MEXANIKA BO`LIMINING “DEFORMATSIYA” MAVZUSINI INTEGRATSION
TEXNOLOGIYA ASOSIDA O`QITISH METODIKASI.
K.A.Tursunmetov, F.Yu.Turg`unboev
Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti.
Fizika fanidan, jumladan mexanika bo`limidan talabalarni o`zlashtirish va egallashi kerak
bo`lgan ma’lumot va bo`limlarni o’rganishning innavatsion texnologiyalar ko`magi juda katta.
Shuning uchun fizikani, jumladan “Mexanika” bo`limini o`qitishda integratsion va kompyuter
texnologiyalarini qo`llash kerak bo`ladi.
Shu sababli ushbu maqolada “Mexnikaning” nisbatan katta qismi va murakkab bo`lgan
“Deformatsiya” mavzusini integrallashgan ishlanmalar asosida o`qitish uslubini taklif qilamiz.
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
122
Birinchi rasmda deformatsiya turlari, ularning elastic yoki noelastik-plastik bo`lish variantlari
umumlashtirib keltirilgan. Unda elastic deformatsiyani belgilash shtrixlari noelastik deformatsiyani
belgilovchi shtrixlarga nisbatan teskari qiyalikda berilgan.
1-rasm
2-rasm
Ikkinchi rasmda turli deformatsiyalarda elastiklik kuchlari Guk qonuniga taqqoslanib keltiriladi.
Uchinchi rasmda esa elastik deformatsiya energiyalari (energiya zichliklari) turli deformatsiyalar
uchun keltirilgan. Bunda Yung moduli, buralish moduli, siljish moduli orqali cho`zilish-siqilish,
buralish, siljish va egilish deformatsiyalari uchun deformatsiya energiyasi yoki deformatsiya energiya
zichligi keltirilgan.
3-rasm
Ma’lumotlarni bu integratsion shaklda keltirish kuch va energiya ifodalarini taqqoslab
o`rganishga va eslab qolishga beradi hamda bu ma’lumotlarni amaliy va labaratoriya nashriyotlarida
operativ qo`llashga imkon beradi.
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
123
FIZIK KIMYOVIY ANALIZ USULLARINI O’QITISHNING FIZIKA FANLARI
BILAN INTEGRATSIYASI
E.A.Ro’ziyev. Samarqand davlat universiteti.
Mamlakatimiz hukumatining oliy ta’lim tizimiga berayotgan katta e’tiborini “Biz ta’lim va
tarbiya tizimining barcha bo’g’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni
o’zimizning birinchi darajali vazifamiz, deb bilamiz… Ilm fan namoyondalarining, ta’bir joiz bo’lsa,
“igna bilan quduq qaziydigan” zahmatkash olimlarimizning mashaqqatli ilmiy izlanishlari
mamlakatimiz, uning bugungi va kelgusi ravnaqi uchun juda katta ahamiyatga ega. Bu fidoyi insonlar
uchun har tomonlama qulay sharoitlar yaratish maqsadida biz bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar
etamiz” –deb ta’kidlagan Respublikamiz Prezidentining murajaatlaridan bilsak bo’ladi. Bugungi
kunda ta’lim tizimida o’qitilayotgan fanlarning bir–biriga bevosita bog’liqligini hisobga olib, ularning
integratsiyalashuv jarayoniga katta e’tibor qaratilmoqda. Jumladan fizika fanlarining kimyo fanlarini
o’qitishdagi o’zaro bog’liqligidan foydalanishning o’rni beqiyosdir.
Oily ta’lim tizimidagi o’qitilayotgan fanlarning integratsiyalashuvi ta’limning nafaqat o’quv-
uslubiy jihatdan, balki ilmiy- uslubiy jihatdan ham kuchaytirilishiga imkon beradi. Fundamental
fanlarni o’qitishda, ayniqsa, yangi ilmiy texnologiyalarga asoslangan zamonaviy ta’lim olish
uslubiyatini yaratish, ta’lim tizimida axborot texnologiyalarini qo’llash zamonaviy asbob-uskunalar
bilan ta’minlash va foydalanish ta’lim sifatini oshishida muhim ahamiyatga egadir.
Kimyo fanlaridan analitik kimyoni o’qitish uning nazariy asoslarini mukammal tushunishdan
amaliy jihatlarini va u bilan bog’liq bo’lgan tabiiy fanlarning ilg’or jihatlari bilan qo’shib olib
borishdan, ulardan foydalanishdan, har bir analitik natijani matematik statistika usullari yordamida
metrologik jihatdan baholashdan, turli analitik usullarda olingan ma’lumotlarni ilmiy-metodik nuqtai
nazardan asoslashdan iborat bo’ladi.
Analitik kimyoda analitik ob’yektlar analizi fizikaviy,fizik-kimyoviy usullar yordamida
bajarishda elektrometrik va optik kattaliklarning barchasidan aniq modda miqdori va sifatiga
bog’liqligi xususiyatlaridan foydalaniladi. Shuning uchun ham ta’lim tizimida o’qitishning ilmiy-
metodik jihatdan yuqori bo’lishini ta’minlashda bir- biriga yaqin bo’lgan fizika va kimyo fanlari
aloqalaridan foydalanish lozimdir.
Fanlarning bir-biriga bog’liqligini analitik kimyo fanini o’qitishda quydagi tizim asosida yo’lga
qo’yish maqsadga muvofiqdir:
-analiz ob’ektlarni o’rganishdagi fizika va kimyo fanlaridagi umumiylik;
-kimyo va fizika fanlaridagi turli qonunlar, tushunchalar va nazariyalarning umumiyligi;
-analiz jarayonlarini tashkil etishda ilmiy uslubiyatlarning qo’llanilishidagi umumiylik;
-fizik kimyoviy analiz usullari, fizikaviy tadqiqot usullari va ularning turlaridagi fanlarning
birgalikdagi istiqbolli aloqalari;
-turli murakkablikdagi analiz jarayonlarni baholashda va anaiqlashda mantiqiy-strukturaviy
sxema va usullarning umumiyligi;
-analitik kimyo fanlarining fizikaviy kattaliklarini baholashga asoslangan usullaridan
foydalanishga mo’ljallangan mutaxassislik fanlari yo’nalishlarida o’quv-dasturiy hujjatlardagi
umumiylik;
-miqdoriy analiz natijalarining to’g’riligi va aniqligini matematik statistika usullari va ehtimollar
nazariyalari asosida hisoblash va qayta ishlashni yengillashtirishning mumkinligi;
-axborot texnologiyalari, zamonaviy o’lchov vositalari va fundamental tatqiqotlar jarayonidagi
o’xshashlik va umumiyliklardan iborat.
Bugungi kunda tayyorlanayotgan analitik bakalavr va magistrlar tor doiradagi alohida
mutaxassislik bilan cheklanib qolmasdan, xalq xo’jaligining turli sohalarida ishlab ketish imkoniga
ega bo’lishini nazardan chetda qoldirmasligimiz zarur. Shuning uchun ham bugungi talaba o’quv
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
124
rejasida ko’zga tutilgan fanlarni o’zlashtirish bilan birgalikda yangi axborot texnologiyalarini,
zamonoviy o’lchov vositalarini mukammal o’zlashtirishga harakat qilishi lozim.
Universitetimizning analitik kimyo kafedrasida o’qitishning zamonoviy usullaridan foydalanib,
ilmiy-uslubiy jihatdan tashkil etilganligi respublikamizning ko’plab universitet va institutlariga o’rnak
bo’larli darajada ekanligi ma’lumdir. Kafedramizda talababalar va magistrlar o’quv jarayoniga mos
zamonoviy fizikaviy o’lchov vositalari, apparaturalarini alohida iqtisoslik kurslari (eliktrokimyoviy
analiz usullari, spektroskopik analiz usullari, gazlar analizi, xromatografik analiz usullari)
laboratoryalari va bundan tashqari, umumiy kurslar uchun fizikaviy tadqiqot usullari, fizik-kimyoviy
analiz usullari, laboratoriyalarida muvaffaqiyat bilan ishlatib kelinmoqda.
Analitik kimyo mutaxassisligi bo’yicha magistratura va doktorantura (Phd) faoliyat ko’rsatib
kelmoqda va unga har yili Samarqand, Navoiy, Buxoro, Qarshi, Nukis, Jizzaxdagi oliy o’quv yurtlari
bakalavrlari ham qabul qilinadi. Magistrlarga tanlangan ilmiy mavzular kafedradagi ichki imkoniyatlar
darajasida zamonoviy analitik kimyo muammolarini hal etishga qaratilgan bo’lib, ularga
kafedramizning yetakchi olimlari, boshqa yo’nalishdagi (fizika, matematika, ekologiya…) olimlar
bilan hamkorlikda rahbarlik qiladilar va har bir yangi mavzudagi dissertatsiya hozirgi zamon
rivojlanish tendensiyasini tashkil etuvchi avtomatik va yarim avtomatik qurilmalar yaratish bilan
yakunlanishi maqsad qilib qo’yiladi. Ilmiy ishlar natijalari va qurilmalari esa xalq xo’jaligining turli
sohalariga va o’quv jarayoniga tatbiq etiladi.
O’quv jarayoniga tatbiq etilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijalari magistr va doktorantning
dissertatsiyasi va avtoreferatlarida ham ishning o’quv jarayoniga tatbiq qilinganligi akti sifatida ilova
qilinadi.
O’RTA MAKTABDA FIZIKA DARSLARINI O’QITISHDA EKOLOGIK TARBIYA
BERISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Rahmatov Ilhom Ismatovich- Buxoro davlat universiteti fizika kafedrasi dotsenti, texnika
fanlari nomzodi.
Raxmatova Husniya Shukrulloyevna- Buxoro davlat universiteti Fizika ta’lim yo’nalishi 4-
bosqich talabasi.
Haydarova Madina Anvar qizi- Buxoro davlat universiteti Fizika ta’lim yo’nalishi 3-bosqich
talabasi.
Hozirgi kunda о‘z burchini tо‘liq tushunishga qodir, ishning kо‘zini biladigan, tabiatga, atrof-
olamga g‘amxо‘rlik qiladigan, unga zarar yetkazmaydigan, tabiat boyliklarini avaylab asraydigan va
boyitadigan barkamol shaxsni tarbiyalash har qachongidan ham dolzarb bо‘lib turibdi.
Ekologik ta’lim mazmuniga quyidagilarni kiritish mumkin:
-tabiat haqidagi bilimlarni egallash;
-tabiatni jamiyat va inson uchun har tomonlama qadriyat sifatida tushunish;
-tabiiy muhitga doir axloqiy meyorlarni bilish;
-tabiat bilan muloqotda bо‘lish ehtiyojlarini rivojlantirish;
-ekologik muhitni yaxshilashga doir faoliyatni takomillashtirish;
-tabiatga yangicha madaniy munosabatni shakllantirish hamda yoshlarning ekologik
savodxonligini amalga oshirish.
Fizika fani tabiat haqidagi fan bo’lganligi uchun ham o’quvchilarga fizika darslarida ekologik
ta’lim berish muhim ahamiyatga ega. Fizika fani ekologiya fani bilan bevosita bog’liq hisoblanadi.
Bugungi kunda yuzaga kelayotgan ekologik muammolarga yechim topish, sodir bo’lishi mumkin
bo’lgan kelgusidagi muammolarning oldini olish maqsadida yetishib kelayotgan yosh avlodda
ekologik bilim ham yetarli darajada shakllangan bo’lmog’i lozim.
Fizika fanini o’qitish jarayonida ekologik ta`lim – tarbiya darsda o`rganiladigan mavzuning
mazmuni e`tiborga olingan holda darsda o`quvchilarning “kichik guruhlarda” mustaqil ishlash, “aqliy
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
125
hujum”, “didaktik o`yinlar”, “taqdimot”, “o`z-o`zini baholash”va “tashrif” kabilardan foydalanish va
shunga doir masalalar yechishni yo`lga qo`yish o`qituvchining diqqat markazida bo`lishi lozim. Dars
jarayonida o`quvchilarning bilish faoliyati kichik guruhlarda tashkil etish quyidagi bosqichlarni o`z
ichiga oladi:
- darsda vujudga keltirilgan ekologik muammoli vaziyatlarni hal etish yo`llarini belgilash;
- o`quv topshiriqlarining didaktik maqsadi, bajariladigan topshiriqlar bilan tanishish;
- kichik guruh a`zolari bilan hamkorlikda maqsadni amalga oshirish yo`llarini loyihalash,
mustaqil ishlarni tashkil etish;
- o`rganilayotgan ob`ektni avval o`rganilgan ob`ektlar bilan taqqoslash;
- natijalarni loyihalash va uning maqsadga muvofiqligini tekshirish; - natijani tahlil qilish,
tegishli hollarda unga o`zgartirishlar kiritish.
- o`quvchilarning bilish faoliyati kichik guruhlarda tashkil etilganda guruhdagi har bir o`quvchi
iqtidori, qiziqishi, bilim saviyasi, bilimlarni o`zlashtirish darajasini aniqlash, o`quvchilar o`rtasida
hamkorlik, o`quv muloqoti, bahs- munozara, o`zaro yordamni amalga oshirish ko`zda tutiladi.
Dars jarayonida ekologik ta’lim-tarbiya uyg’unligini ta’minlashda didaktik o`yinli
texnologiyasidan foydalanishda yetakchi o`rinlarni ta`lim beruvchi, rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi,
kommunikativ funksiyalar egallab, qolgan funksiyalar ularga ilova bo`ladi. Fizika fani o`qituvchisi
darsda o`rganiladigan mavzuning ta`limiy, tarbiyaviy va riovjlantiruvchi maqsadlari va pedagogik
texnologiyalarning didaktik funksiyalarini hisobga olgan holda qaysi texnologiyadan foydalanishini
ilmiy metodik asosda tanlagandagina ko`zlangan maqsadga va samaradorlikka erishadi.
Fizika fanini ekologik ta`lim-tarbiya bilan uyg’unlikda tashkil etish jarayonida didaktik o`yinli
texnologiyalar didaktik o`yinli dars shaklida qo`llanilganda o’quvchilarning faolliklarini
jadallashtirishga imkon yaratadi. Ushbu darslarda o`quvchilarning bilim olish jarayonini o`yin
faoliyati bilan uyg’unlashtiriladi. Shu sababli, o`quvchilarning fizik-ekologik bilim olish faoliyati,
o`yin faoliyati bilan uyg’unlashgan darslar didaktik o`yinli darslar deb ataladi. Darsni tashkil etishda
o`yin faoliyati o`zining quyidagi xususiyatlari bilan tavsiflanadi: o`yin ishtirokchilari rollarni,
vazifalarni tanlashi natijasida erkin rivojlantiruvchi faoliyat, ya`ni o`quvchilarning o`z faoliyatini tahlil
va nazorat qilishi, maqsadga muvofiq natijaga erishgan hollarda o`z faoliyatidan ko`ngli to`lishi, o`z
bilimi va kuchiga ishonch vujudga keladi. Ijodiy muhit tarkib topadi. O`yin ishtirokchilari
muammolarni hal etishda tegishli ijodiy va mustaqil faoliyatga ega bo`ladilar. O`yin davomida
musobaqa, raqobat, hamkorlik, o`zaro yordam vujudga keladi. Shu asnoda his-hayajonli vaziyat paydo
bo`ladi. His-hayajonga yo`g’rilgan bilim, ko`nikmalar inson xotirasida bir umr muhrlanib qoladi.
