liq  bo’lmasdan,  balki  tashqi  maydonni 

H



I

)

1



(

0

1



mi

n

i

P

V

V

im

I







H



P

n

V

P

n

I

m

m







0



0



0



B



H



“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

144 


 

aniqlar edi. Vakuumda 

. Moddada vujudga keluvchi va ichki magnit maydon deb ataluvchi 

maydonning induksiya vektorini 



i

B

 deb belgilaylik. Bu holda:  



i

B

B

B





0

 

 



 

 

 



 

(2) 


Ichki maydon induksiyasi 

i

B

 ni hisoblaylik.  

Uzunligi  ,  ko’ndalang  kesimi  S  bo’lgan  silindr  shaklidagi  diamagnetik  olamiz.  Uni  magnit 

maydonga joylashtiramiz. (2-rasm).  

 

2-rasm 


Bu  magnit  maydonning  induksiya  vektori 

.  Diamagnetikda  vujudga  kelgan  ichki  magnit 

maydon  tashqi  magnit  maydon  induksiya  vektori 

B

  ga  teskari  yo’nalgan.  Silindr  ichida  ixtiyoriy 



kesmada molekulyar toklar o’zaro kompensatsiyalanadi (3- a rasm). Faqat kesmaning parametridagi 

toklar bir yo’nalshida bo’ladi (3- b rasm). Bu esa solenoid tokiga o’xshagan: 

 

a)                      b) 



3-rasm 

0

0



0

0

J



J

n

B

i





 

 

 



 

 

(3) 



Bu yerda J – molekulyar tok, n

0

 – toklar soni, vakuumda 



1

0



 J

0



 - tokni magnitlanish vektori 

bilan bog’lash mumkin. Silindrning hajmi 



S

 magnit moment 



S

0

 



0

0

J



V

S

J

I



  



 

 

(4) Shunday qilib, 



I

B

u



0



  

 

 



 

 

(5) Demak, 



I

H

B



0

0





 

 



 

 

 



 

(6) 


I

H

B



0



    


 

 

 



 

 

(7) 



H

I



  



 

 

 



 

 

(8) 



O’rniga qo’ysak: 

H

B



)

1

(



0



 



 

 

 



 

(9) 


Biz  ilgari  kiritgan 

H

B



0



  ifodani  nazarga  olsak, 

)

1

(





  ga  ega  bo’lamiz.  Bu  nisbiy 

magnit  kirituvchanlikni  beradi.  Diamagnitda 

1

,



0



  Paramagnitda 



1

,

0





.  Nisbiy  magnit 

kirituvchanlik jismdagi magnit maydonga bog’liq emas.  

Biz ilgari to’la tok qonunini ko’rib o’tgan edik.  



i

n

i

J

d

H

Hd



1



)

,

cos(





 



 

 

 



 

(10) 


H

B



0

0



0



B



“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

145 


 

(7) dan   

 

I

B

H





0

   



 

 

(11) 



(11) ni (10) ga olib kelib qo’yamiz. U holda 

i

n

i

J

d

I

B





1

0

)



),

((





 ni hosil qilamiz, yoki 



)]

,

(



[

)

(



1

0









d

I

J

d

B

n

i





 



 

 

 



(12) 

Magnitlanish vektorining yopiq 

 kontur bo’ylab sirkulyatsiyasi molekulyar toklar yig’indisiga 



teng:  

mol

n

i

J

d

I



1



)

(





  

 

 



 

 

 



(13) 

mol

n

i

n

i

J

J

d

B





1



1

0

(



)

(





 

 



 

(14) 


Magnit  induksiya  vektori 

B

  ning  yopiq  kontur  bo’ylab  sirkulyatsiyasi  kontur  bo’ylab  olgan 



o’tkazuvchanlik toki va molekulyar toklarning algebraik yig’indisiga teng. 

 

FIZIKA FANIDAN AMALIY TOPSHIRIQLARNI “CROCODILE PHYSICS” 



DASTURI YORDAMIDA BAJARISH USULLARI. 

 

A.Jumamuratov, D.P.Yuldashov, M.Q.Sultonova 



Ajiniyoz nomidagi NukusDPI 

 

Integratsiyalashgan ta’limni joriy etishdan ko‘zlangan maqsad -bu ta’lim jamiyat, ish va dunyoni 

bir butun holda tasavvur etish va ular o‘rtasida barqaror aloqa o‘rnatish. O‘quvchilarda tabiatni butun 

bir borliq sifatida, olamning yagona manzarasini anglashi, ekologik muammolarni tushunishi hamda 

tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanish  ko‘nikmalarini,  tabiat  va  jamiyat  taraqqiyotiga  o‘zhissasini 

qo‘sha  oladigan  competent  shaxsni  tarbiyalash.  Integratsiyalashgan  ta’lim  uchun  eng  zamonaviy 

metodlardan biri STEAM o‘qitish metodika sihisoblanadi. 

STEAM  —  maktab  o‘quvchilarini  yangi  o‘qitish  metodikasi  bo‘lib,  u  bolalarni  bir 

vaqtningo‘zida  Science  (tabiiy  fanlar),  Technology  (texnologiya),  Engineering  (muhadislik),  Art 

(san’at)  va  Mathematics  (matematika)  bo‘yicha  o‘qitish  tizimiga  asoslangan,  bunda  o‘quvchilar 

amaliy va loyiha mashg‘ulotlari yordamida saboq oladilar. 



STEАM  –real  hayot  talablaridan  kelib  chiqqan  holda  akademik  ilmiy–texnikaviy  konsepsiya 

doirasida integratsiyalashgan holda o‘qitishdir. 

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quvrejasiga ko‘ra, tabiiy va iqtisodiy fanlar blogi “Tabiat 

va geografiya, biologiya, fizika va astronomiya, kimyo, iqtisodiy bilim asoslari, tadbirkorlik asoslari” 

asoslari fanlarini qamrab oladi. Yuqoridagilarni inobatga olib, mazkur o‘quv dasturida o‘quvchilarni 

mantiqiy  fikrlashini  va  amaliy  ko‘nikmalarini  shakllantirishga  qaratilgan  xalqaro  baholash  dasturi 

(PISA,  TIMSS)  talablariga  mos  keladigan  topshiriqlar  bilan  ishlashga  mo‘ljallangan  amaliy 

mashg‘ulotlar,  laboratoriya  ishlari  va  mavzularda  o‘quvchilar  mustaqil  bajarishga  va  ijodiy 

fikrlashga undovchi amaliy topshiriqlar bilan ko’proq ishlash talab etiladi. 

8-sinf  “Tok  kuchi  va  unio’lchash”  mavzusidagi  “Ampermetr  yordamida  zanjirdagi  tok 

kuchini  o’lchash”  amaliy  topshiriqni  bajarish  usulini  ko’rib  chiqamiz.  Buning  uchun  “Crocodile 

Physics”  kompyuterda  sturi  yordamida  amalga  oshiramiz.  Bu  dastur  o’quvchida  ham  kompyuter 

savodxonligini hamda ingliz tili savodxonligi talab qilib, sababi dastur to’liq ingliz tilida berilgan. 

Amaliy  topshiriqni  bajarish  uchun  avvalo  dasturga  kirib  “New  model”-  “Yangi  loyiha” 

tugmasini tanlaymiz. So’ngra “


Yüklə 11,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin