FIZIKA DARSLARIDA HARBIY TEXNIK TUSHUNCHALARNI BERISH ORQALI
VATANPARVARLIK HISSINI SHAKLLANTIRISH
O.Q.Quvondiqov, M.Qodirov, Sh.A.Xomitov. SamDU.
sh-xomitov@mail.ru
Vatanni muhofaza qilish, uni bir hovuch tuprog‘ini ko‘z qorachig‘iday asrab avaylash har bir
kishining burchi hisoblanadi. Shunday ekan, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda
vatanga bo‘lgan muhabbat hissini yanada oshirish zarur.
O‘quvchi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning shakl va usullari turlichadir.
Fan va texnika rivojlangan davrda o‘quvchi yoshlarga o‘rta maktab fizika kursining ayrim mavzularini
harbiy ishga bog‘lab o‘rgatish va shu asosida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning
imnoniyatlari katta. Сhunki, fizika fani texnika taraqqiyotining ilmiy asosini tashkil etadi. Shuning
uchun ham harbiy texnikaning biror sohasi yo’qki, unda fizik qonun va qonuniyatlar qo‘llanilmasa.
Hozirgi kunda harbiy texnikani boshqarish uchun har bir vatan himoyachisi armiya hizmati davrida
fizik qonunlar bilan ishlashiga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham yoshlarni harbiy va harbiy-texnik
tayyorgarligi katta ahamiyatga ega. Armiya yoshidagi yoshlarga O’zbekiston Respublikasi
mudofaasiga ko’maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, maktab o‘quvchilariga harbiy bilimlarni
berish asosan, “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fani o‘z zimmasiga olgan. Biroq, harbiy
texnika sirlarini muvaffaqiyatli o’zlashtirish uchun fizika fanining ahamiyati juda katta.
Bugungi kunda vatanimizning iqtisodiy va mudofaa qudratini yanada mustaxkamlash borasida,
yer yuzida tinchlikni saqlab qolish, kelgusida yadro qurolidan insoniyatni batamom xolos etish, yadro
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
136
energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish uchun nazariy-siyosiy va tashkilotchilik ishlarini keng
ko‘lamda ishlar olib borilmoqda. Bu sohada Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning olib borayotgan
ishlari diqqatga sazovordir. Qolaversa, yoshlar bilan olib boriladigan harbiy vatanparvarlik tarbiyasi
ishining sifatini belgilab beruvchi asosiy mezon yoshlarning kelajakda bo‘ladigan sinovlarga ma'naviy
tayyorgarlik darajasi, harbiy ish asoslarini puxta bilishi, bo’lajak vatan himoyachilarining harbiy
tayyorgarligi har bir yigitning vatanga bo‘lgan muhabbati, uning bilim salohiyati va tartib-intizomi
bilan belgilanadi.
Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi u qandaydir tor, muayyan maqsadlargagina xizmat qilibgina
qolmay, balki, yosh avlodni har tomonlama voyaga yetkazib, tarbiyalashda muhim rol o’ynaydi.
Biz fizika o‘qitish jarayonida va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarga harbiy
vatanparvarlik tarbiyasi berishni maktablar misolida kuzatdik, Bunda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, fizika
fanini o‘qitish jarayonida harbiy vatanparvarlik tarbiyasiga yetarlicha e’tibor berilmas ekan.
Xizmat oldidan yoshlar zamonaviy harbiy texnika haqida boshlang‘ich harbiy, harbiy-texnik
tayyorgarlik kabi tushunchalarga ega bo‘lishlari kerak. Bizning asosiy maqsadimiz ham shu
yuqoridagi talablarga mumkin qadar javob berish uchun fizika darslarida shu ishlarni bajarishga
harakat qildik. Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining barcha fanlar qatori fizika fanini o‘qitishda
ayniqsa, fizikadan fakultativ mashg‘ulotlar tashkil etib, ularda harbiy texnikaning fizik asoslari
o‘rganilsa, yanada yaxshi bo‘lar edi. O‘quvchilarga harbiy texnika haqida tushunchalar berish, ularda
shu soha bo’yicha ko‘nikma va malaka hosil qilish, barcha fanlardan dars o‘tish jarayonida berilsagina
yaxshi natijalarga olib keladi.
Quyida fizika fani va harbiy ishlarga oid materiallarning o‘zaro aloqadorligiga doir ma’lumotlardan
namunalar keltiramiz:
Fizika fanidan mavzular
Harbiy ishlar bilan tanishtiradigan materiallar mazmuni (misollar)
Mexanik harakat. Moddiy nuqta.
Traektoriya
Snaryadning tezligi, harakat traektoriyasi. Snaryad poroxlarining
parchalanishi.
Yo‘l va ko‘chish
O‘qning miltiqdan uchib chiqishi, uchish balandligi, tezligi, bosib
o‘tgan yo‘li.
To’g‘ri chiziqli tekis va notekis
harakat. Tezlik va o’rtacha tezlik.
Harbiy mashinalarning (avtomobil, tank, samolyot, kema, altileriya
snaryadi) tezligi, o‘qning boshlang‘ich tezligi va harakati.
To’g‘ri chiziqli tezlanuvchan
(sekinlanuvchan) harakat.
Tezlanish
Harbiy samolyot, raketa, tank, kema va harbiy mashinalarning
tezlanishi haqida ma’lumot.
Jismlarning erkin tushishi. Erkin
tushish tezlanishi.
Samolyotning aviabombalarni tashlashdagi asosiy ko‘rsatgichlari va
bombaning harakati.
Egri chiziqli harakatda ko’chish
va tezlik.
Otilgan o‘qning, snaryadning, yuqoridan tashlangan bombalarning
xarakat traektoriyalari, ko’chishi, tezligi, tezlanishi haqida ma’lumot.
Jism massasi
Snaryad, aviabomba massasi, tankning massasi, harbiy sohada
qo’llaniladigan qurollar massasi va h.k
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
137
Nyutonning birinchi qonuni
Raketaning uchish traektoriyasi. O‘qning uchish tezligi, uchish
masofasi, o‘q otilgan paytda vujudga kelgan reaktiv kuchlar, o‘q
uchish masofasining otish burchagiga bog‘liqligi.
Nyutonning ikkinchi qonuni
Otish qurollaridan foydalanishda o’q va snaryadning massalarini
oshirish, ularning uchish masofasini oshirish.
Nyutonning uchinchi qonuni
O‘q uzilganda miltiq kanali ichida porox gazlarning bosimi. Aks ta’sir
haqida ma’lumot;
Tabiatdagi kuchlar. Jismning
inersiyasi.
Miltiq zatvorining o‘qqa ta’sir etuvchi kuchi, snaryadning va
bombalarning og‘irlik kuchi. Inersiya hodisasi, deformatsiya.
Jism impulsi. Kuch impulsi.
Raketa va to‘p otishda reaktiv harakatning sodir bo‘lishi, boshqariluvchi
raketadan foydalanish, hozirgi zamon aviatsiyasining taraqqiyoti.
Bosim. Paskal qonuni. Torrichelli
tajribasi.
Gidravlik press.
Gidravlik tormoz
Zanjirli va g‘ildirakli harbiy mashinalarning tuproqqa bergan bosimi va uni
kamaygirish. Gidravlik ta’sir prinsiplari va ularning mina, torpedo,
bombalarda qo‘llanilishi. Glubinomer, gaz bosimi kattaliklaridan (suv
osti ballonlarida, torpedolarda) foydalanish.
Suyuklik va gazlarning xarakati.
Bernulli qonunining qo‘llanilshi. Samolyot qanotining ko‘tarish kuchi.
Hozirgi zamon samolyotlarining tezligi, quvvati.
Jismlarning suzish shartlari.
Arximed kuchi. Havoda suzish.
Arximed kuchidan harbiy-texnikada, xozirgi zamon harbiy kemalari
hamda
suv
osti
kemalarida
foydalanish.
Samolyot
va
aviabombalarning havodagi xarakati.
Ish va issiqlikni uzatish.
Yonilg‘ining yonish solishtirma
issikligi
Otish qurollari (miltik avtomat, pulemyotdan otish vaqtida ularning
stvollarining qizishi haqida ma’lumot berish. Mexanik va issiqlik
protsesslarida energiyaning saqlanish va aylanishidan foydalanish.
Yonilg‘ining yonish issiqligining raketalarning reaktiv dvigatellarida
qo‘llanilishi.
Ichki yonuv dvigatellari.
Artilleriya, va raketa qurilmalarini ko’chirishda qo‘llaniladigan
avtomobil transportyor, tyagach, o‘ziyurar qurollarda, dizel suvosti
kemalarida, samolyotlarda ichki yonish dvigatelining qo‘llanishi,
ularning quvvati, tezligi, yuk ko‘tara olishi haqida ma’lumot berish.
Galvanik elementlar.
Akkumulyatorlar.
Akkumulyatorning suv osti kemadarida, turli harbiy apparatlarda,
harbiy mashinalarda qo‘llanilishi. Galvanik elementlarning urush
davrida turli minalarni portlatishda, aloqa vositalarida ishlatilishi.
Elektromagnit xodisalar
Harbiy kemalarda, suv osti kemalarida magnit maydoni yordamida
minalarni aniqlash va ularni portlatib yuborish. Elektromagnit
induksiya hodisasi harbiy texnikada Induksiya prinsipidan portlagich
sifatida qo‘llanilishi.
Elektr energiyasini ishlab
chiqarish, uzatish va undan
foydalanish.
Elektr stansiyalar. Elektr energiyasini uzatish va undan harbiy
ishlarda foydalanish.(AES, GES, IES, quyosh batareykalari, shamol
generatorlari)
Elektromagnit to‘lqinlar,
radioto‘lqinlar. Infraqizil va
ultrabinafsha nurlar.
Elektromagnit to‘lqinlar, radioto‘lqinlar, infraqizil va ultrabinafsha
nurlardan harbiy ishlarda foydalanish.
Geometrik optika
Geometrik optika qonunlaridan harbiy ishlarda foydalanish.
Atom yadrosining tuzilishi.
Yadro kuchlari
Atom yadrosining tuzilishi. Yadro kuchlari haqida o‘quvchilar
ongida tasavvurlar hosil qilish.
Atom energiyasidan harbiy va tinchlik maqsadida qo’llash: Vodorod
va atom bombalari hamda atom elektr stansiyalari, suvosti va
muzyorar kemalari haqida tushunchalar.
Nanotexnologiyalar:
Nanorobotlar, molekulyar
dvigatellar,
nanoelektrodvigatellar.
Nazorat va kuzatish vositasi sifatida hamda qurol sifatida harbiy
sohada qo‘llash va h.k.
1.Harbiy texnika va qurolli kuchlar tizimi uchun harbiy kemalar o’ta
og’ir korroziya sharoitida ishlaganligi uchun (vallar, vintli
periskoplar va boshqa mexanizmlar) ust qatlamini qoplash uchun
keramik nanomateriallarni qo’llash.
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
138
2.Nanokompozitlarning energetik kondensirlangan muhitlarda
qo’llanilishi (raketa yoqilg’isi uchun nanodispersion komponentlarni
yaratish, portlovchi moddalar, porox va boshqalar).
3.Harbiy maqsadlarda nanoelektronikaning elementar bazasini
yaratish (Kvant kompyuterlaridan foydalanish hisobiga elektron
asboblarning massasi va o’lchamini keskin kamaytirish).
4.Radiatsion, kimyoviy va bilogik qidiruv ishlarini olib boruvchi
harbiy texnika namunalarini yasash (Robototexnika). Bu sohada
yangi qurilmalarni yaratishda monomolekulyar qatlamli sezgir
moddalar elementlarini qo’llash asosida bunday asboblarning
sezgirlik qobiliyati yuqori bo’ladi va ular 10
-4
% aniqlikda zararli
moddalar konsentratsiyasini aniqlash imkoniyatiga ega bo’ladi.
O‘quvchilar orasida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini yanada kuchaytirish davr talabidir.
Chunki, biz yer sharining turli nuqtalarida odamlar qoni behuda to‘kilayotgani haqida nohush
xabarlarni tez-tez eshitib turibmiz. Shu boisdan, mamlakatning mudofaa qobiliyatini
mustaxkamlashga, Qurolli Kuchlarning harbiy qudratini oshirishda boshqa fanlar bilan bir qatorda
fizika fanini amaliyotga tadbiqi muhim hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
1.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy texnik
mutahasisliklar bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida PQ-4061-son 12.12.2018 yil.
2.
N.Sadriddinov, A.Rahimov, A.Mamadaliev, Z.Jamolova “Fizikani o‘qitish uslubi asoslari”
Toshkent “O‘zbekiston”-2006 yil.
TABIIY FANLARNING INTEGRATSIYASI JARAYONIDA MATEMATIKANING
O‘RNI
Sidiyorov S., Pardayeva Z. Jizzax Davlat pedagogika instituti
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab fanda ajoyib o‘zgarishlar yuz bera boshladi, ya’ni
matematikaning barcha fanlarga va har xil texnologiyalarga qo‘llanilishi avj olib ketdi. Bu yerda
asosan hisoblash matematikasining yuzaga kelishi, EHMlarning yaratilishi, ularda murakkab
masalalarni hal qilishda mavjud bo‘lgan metodlardan foydalanish yetarli bo‘lmay qoldi. Chunki o‘sha
davrda tabiiy fanlardagi ikkita loyiha yadro qurolining yaratilishi bo‘lsa, ikkinchi loyiha kosmik
fazoning zabt etilishidir.
Tabiatdagi hodisalar aksariyat holda nochiziqli tarzda sodir bo‘ladi, bunday hodisalarni kuzatish
uchun hodisalarning matematik modelini tuzish talab qilinadi. Shu sababli ham ilmiy izlanishlarda
birgalikdagi harakatni amalga oshirishni taqozo etadi.
Ushbu maqolani tayyorlashdan maqsad matematik o’qituvchilarni hozirgi davr talabi bo‘yicha
matematikaning keyingi yutuqlari va matematik modellarning tadbiq etilishini hamda bu
jarayonlarning rivojlanishi haqida ilmiy xulosalar chiqarishni ta’kidlashdan iborat.
Mazkur ishning amaliy jihati esa, dinamikaning birinchi boshlang‘ich sistemalaridan boshlanadi:
y
x
f
X
,
,
y
x
g
Y
,
, (1)
0
0
x
X
0
0
y
Y
Bunday sistemalar vaqt o‘tishi bilan avtotebranma harakatni ham yuzaga keltirishi mumkin,
avtotebranma harakat shunday harakatki, birinchidan so‘nuvchi tebranma harakat bo‘lmasdan,
harakatni xarakterlovchi kattaliklar amplituda, chastota, harakatning formasi boshlang‘ich shartdan
ya’ni
0
0
, y
x
dan bog‘liq bo‘lmaydi.
(1) sistemaning fazoviy portreti bir tekislikni yoki ikki o‘lchamli qandaydir sirtni ifodalaydi,
qaysiki fazoviy portretning oilasi sistemani sifat jihatdan tekshirish imkoniyatini beradi. Masalan,
sistemaning muvozanat holati nechta, sistema turg‘unlik holatini saqlay oladimi, yopiq egri chiziqlar
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
139
mavjudmi, bo‘lsa ular qanday holda joylashgan, ularning bir-biriga nisbatan tortilish sohalari qanday
bo‘ladi, degan tushunchalar nazarda tutiladi.
Biologik jarayonni ifodalovchi quyidagi masalani qaraylik: katta hajmga ega bo‘lgan baliqlar-
yirtqich baliqlar bo‘lib, ular mayda baliqlar bilan kun kechiradilar, natijada mayda baliqlar juda
kamayib ketishi mumkin. Yirtqichlar har xil turga bo‘linishi mumkin. Shuning uchun ularning
turlariga qarab, quyidagi tenglamalar sistemasini yozish o‘rinli:
n
i
x
x
x
x
f
dt
dx
...
,
,
3
2
1
,
n
i
,
1
.
(2)
Soddalik uchun ularni ikki turga bo‘lamiz: birinchisi yirtqich baliqlar, ikkinchisi mayda baliqlar
bo‘lsin. Kuzatish davri bir xil deb qaraymiz.
Faraz qilaylik
x
- yirtqich baliqlar soni,
y
- mayda baliqlar soni bo‘lsin. Yirtqichlar mayda
baliqlar hisobidan ma’lum bir vaqt oralig‘ida o‘sib boradilar. Maydalari keskin kamayadi, keyinchalik
yirtqichlari ham kamaya boshlaydi. Undan keyin maydalari imkon darajasida ko‘payadilar. Shunday
qilib bu hol ma’lum oraliqda takrorlanadi. Shunday jarayonni quyidagi differensial tenglamalar
sistemasi orqali ifodalash mumkin:
dxy
cx
dt
dy
bxy
ax
dt
dx
(3)
Bu yerda
0
a
,
0
b
,
0
c
,
0
d
o‘zgarmas sonlar.
Sistemaning birinchi tenglamasidagi
bxy
- ifoda yirtqichlarning maydalar hisobidan
ko‘payishini bildiradi. Ikkinchisidagi
dxy
ifoda maydalarning yirtqichlar hisobidan kamayishini
anglatadi.
Bunday sistemani tekshirish uchun o‘zgaruvchini quyidagicha almashtiramiz:
x
c
d
u
,
y
a
b
v
,
ct
,
c
a
d
.
U holda (3) – sistemaning ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:
1
'
v
u
u
,
u
v
v
1
'
,
(4)
bu yerda
0
, hosila
- o‘zgaruvchisi bo‘yicha olinadi.
Faraz qilaylik
0
bo‘lganda turlarning ikki xilini ham soni aniqlangan.
0
0
u
u
,
0
0
v
v
(5)
Qaralayotgan masalaning qiziqarli tomoni shundaki, yechimning musbatligi,
u
va
v
o‘zgaruvchilarning o‘zaro bog‘lanishi qanday qonuniyatga ega bo‘lishidadir.
Shu sababli, (4)-dagi birinchi tenglikni ikkinchisiga nisbatini olib, integrallash yordamida
quyidagi tenglikka ega bo‘lamiz:
H
u
v
u
v
u
v
u
v
0
2
0
0
0
ln
ln
(6)
bu yerda
H
- o‘zgarmas son bo‘lib, boshlang‘ich qiymatlar va
- parameter orqali aniqlanadi.
Agar
1
,
1
0
0
v
u
bo‘lsa,
u
-funksiya kamayib boradi, bunday holat
v
-funksiya uchun ham
takrorlanadi. Keyinchalik
1
u
bo‘lganda
1
v
bo‘ladi. Keyin
ning bir qancha qiymatlarida
v
-
funksiya o‘sib boshladi. Demak,
u
va
v
-funksiyalar o‘zining o‘zgarishi davomida yopiq konturni
ifodalaydilar. Lekin birinchisining maksimum qiymati, ikkinchisinikiga to‘g‘ri kelmaydi, chunki ular
har xil fazalarda tebranma harakat qiladilar.
Adabiyotlar:
1.
Salohiddinov M.S., Nasriddinov F.N. Oddiy differensial tenglamalar . Toshkent. “O’qituvchi”
-1994y.
2.
Гутер П.С, Янполский А. Дифференциальные уравнения. Москва. “Высшая школа” -
1980г.
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
140
3.
Данилов Ю. Нелинейность’. “ЗC” №11/1982 статья.
4.
Малинецкий Г.Г., Потапов А.В. Современные проблемы нелинейной динамики.М.УРСС,
2002г.
TALABALAR ILMIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHDA
TRANSDISSIPLINARLIKNING O’RNI
Katta o’qituvchi Tugalov Farxod Qarshiboyevich
Jizzax Davlat Pedagogika Instituti, fizika o’qitish metodikasi kafedrasi
farxodtugalov@mail.ru
Transdissiplinarlik deganda ommaviylikning fanlararo bog’lanishga qaraganda nisbatan yuqori
darajasi tushuniladi. Fanlararo munosabat alohida fanlar (masalan, fizika va ximiya, ximiya va
biologiya kabi va boshqalar) o’rtasida mavjud bo’lgan juft bog’liqlikni nazarda tutadi. Odatda bu yerda
bir fan qonuniyatlarining boshqasi doirasida namoyon bo’lishi tushuniladi (masalan,
termodinamikaning ikkinchi qonuni fizik qonun sifatida ximiyaviy reaksiyalarda yoki biologik
hujayralarning hayotiy faoliyati jarayonida). Shu bilan birga barcha tabiiy fanlarda o’zini global
namoyon qiluvchi, transdissiplinar deb ataluvchi «chegaradan tashqaridagi g’oyalar» mavjud bo’ladi.
Ular umumiy falsafiy metodologik tamoillarga (qo’shimchalik, moslik, simmetriklik va b. kabi)
o’xshash bo’lmasdan, barcha tabiiy bilimlar tuzilish o’qini tashkil etadigan darajadagi umumiylikka
ega. Eng muhimi, ularning kelib chiqishi sof tabiiy-ilmiydir. Konseptual tushunchalar nazariya
yaratilishida uning holatlarini umumlashtiruvchi bo’lib hisoblanmaydi. Bularga eng avvalo, tabiiy-
ilmiy bilimlar va tadqiqotchi mentalitetining ajratib bo’lmasligi, tadqiqot obyektiga atrof olamning
ta’sir xarakteri, modellashtirish, kogerentlik, o’lchashlar, evolyusiya va boshqalar taalluqlidir [1].
Ilmiy tushunchalar bilishning obyektiv va subyektiv munosabatlari tahliliga asosan klassik,
noklassik va postnoklassik turlarga bo’linadi [2-3]:
1. Klassik ta’lim Nyuton mexanikasi namunasi va asosi bo’yicha yaratilgan bo’lib, u o’z
obyektlarini bayon qilish va nazariy tushuntirishda imkon qadar subyektga, uning faoliyat
vositalarining usul va amallariga taalluqli bo’lgan vositalaridan voz kechishga intiladi. Bunday voz
kechish mavjud obyektiv olam to’g’risida obyektiv bilimlar olishning zaruriy sharti bo’lib hisoblanadi.
2. Noklassik ta’lim, boshlanishi relyativistik va kvant nazariyalari ishlanmalari bilan bog’liq,
ob’ektiv reallik tushunchasini bilish vositalaridan bog’liq bo’lmagan narsa sifatida qarab chiqarib
tashlaydi, ob’ekt bilimlari bilan sub’ekt faoliyati hamda narsa va hodisalar o’rtasidagi bog’liqlik
haqida fikrlaydi.
3. Postnoklassik ta’limot - o’z-o’zidan tashkillanish va nochiziqli tizimlar dinamikasi asosida
qurilgan bilimlar majmui bo’lib, obyekt haqida olinadigan bilimlar tavsifi nafaqat turli xil fikrlar
qo’shilishi o’rganuvchi subyekt faoliyati narsa va hodisalari xususiyatlari bilan, balki uning yaxlit
tuzilishlari bilan birga hisobga oladi.
Transdissiplinar g’oyalarning interpretasiyasi fikrlash strategiyalarini tanlashdan bog’liq:
dastlabki transdissiplinar g’oya (yoki bir qancha g’oyalar) tabiiy-ilmiy fikrlashning klassik va klassik
bo’lmagan strategiyalari doirasida turli xil mazmunli xususiy dissiplinar konsepsiyalarni nаmoyon
qiladi [1].
Transdissiplinar konsepsiyalarini tanlash va ifodalashda quyidagi shartlar taklif qilinadi: 1)
ta’lim uchun ahamiyatliligi; 2) tor doiradagi mutaxassislarga emas, ma’lumotli insonlarning keng
sinfiga mo’ljallanganligi; 3) olamning alohida bo’laklarini emas, uning umumiy tabiiy-ilmiy
manzarasini qurish uchun zaruriyligi.
Transdissiplinar konsepsiya olamning alohida bo’laklarining emas, umumiy tabiiy-ilmiy
manzarasini yaratishning asosi hisoblanadi deganimizda quyidagilarni ta’kidlab o’tamiz. Olamning
ilmiy manzarasi tushunchasi zamonaviy tabiiy-ilmiy yutuqlar, ta’limning maqsad va vazifalari hamda
pedogogik reallik darajalarida mavjud bo’ladi. Har bir darajada u o’zining ma’lum funksiyasini
bajaradi.
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
141
Ta’limning maqsad va vazifalari darajasida olamning ilmiy manzarasi o’zida tabiiy fanlarni
o’qitishning ideal yakuniy natijalarini mujassamlashtirgan. U o’quvchi o’zlashtirishi kerak bo’lgan
materiyaning umumiy tuzilishi va uning mavjudlik shakllari hamda bilish jarayoni qonuniyatlari
haqidagi tizimiy bilimlar sifatida aniqlanadi. Olamning ilmiy manzarasi ta’lim mazmunida bir
vaqtning o’zida bir nechta funksiyalarni bajaradi: dunyoqarashli, bilimlarni tizimlashtirish va
ta’limning kelgusidagi rivojiga ko’rsatmalar. Olamning manzarasi (har doim ilmiy emas) pedogogik
reallik darajasida o’zida shaxsga ko’rsatilgan hamma tashqi omillar ta’sirining integral natijasi, shu
qatorida ta’lim mazmunini o’zida mujassamlashtirgan. Bilimlar tizimi sifatida o’quvchilar (talaba)
tomonidan o’zlashtirilgan olamning manzarasi, ular shaxsiy dunyoqarashining asosi bo’lib xizmat
qiladi.
Transdissiplinar konsepsiya tushunchasi “tabiatni bilishning integral natijasi” darajasida va
uning bugungi kun tadqiqotlari bosqichida bir qator savollar keltirib chiqaradi.
Birinchidan, transdissiplinar konsepsiyalar va metodologik prinsiplar munosabati noaniq bo’lib
qolmoqda. Har qanday ahamiyatli bo’lgan ilmiy - nazariy konsepsiyada metodologik holatlar organik
ravishda predmet mazmuni bilan qo’shiladi va oxir oqibatda u bilan asoslanadi. Gegelning fikricha
metod degani mazmun harakatining aynan o’zi hisoblanadi va shuning uchun uni mazmunga bog’liq
bo’lmagan holda qarash mumkin emas. Prigojin metodologiya tadqiqot obyektining tabiati haqidagi
masaladan ajralmasdir deb ta’kidlaydi.
Ikkinchidan, ba’zi transdissiplinar konsepsiyalar aniqlanishi bo’yicha fanlararo munosabatlarga
mos keladi. Masalan, o’lchash konsepsiyasi. Klassik talqinda u olamga determinizmli mexanik tizim
sifatida qarashning aksi hisoblanadi, klassik bo’lmagan talqinda u Geyzenbergning noaniqlik
munosabatlarini, materiyaning korpuskulyar-to’lqin tuzilishi haqidagi tushunchalarni o’zida nomoyon
qiladi.