O`yin mazmuni, borishi, mantiqiy ketma-ketligi, vaqt balansi va o`quvchilarning muammoli
vaziyatlarni zudlik bilan hal etishi, mo`ljalni to`g’ri olishga o`rgatadi. Dars jarayonini didaktik o`yinli
darslar orqali tashkil qilinganida quyidagi funksiyalar amalga oshiriladi:
- barcha mavzularda ekologik ta`lim-tarbiya uyg’unligini ta’minlash;
- dars jarayonida o’quvchi faoliyatini rivojlantirish;
- o`quvchilarni ijodiy faoliyatga yo`naltirish; - bilimlarni nazorat va tahlil qilish;
- o`quvchilarning muloqot va nutq madaniyatini rivojlantirish;
Ekologik ta`lim-tarbiya jarayonida bu funksiyalar majmua holda amalga oshiriladi, lekin quyida
o`rganiladigan didaktik o`yin turlarida qaysidir funksiya ustunlik qiladi. Masalan, konferensiya
darslarida shaxsni rivojlantirish ustunlik qiladi, qolgan funksiyalar unga ilova bo`ladi, o`yin
mashqlarda bilimlarni nazorat va tahlil qilish ustunlik qiladi, qolgan funksiyalar uni to`ldiradi va h.k.
Fizika darslarida muntazam ravishda ekologik ta’lim-tarbiya bilan uyg’unlikda olib borilsa,
ayniqsa bu jarayonda yuqori samara beradigan ta’lim texnologiyalardan didaktik ta’lim texnologiyasi,
hamkorlikda o’qitish texnologiyasi, muammoli va modulli ta’lim texnologiyalari metodlaridan
foydalanilsa o’quvchilarda o’quv predmetiga, atrof-muxitga nisbatan bo’lgan bilim-ko’nikmalarini
rivojlantirish bo’yicha ko’zlangan maqsadlarga erishiladi. Ekologik madaniyatni shakllantirish tizimi
to‘liq amalga oshirilmasa, yoshlarni ekologiya va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi dunyoqarashlari
tor, bilimi sayoz bo‘lishiga olib keladi hamda beriladigan asosiy ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
126
Fizika fanini o’qitishda ekologik bilimlarni tashviqot qilish, o’quvchilarni ekologik tarbiyalash,
ularning ekologik ongini va dunyoqarashini rivojlantirish dars mashg’ulotlarining asosiy mazmunini
tashkil etishi kerak. Hozirgi kunda ekologik madaniyatni, o‘z burchini to‘liq tushunishga qodir,
ishning ko‘zini biladigan, tabiatga, atrof-olamga g‘amxo‘rlik qiladigan, unga zarar yetkazmaydigan,
tabiat boyliklarini avaylab asraydigan va boyitadigan barkamol shaxsni tarbiyalash har qachongidan
ham dolzarbdir.
Adabiyotlar.
1. А.Д.Дмитриев Экология и здоровье человека Чебоксары Чувашское книжное издательство
1999 г
2. А.В.Перышкин Физика. 7,8,9 класс: учебное пособие для общеобразовательных учебных
учреждений. М.: Просвещение, 2011 год.
3. Э.А.Турдикулов Экологическое образование и воспитание учащихся в процессе обучения
физике. Москва «Просвещение» 1988 г
4. Г.А.Фадеева Физика и экология 7 – 11 классы Издательство «Учитель» г. Волгорград.
OLIY O‘QUV YURTLARIDA FIZIKA FANINI O‘QITISHDA FANLARARO ALOQA
Jumaniyozov I.O.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Fan, texnika va texnoloyilarning integratsiyasi keskin sur‘atlarda rivojlanayotgan hozirgi kunda
ta‘limda uzviylikni ta‘minlash, buning uchun esa o‘qitilayotgan fanlar o‘rtasida o‘zaro aloqadorlikni
ta‘minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Fizika va biologiya fanlarining uzviy bog‘liq ekanligini fotosintez jarayonida yaqqol ko‘rish
mumkin. Fotosintez hodisasi olchamlari 1 mkm ga yaqin bo‘lgan o‘simlik hujayralarida yuz beradigan
jarayon hisoblanadi. Shuni ta‘kidlash joizki, fotosintez hodisasi bilan bir vaqtda hujayralarning nafas
olishida ko‘plab parchalanish va sintez reaktsilari yuz beradi.