Ko’rsatilgan qarama-qarshiliklarga qaramasdan, zamonaviy tabiiy bilimlarda XXI asr
talabalarida yaxlit dunyoqarash shakllanishi uchun asos bo’luvchi ilmiy bilimlar umumlashtirilishi va
sintezining yangi qatlami hosil bo’ladi. Bu yerdagi muammo fizika mutaxasisligida bo’lmagan
(gumanitar, ijtimoiy- iqtisodiy) talabalarda kelib chiqishi bo’yicha sof fizikaviy hisoblanuvchi
transdissiplinar g’oya va konsepsiyalarni ongli va qiziqtirgan holda qabul qilishni ta’minlash
hisoblanadi.
Adabiyotlar
1. Филиппов В.М., Суханов А.Д., Хохлов А.Ф., Стронгин Р.Г. Концепция естественнонаучного
образования гуманитариев и проблемы ее реализации // Вестник РУДН, 2000, №5 (1-2). — С. 6
— 17
2. Степин B.C. Теоретическое познание. — М.: «Прогресс-Традиция», 2000. — 744 с.
3. Степин B.C., Кузнецова Л.Ф. Научная картина мира в культуре техногенной цивилизации /
Рос. акад. наук. Ин-т философии. — М., 1994. — 274с
4. Мостепаненко М.В. Научная картина мира и мировоззрение // Философия и развитие
естественнонаучной картины мира: Межуз. Сб. – Л.: Изд-во ЛГУ, 1981. —С.31 — 43
ФИЗИКА ФАНИНИ ЎҚИТИШДА MOODLE ПЛАТФОРМАСИ
ИМКОНИЯТЛАРИДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШ
1
АMOНОВ А.К.,
1
ЖУМАНОВ Х.А.,
1
УРИНОВ Х.О.,
2
Махмудов Ф.Дж.
1
Mуҳаммад Ал-Xoразмий номидаги TATУ Самарқанд филиали
2
Муҳаммад ал-Хоразмий номидаги ТАТУ СФ қошидаги академик-лицей
e-mail:
adkham1972@gmail.com
Маълумки, таълим тизимига электрон таълимни жорий этиш биринчи навбатда
жамиятнинг интеллектуал салоҳиятига, жумладан, таълим соҳасининг ахборотлашувига,
ахборот таълим ресурсларини ишлаб чиқишга боғлиқ. Дунёнинг ривожланган ва
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
142
ривожланаётган мамлакатларида таълимни ахборотлаштириш, шу жумладан электрон
таълимни жорий этишга алоҳида эътибор қаратилмоқда. Электрон таълимни ривожлантириш,
унинг самарадорлигини ошириш йўллари изланмоқда, таълимда янги ахборот
технологияларини жорий этиш таълим соҳасидаги ислоҳотларнинг диққат марказидан ўрин
олган.
Таълим тизимида узлуксиз ахборотлаштириш жараёнини йўлга қўйишда масофавий
таълим технологиялари кўзланган мақсадга эришишга имконият яратади. Ҳозирги аҳборот
технологиялари жадал суратлар билан ривожланиб бораётган пайтда масофали таълим (МТ) ва
масофадан ўқитиш (МЎ) катта ахамият касб этмоқда.
Юқоридагиларни хулоса қилиб шуни айтиш мумкинки, масофавий таълим комплексини
таълим муассасаларига жорий этилиши ҳар томонлама фойда келтиради. Олий таълим
тизимида бу комплексни жорий қилиш учун барча шарт-шароитлар мавжуд. Масофавий
таълимда талаба ва ўқитувчи фазовий бир-биридан ажралган ҳолда ўзаро махсус яратилган
ўқув курслари, назорат шакллари, электрон алоқа ва Интернетнинг бошқа технологиялари
ёрдамида доимий мулоқотда бўладилар. Интернет технологиясини қўллашга асосланган
масофавий ўқитиш жаҳон ахборот таълим тармоғига кириш имконини беради, интеграция ва
ўзаро алоқа тамойилига эга бўлган муҳим бир туркум янги функцияларни бажаради.
Масофавий ўқитиш жараѐнида талаба интерактив режимда мустақил ўқув-услубий
материалларни ўзлаштиради, назоратдан ўтади, ўқитувчининг бевосита раҳбарлигида назорат
ишларини бажаради ва гуруҳдаги бошқа «вертикал ўқув гуруҳи» талабалари билан мулоқотда
бўлади.
Хусусан, физика фанини ўқитишда ҳам масофали ўқитиш тизимларининг
имкониятларидан фойдаланиш ўқув жараёни самарадорлигини оширишда муҳим ахамият касб
этади.
Хорижий давлатларда ҳозирда кенг қўлланилиб келинаётган очиқ кодли Moodle__платформаси_ўзига_хос_афзалликларга_эга_ва_унинг_хусусиятлари_ҳақида_сўз_юритамиз.__Moodle'>Moodle
платформаси ўзига хос афзалликларга эга ва унинг хусусиятлари ҳақида сўз юритамиз.
Moodle – Wеб муҳитида ўқитиш ва он-лайн режимдаги дарсларни ташкил қилувчи кучли
педагогик дастурий мажмуа ҳисобланади. Тизимда мавжуд ўқитиш модуллари: Forums,
Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work, Student tracking ва анча кўп бўлган бошқа
модуллари мавжуд.
Бошқа LMS лар сингари IMS, SCORM ва бошқа стандартларни қўллаб қувватлайди.
Таҳлиллар шуни кўрсатадики, бошқа LMS тизимларга қараганда энг кўп қўшимча плагин ва
модуллари мавжуд бўлган дастурий мажмуа, айнан Moodle дастурий мажмуаси ҳисобланади.
Ушбу платформанинг асосий вазифаси профессор-ўқитувчи ҳамда талаба ўртасидаги
турли хил электрон ресурслар алмашиниш, тизимга топшириқ ва масалаларни жойлаштириш
орқали таълим бериш самарадорлигини ошириш ҳисобланади.
Ўзбекистондаги кўплаб таълим муассасаларида виртуал таълим муҳити сифатида айнан
Moodle дастурий мажмуасидан фойдаланиб келинмоқда.
Очиқ кодли Moodle платформаси ўқув жараёнини бошқарувчи Wеб га йўналтирилган
махсус тизим бўлиб, интернет тармоғида фойдаланишга мўлжалланилган. Тизимни яратишда
очиқ кодли дастурий таъминотлардан фойдаланилган. Уни ишлатиш учун маълумотлар
омборини бошқариш дастури (MySQL ёки PostgreSQL), PHP процессори, Wеб хизмати дастур
(Apache ёки IIS) лари созланган сервер зарур. Оперцион тизим сифатида ихтиёрий кенг
тарқалган тизимлардан биридан фойдаланиш мумкин (Windows, Linux, Mac OS X, Novwll
Netware).
Фойдаланилган адабиётлар рўйхати
1.
E-learning: concepts, trends, applications. Corporation Trust Center by Epignosis LLC 2013.
2.
The pedagogy of the Massive Open Online Course: the UK view. Siân Bayne and Jen Ross, the
University of Edinburgh. The Higher Education Academy, 2013.
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
143
3.
Амонов А.К. Создание учебных курсов с использованием системы дистанционного
обучения MOODLE.// Вестник Таджикского педагогического института. - 2018. №2. С. 44-47.
г. Панджикент. Республика Таджикистан.
BIR JINSLI MAYDONDAGI DIAMAGNETIKLAR VA PARAMAGNETIKLARNING
MATEMATIK YECHISH USULLARI.
T.A.Cho’liev Guliston davlat universiteti o’qituvchisi.
A.M.Ummatov Guliston davlat universiteti 4-bosqich talabasi.
Tashqi magnit maydon bo’lmaganda, atomlarning magnit momentlari nolga teng moddalarga
diamagnetiklar deyiladi. Diamagnetiklarga inert gazlar, vismut, sink, oltin, mis, kumush, suv, smola
va hokazolar kiradi. Diamagnetiklar magnit maydonga kiritilganda tashqi maydon kuchlanganligi
ga qarama-qarshi yo’nalgan qo’shimcha ichki magnit maydon vujudga keladi. Moddalarning
magnitlanishini xarakterlash uchun magnitlanish vektori tushunchasi kiritiladi. Magnitlanish vektori
yoki magnitlanish intensivligi deb, biror hajm nolga intilganda shu hajmdagi magnit momentining
hajmga nisbatiga aytiladi:
(1)
Diamagnetik va maydon bir jinsli bo’lsa,
bu yerda n
0
– hajm birligidagi zarralar soni,
-magnitlanish koeffitsiyenti, bu koeffitsiyent
diamagnetiklar uchun manfiy,
. Magnit maydonga diamagnetik sterjen kiritsak, u maydondan
itariladi.
Agar elektron orbital magnit momentlarining vektor yig’indisi nolga teng bo’lmasa, atom
xususiy magnit momentiga ega bo’ladi. Bunday atomlardan iborat moddalar paramagnetiklar deyiladi.
Paramagnetiklarga kislorod, azot oksidi, platina, natriy, kaliy va boshqalar kiradi. Masalan,
paramagnetikni magnit maydonga kiritaylik. Bu holda tashqi maydon atrofida magnit moment
protsession harakatda bo’ladi va maydon kuchayadi. Biror vaqtdan keyin paramagnetiklarning
magnitlanishi to’yingan holga keladi. Magnitlanish koeffitsiyenti
. Magnit maydonga kiritilgan
paramagnetik sterjen maydon bo’ylab joylashadi (1-rasm).
1-rasm
Tajribalar magnitlanish koeffitsiyentining tashqi maydonga bog’liq emas ekanligini ko’rsatadi.
Demak, magnitlanish koeffitsiyenti moddani xarakterlovchi kattalik ekan. Biz ilgari magnit
maydonning kuch xarakteristikasi bo’lgan magnit induksiya vektori
ni ko’rgan edik. Induksiya
vektori faqat o’tkazuvchanlik tokiga emas, moddaning magnit xossalariga ham bog’liq, degan edik.
Kuchlanganlik
esa moddaning magnit xossalariga bog’liq bo’lmasdan, balki tashqi maydonni
H
I
)
1
(
0
1
mi
n
i
P
V
V
im
I
H
P
n
V
P
n
I
m
m
0
0
0
B
H
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
144
aniqlar edi. Vakuumda
. Moddada vujudga keluvchi va ichki magnit maydon deb ataluvchi
maydonning induksiya vektorini
i
B
deb belgilaylik. Bu holda:
i
B
B
B
0
(2)
Ichki maydon induksiyasi
i
B
ni hisoblaylik.
Uzunligi , ko’ndalang kesimi S bo’lgan silindr shaklidagi diamagnetik olamiz. Uni magnit
maydonga joylashtiramiz. (2-rasm).
2-rasm
Bu magnit maydonning induksiya vektori
. Diamagnetikda vujudga kelgan ichki magnit
maydon tashqi magnit maydon induksiya vektori
B
ga teskari yo’nalgan. Silindr ichida ixtiyoriy
kesmada molekulyar toklar o’zaro kompensatsiyalanadi (3- a rasm). Faqat kesmaning parametridagi
toklar bir yo’nalshida bo’ladi (3- b rasm). Bu esa solenoid tokiga o’xshagan:
a) b)
3-rasm
0
0
0
0
J
J
n
B
i
(3)
Bu yerda J – molekulyar tok, n
0
– toklar soni, vakuumda
1
0
J
0
- tokni magnitlanish vektori
bilan bog’lash mumkin. Silindrning hajmi
S
magnit moment
S
J
0
0
0
J
V
S
J
I
(4) Shunday qilib,
I
B
u
0
(5) Demak,
I
H
B
0
0
(6)
I
H
B
0
(7)
H
I
(8)
O’rniga qo’ysak:
H
B
)
1
(
0
(9)
Biz ilgari kiritgan
H
B
0
ifodani nazarga olsak,
)
1
(
ga ega bo’lamiz. Bu nisbiy
magnit kirituvchanlikni beradi. Diamagnitda
1
,
0
Paramagnitda
1
,
0
. Nisbiy magnit
kirituvchanlik jismdagi magnit maydonga bog’liq emas.
Biz ilgari to’la tok qonunini ko’rib o’tgan edik.
i
n
i
J
d
H
Hd
1
)
,
cos(
(10)
H
B
0
0
0
B
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
145
(7) dan
I
B
H
0
(11)
(11) ni (10) ga olib kelib qo’yamiz. U holda
i
n
i
J
d
I
B
1
0
)
),
((
ni hosil qilamiz, yoki
)]
,
(
[
)
(
1
0
d
I
J
d
B
n
i
(12)
Magnitlanish vektorining yopiq
kontur bo’ylab sirkulyatsiyasi molekulyar toklar yig’indisiga
teng:
mol
n
i
J
d
I
1
)
(
(13)
mol
n
i
n
i
J
J
d
B
1
1
0
(
)
(
(14)
Magnit induksiya vektori
B
ning yopiq kontur bo’ylab sirkulyatsiyasi kontur bo’ylab olgan
o’tkazuvchanlik toki va molekulyar toklarning algebraik yig’indisiga teng.
FIZIKA FANIDAN AMALIY TOPSHIRIQLARNI “CROCODILE PHYSICS”
DASTURI YORDAMIDA BAJARISH USULLARI.
A.Jumamuratov, D.P.Yuldashov, M.Q.Sultonova
Ajiniyoz nomidagi NukusDPI
Integratsiyalashgan ta’limni joriy etishdan ko‘zlangan maqsad -bu ta’lim jamiyat, ish va dunyoni
bir butun holda tasavvur etish va ular o‘rtasida barqaror aloqa o‘rnatish. O‘quvchilarda tabiatni butun
bir borliq sifatida, olamning yagona manzarasini anglashi, ekologik muammolarni tushunishi hamda
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini, tabiat va jamiyat taraqqiyotiga o‘zhissasini
qo‘sha oladigan competent shaxsni tarbiyalash. Integratsiyalashgan ta’lim uchun eng zamonaviy
metodlardan biri STEAM o‘qitish metodika sihisoblanadi.
STEAM — maktab o‘quvchilarini yangi o‘qitish metodikasi bo‘lib, u bolalarni bir
vaqtningo‘zida Science (tabiiy fanlar), Technology (texnologiya), Engineering (muhadislik), Art
(san’at) va Mathematics (matematika) bo‘yicha o‘qitish tizimiga asoslangan, bunda o‘quvchilar
amaliy va loyiha mashg‘ulotlari yordamida saboq oladilar.
STEАM –real hayot talablaridan kelib chiqqan holda akademik ilmiy–texnikaviy konsepsiya
doirasida integratsiyalashgan holda o‘qitishdir.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quvrejasiga ko‘ra, tabiiy va iqtisodiy fanlar blogi “Tabiat
va geografiya, biologiya, fizika va astronomiya, kimyo, iqtisodiy bilim asoslari, tadbirkorlik asoslari”
asoslari fanlarini qamrab oladi. Yuqoridagilarni inobatga olib, mazkur o‘quv dasturida o‘quvchilarni
mantiqiy fikrlashini va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan xalqaro baholash dasturi
(PISA, TIMSS) talablariga mos keladigan topshiriqlar bilan ishlashga mo‘ljallangan amaliy
mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari va mavzularda o‘quvchilar mustaqil bajarishga va ijodiy
fikrlashga undovchi amaliy topshiriqlar bilan ko’proq ishlash talab etiladi.
8-sinf “Tok kuchi va unio’lchash” mavzusidagi “Ampermetr yordamida zanjirdagi tok
kuchini o’lchash” amaliy topshiriqni bajarish usulini ko’rib chiqamiz. Buning uchun “Crocodile
Physics” kompyuterda sturi yordamida amalga oshiramiz. Bu dastur o’quvchida ham kompyuter
savodxonligini hamda ingliz tili savodxonligi talab qilib, sababi dastur to’liq ingliz tilida berilgan.
Amaliy topshiriqni bajarish uchun avvalo dasturga kirib “New model”- “Yangi loyiha”
tugmasini tanlaymiz. So’ngra “ Dostları ilə paylaş: |