Bundan tashqari fizika va biologiyaning uzviy bog‘liqligi bir qancha yangi fanlarni vujudga
keltirdi. Masalan: biomexanika-biologik sistemalarning harakat qonunlarini, radiobiologiya ionli
nurlanishlarning tirik organizmga ta’sirini o‘rganadi. Shu bois fizika darslarining maqsadi talabalar
ongiga fizik g‘oyalarni biologik hodisalar asosida singdirishdan iborat bo‘lishi lozim. Ushbu
fikrlarimizni fizikaning bo‘limlari misolida talqin qilishga harakat qilamiz.
Mexanik harakatni tushuntirish paytida tirik to‘qima va a’zolarning mexanik xossalari haqida,
shuningdek organizmda yoki inson tanasining ayrim a’zolarida yuz beruvchi mexanik holatlar haqida
ham gapirib o‘tish lozim. Inson tanasi kinematik bog‘lanishga ega bo‘lgan tizimdir, bir necha
qo‘zg‘aluvchi bo‘g‘inlarning birlashmasi kinematik bog‘lanishni hosil qiladi.
«Tebranish va to‘lqinlar» mavzusini odam yuragining tebranish chastotasi hamda uning turli
sharoitlarda o‘zgarib turishi misolida tushuntirish mumkin. Shu mavzuning bir qismi bo‘lgan tovushlar
haqida gapirilganda esa avvalo odam tovushini hosil bo‘lish mexanizmi, tovush qabul qilish organi–
quloqning ishlash jarayoni haqida mulohaza yuritish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tovushlar hamda
ultratovushlarning inson faoliyatidagi ahamiyati xususida mufassil to‘xtalish mumkin. Shuningdek,
tovushning inson sog‘ligiga, kayfiyatiga ta’siri, hozirgi zamon ultratovush diagnostikasining beqiyos
ahamiyati haqida kengroq fikr yuritish lozim.
Molekulyar fizika bo‘limidagi suyuqliklarning yopishqoqligini o‘rganish jarayonida Puazeyl va
Stoks qonunlarini atroflicha yoritgandan keyin bu tushunchalarning biologiyadagi ahamiyatini
ko‘rsatish kerak. Masalan sog‘lom odam qonining yopishqoqlik koeffitsenti qanday bo‘lishini, uni
o‘lchash uchun ishlatiladigan viskozimetrlarning turlarini batafsilroq sanab o‘tish darkor.
Yadro fizikasida qo‘llaniladigan tadqiqot metodlari bilan hamda bu sohada erishilgan yutuqlar
bilan tanishtirish talabalarni hozirgi zamon fizikasidagi fundamental muammolar doirasiga qolaversa,
zamonaviy tabiyatshunoslikning oldingi, ilg‘or sohasiga olib chiqadi. Bu yerda moddaning tarkibi va
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
127
tuzilishi haqidagi bilimlarni shakllantirish yakunlanib, mikrodunyodagi hodisalarning o‘ziga xosligi
namoyon bo‘ladi. Mikrodunyoda fizikaning fundamental asoslarini o‘zaro ta’sir qonunlari, saqlanish
qonunlarni, kvant tamoyillar tashkil qiluvchi va boshqalarni qo‘llanishi tahlil qilib chiqiladi.
Yadro fizikasining o‘quv materiali yo mantiqiy, yo tarixiy ketma-ketlikda bayon qilinishi
mumkin. Bularning har biri o‘zining yutuq va kamchiligiga ega. O‘quv materialini sof mantiqiy bayon
qilinishi eng ma’qul yo‘l bo‘lib, u maqsadga tezroq yetkazadi. Biroq ayrim hollarda bilimlarni olishga
ta‘luqli metodlar va bilish jarayonining borishi tushunarsiz bo‘lib qoladi. Natijada, talabalar materialni
ko‘proq dogmatik ravishda qabul qilib, yadro fizikasi ularning nazarida yakunlangan, qotib qolgan
bilim sohasi sifatida namoyon bo‘ladi.
O‘quv materialini tarixiy ketma-ketlikda bayon qilish yuqorida keltirilgan kamchilikdan xoli
bo‘lib, talabalarda bilimlar shakllanib boradi. Ammo bu usul ko‘p vaqt talab qiladi. Undan tashqari,
goho talabalarga eskirib qolgan va ahamiyatini yo‘qotgan, ko‘p hollarda esa zamonaviy fizika nuqtai
nazaridan noto‘g‘ri bo‘lgan ma’lumotlar beriladi. Shuning uchun ayrim talabalarda noto‘g‘ri fikrlar
hosil bo‘lib qolishini oldini olish lozim. Demak, bu ikkala usuldan ham birgalikda foydalanish kerak.
Fizika va kimyo fanining uzviy bog‘liqligini gal‘vanik elementlar, akkumulyatorlar tayyorlash
va ulardan foydalanish misolida ko‘rish mumkin.
Ma‘lumki, rux plastinkasi sul‘fat kislota eritmasiga tushirilganda rux bilan eritma orasida o‘zaro
ta‘sir yuz berishi natijasida rux atomlari eritma tarkibiga o‘tadi. Bu jarayonda rux plastinkaga 2 ta
elektronni qoldirib, musbat ionga aylanadi. Plastinkaning o‘zida erkin elektronlar ko‘payib, manfiy
zaryadlanib qoladi. Shunday qilib, metall manfiy, eritma esa musbat zaryadlanib qoladi. Bu esa,
gal‘vanik element bilan bog‘langan berk tizimda fizik jarayonlar, ya‘ni elektr toki bilan bog‘liq
jarayonlar yuz berishidan dalolat beradi.
Yadroning tuzilishiga to‘xtalganda esa neytronning ochilish tarixini qisqacha bayon qilib, hamda
uning massasiga tegishli ma’lumotni berib, talabalarga kimyodan ma’lum bo‘lgan fikrni, ya’ni yadro
proton va neytronlardan tashkil topganini bayon qiamiz. So‘ngra bir nechta misollar asosida zaryadlar
soni Z va massa soni A orqali proton va neytronlar sonini topishni ko‘rsatamiz: protonlar soni zaryadlar
soniga teng, neytronlar soni N esa, massa va zaryad sonlarining ayirmasiga teng, ya’ni
Z
A
N
.
Berilgan element izotoplarini tahlil qilib, atom massasi moddaning kimyoviy xossasiga va uning
D.I. Mendeleev elementlar davriy sistemasida joylashishiga aloqasi yo‘qligini ta’kidlaymiz.
Haqiqatda, izotoplarning atom massasi goho ancha sezilarli farq qilib (masalan vodorod izotoplari:
protiy
H
1
1
, deyteriy
H
2
1
, tritiy
H
3
1
), ularning kimyoviy xossalari esa bir xil. Ikkinchi tomonda,
izobarlar mavjud bo‘lib (masalan,
H
3
1
va
H
3
2
) ularning atom massalari deyarli bir xil bo‘lgani bilan
kimyoviy xossalari esa turlichadir. Fizika o‘qitishda fanlararo bog‘lanishni joriy qilish talabalarda,
chuqur va mustahkam bilim berishni shakllantirishga ko‘maklashadi. Ularda ilmiy dunyoqarashni va
ta’limni to‘g‘ri shakllantirishga yordam beradi. Oliy o‘quv yurtlarida fizika fanini o‘qitishda mazkur
fanning boshqa fanlar bilan aloqadorlikda o‘qitish dars samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |