Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni


MEXANIKA BO`LIMINING “DEFORMATSIYA” MAVZUSINI INTEGRATSION



Yüklə 11,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/63
tarix18.05.2020
ölçüsü11,09 Mb.
#31289
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   63
Конференция - физика-PDFга


MEXANIKA BO`LIMINING “DEFORMATSIYA” MAVZUSINI INTEGRATSION 

TEXNOLOGIYA ASOSIDA O`QITISH METODIKASI. 

 

K.A.Tursunmetov, F.Yu.Turg`unboev 



Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti. 

 

Fizika  fanidan,  jumladan  mexanika  bo`limidan  talabalarni  o`zlashtirish  va  egallashi  kerak 



bo`lgan  ma’lumot  va  bo`limlarni  o’rganishning  innavatsion  texnologiyalar  ko`magi  juda  katta. 

Shuning  uchun  fizikani,  jumladan  “Mexanika”  bo`limini  o`qitishda  integratsion  va  kompyuter 

texnologiyalarini qo`llash kerak bo`ladi. 

Shu  sababli  ushbu  maqolada  “Mexnikaning”  nisbatan  katta  qismi  va  murakkab  bo`lgan 

“Deformatsiya” mavzusini integrallashgan ishlanmalar asosida o`qitish uslubini taklif qilamiz. 


“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

122 


 

Birinchi  rasmda  deformatsiya  turlari,  ularning  elastic  yoki  noelastik-plastik  bo`lish  variantlari 

umumlashtirib  keltirilgan.  Unda  elastic  deformatsiyani  belgilash  shtrixlari  noelastik  deformatsiyani 

belgilovchi shtrixlarga nisbatan teskari qiyalikda berilgan.  

 

1-rasm 


 

2-rasm 


Ikkinchi rasmda turli deformatsiyalarda elastiklik kuchlari Guk qonuniga taqqoslanib keltiriladi. 

Uchinchi rasmda esa elastik deformatsiya energiyalari (energiya zichliklari) turli deformatsiyalar 

uchun  keltirilgan.  Bunda  Yung  moduli,  buralish  moduli,  siljish  moduli  orqali  cho`zilish-siqilish, 

buralish, siljish va egilish deformatsiyalari uchun deformatsiya energiyasi yoki deformatsiya energiya 

zichligi keltirilgan.  

 

3-rasm 



Ma’lumotlarni  bu  integratsion  shaklda  keltirish  kuch  va  energiya  ifodalarini  taqqoslab 

o`rganishga va eslab qolishga beradi hamda bu ma’lumotlarni amaliy va labaratoriya nashriyotlarida 

operativ qo`llashga imkon beradi. 

 

 


“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

123 


 

FIZIK KIMYOVIY ANALIZ USULLARINI O’QITISHNING FIZIKA FANLARI 

BILAN INTEGRATSIYASI 

 

E.A.Ro’ziyev. Samarqand davlat universiteti. 



 

Mamlakatimiz  hukumatining  oliy  ta’lim  tizimiga  berayotgan  katta  e’tiborini  “Biz  ta’lim  va 

tarbiya tizimining barcha bo’g’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni 

o’zimizning birinchi darajali vazifamiz, deb bilamiz… Ilm fan namoyondalarining, ta’bir joiz bo’lsa, 

“igna  bilan  quduq  qaziydigan”  zahmatkash  olimlarimizning  mashaqqatli  ilmiy  izlanishlari 

mamlakatimiz, uning bugungi va kelgusi ravnaqi uchun juda katta ahamiyatga ega. Bu fidoyi insonlar 

uchun har tomonlama qulay sharoitlar yaratish maqsadida biz bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar 

etamiz”  –deb  ta’kidlagan  Respublikamiz  Prezidentining  murajaatlaridan  bilsak  bo’ladi.  Bugungi 

kunda ta’lim tizimida o’qitilayotgan fanlarning bir–biriga bevosita bog’liqligini hisobga olib, ularning 

integratsiyalashuv jarayoniga katta e’tibor qaratilmoqda. Jumladan fizika fanlarining kimyo fanlarini 

o’qitishdagi o’zaro bog’liqligidan foydalanishning o’rni beqiyosdir.  

Oily ta’lim tizimidagi o’qitilayotgan fanlarning integratsiyalashuvi  ta’limning nafaqat o’quv-

uslubiy  jihatdan,  balki  ilmiy-  uslubiy  jihatdan  ham  kuchaytirilishiga  imkon  beradi.  Fundamental 

fanlarni  o’qitishda,  ayniqsa,  yangi  ilmiy  texnologiyalarga  asoslangan  zamonaviy  ta’lim  olish 

uslubiyatini yaratish, ta’lim tizimida axborot texnologiyalarini qo’llash zamonaviy asbob-uskunalar 

bilan ta’minlash va foydalanish ta’lim sifatini oshishida muhim ahamiyatga egadir. 

Kimyo  fanlaridan  analitik  kimyoni  o’qitish  uning  nazariy  asoslarini  mukammal  tushunishdan 

amaliy  jihatlarini  va  u  bilan  bog’liq  bo’lgan  tabiiy  fanlarning  ilg’or  jihatlari  bilan  qo’shib  olib 

borishdan,  ulardan  foydalanishdan,  har  bir  analitik  natijani  matematik  statistika  usullari  yordamida 

metrologik jihatdan baholashdan, turli analitik usullarda olingan ma’lumotlarni ilmiy-metodik nuqtai 

nazardan asoslashdan iborat bo’ladi. 

Analitik  kimyoda  analitik  ob’yektlar  analizi  fizikaviy,fizik-kimyoviy  usullar  yordamida 

bajarishda  elektrometrik  va  optik  kattaliklarning  barchasidan  aniq  modda  miqdori  va  sifatiga 

bog’liqligi  xususiyatlaridan  foydalaniladi.  Shuning  uchun  ham  ta’lim  tizimida  o’qitishning  ilmiy-

metodik  jihatdan  yuqori  bo’lishini  ta’minlashda  bir-  biriga  yaqin  bo’lgan  fizika  va  kimyo  fanlari 

aloqalaridan foydalanish lozimdir. 

Fanlarning bir-biriga bog’liqligini analitik kimyo fanini o’qitishda quydagi tizim asosida yo’lga 

qo’yish maqsadga muvofiqdir:  

-analiz ob’ektlarni o’rganishdagi fizika va kimyo fanlaridagi umumiylik; 

-kimyo va fizika fanlaridagi turli qonunlar, tushunchalar va nazariyalarning umumiyligi

-analiz jarayonlarini tashkil etishda ilmiy uslubiyatlarning qo’llanilishidagi umumiylik; 

-fizik  kimyoviy  analiz  usullari,  fizikaviy  tadqiqot  usullari  va  ularning  turlaridagi  fanlarning 

birgalikdagi istiqbolli aloqalari; 

-turli  murakkablikdagi  analiz  jarayonlarni  baholashda  va  anaiqlashda  mantiqiy-strukturaviy 

sxema va usullarning umumiyligi

-analitik  kimyo  fanlarining  fizikaviy  kattaliklarini  baholashga  asoslangan  usullaridan 

foydalanishga  mo’ljallangan  mutaxassislik  fanlari  yo’nalishlarida  o’quv-dasturiy  hujjatlardagi 

umumiylik; 

-miqdoriy analiz natijalarining to’g’riligi va aniqligini matematik statistika usullari va ehtimollar 

nazariyalari asosida hisoblash va qayta ishlashni yengillashtirishning mumkinligi; 

-axborot texnologiyalari, zamonaviy o’lchov vositalari va fundamental tatqiqotlar jarayonidagi 

o’xshashlik va umumiyliklardan iborat.  

Bugungi  kunda  tayyorlanayotgan  analitik  bakalavr  va  magistrlar  tor  doiradagi  alohida 

mutaxassislik bilan cheklanib qolmasdan, xalq xo’jaligining turli sohalarida ishlab ketish imkoniga 

ega  bo’lishini  nazardan  chetda  qoldirmasligimiz  zarur.  Shuning  uchun  ham  bugungi  talaba  o’quv 


“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

124 


 

rejasida  ko’zga  tutilgan  fanlarni  o’zlashtirish  bilan  birgalikda  yangi  axborot  texnologiyalarini, 

zamonoviy o’lchov vositalarini mukammal o’zlashtirishga harakat qilishi lozim. 

Universitetimizning analitik kimyo kafedrasida o’qitishning zamonoviy usullaridan foydalanib, 

ilmiy-uslubiy jihatdan tashkil etilganligi respublikamizning ko’plab universitet va institutlariga o’rnak 

bo’larli darajada ekanligi ma’lumdir. Kafedramizda talababalar va magistrlar o’quv jarayoniga mos 

zamonoviy fizikaviy o’lchov vositalari, apparaturalarini alohida iqtisoslik kurslari (eliktrokimyoviy 

analiz  usullari,  spektroskopik  analiz  usullari,  gazlar  analizi,  xromatografik  analiz  usullari) 

laboratoryalari va bundan tashqari, umumiy kurslar uchun fizikaviy tadqiqot usullari, fizik-kimyoviy 

analiz usullari, laboratoriyalarida muvaffaqiyat bilan ishlatib kelinmoqda. 

Analitik  kimyo  mutaxassisligi  bo’yicha  magistratura  va  doktorantura  (Phd)  faoliyat  ko’rsatib 

kelmoqda va unga har yili Samarqand, Navoiy, Buxoro, Qarshi, Nukis, Jizzaxdagi oliy o’quv yurtlari 

bakalavrlari ham qabul qilinadi. Magistrlarga tanlangan ilmiy mavzular kafedradagi ichki imkoniyatlar 

darajasida  zamonoviy  analitik  kimyo  muammolarini  hal  etishga  qaratilgan  bo’lib,  ularga 

kafedramizning  yetakchi  olimlari,  boshqa  yo’nalishdagi  (fizika,  matematika,  ekologiya…)  olimlar 

bilan  hamkorlikda  rahbarlik  qiladilar  va  har  bir  yangi  mavzudagi  dissertatsiya  hozirgi  zamon 

rivojlanish  tendensiyasini  tashkil  etuvchi  avtomatik  va  yarim  avtomatik  qurilmalar  yaratish  bilan 

yakunlanishi maqsad qilib qo’yiladi. Ilmiy ishlar natijalari va qurilmalari esa xalq xo’jaligining turli 

sohalariga va o’quv jarayoniga tatbiq etiladi.  

O’quv  jarayoniga  tatbiq  etilayotgan  ilmiy  tadqiqotlar  natijalari  magistr  va  doktorantning 

dissertatsiyasi va avtoreferatlarida ham ishning o’quv jarayoniga tatbiq qilinganligi akti sifatida ilova 

qilinadi. 

 

O’RTA MAKTABDA FIZIKA DARSLARINI O’QITISHDA EKOLOGIK TARBIYA 

BERISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 

 

Rahmatov Ilhom Ismatovich- Buxoro davlat universiteti fizika kafedrasi dotsenti, texnika 



fanlari nomzodi. 

Raxmatova Husniya Shukrulloyevna- Buxoro davlat universiteti Fizika ta’lim yo’nalishi 4-

bosqich talabasi. 

Haydarova Madina Anvar qizi- Buxoro davlat universiteti Fizika ta’lim yo’nalishi 3-bosqich 

talabasi. 

 

Hozirgi kunda о‘z burchini tо‘liq tushunishga qodir, ishning kо‘zini biladigan, tabiatga, atrof-



olamga g‘amxо‘rlik qiladigan, unga zarar yetkazmaydigan, tabiat boyliklarini avaylab asraydigan va 

boyitadigan barkamol shaxsni tarbiyalash har qachongidan ham dolzarb bо‘lib turibdi.  

Ekologik ta’lim mazmuniga quyidagilarni kiritish mumkin: 

-tabiat haqidagi bilimlarni egallash; 

-tabiatni jamiyat va inson uchun har tomonlama qadriyat sifatida tushunish; 

-tabiiy muhitga doir axloqiy meyorlarni bilish; 

-tabiat bilan muloqotda bо‘lish ehtiyojlarini rivojlantirish;  

-ekologik muhitni yaxshilashga doir faoliyatni takomillashtirish; 

-tabiatga  yangicha  madaniy  munosabatni  shakllantirish  hamda  yoshlarning  ekologik 

savodxonligini amalga oshirish. 

Fizika fani tabiat haqidagi fan bo’lganligi uchun ham o’quvchilarga fizika darslarida ekologik 

ta’lim berish muhim ahamiyatga ega. Fizika fani ekologiya fani bilan bevosita bog’liq hisoblanadi. 

Bugungi  kunda  yuzaga  kelayotgan  ekologik  muammolarga  yechim  topish,  sodir  bo’lishi  mumkin 

bo’lgan  kelgusidagi  muammolarning  oldini  olish  maqsadida  yetishib  kelayotgan  yosh  avlodda 

ekologik bilim ham yetarli darajada shakllangan bo’lmog’i lozim. 

Fizika  fanini  o’qitish  jarayonida  ekologik  ta`lim  –  tarbiya  darsda  o`rganiladigan  mavzuning 

mazmuni e`tiborga olingan holda darsda o`quvchilarning “kichik guruhlarda” mustaqil ishlash, “aqliy 


“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

125 


 

hujum”, “didaktik o`yinlar”, “taqdimot”, “o`z-o`zini baholash”va “tashrif” kabilardan foydalanish va 

shunga doir masalalar yechishni yo`lga qo`yish o`qituvchining diqqat markazida bo`lishi lozim. Dars 

jarayonida o`quvchilarning bilish faoliyati kichik guruhlarda tashkil etish quyidagi bosqichlarni o`z 

ichiga oladi:  

- darsda vujudga keltirilgan ekologik muammoli vaziyatlarni hal etish yo`llarini belgilash

- o`quv topshiriqlarining didaktik maqsadi, bajariladigan topshiriqlar bilan tanishish; 

-  kichik  guruh  a`zolari  bilan  hamkorlikda  maqsadni  amalga  oshirish  yo`llarini  loyihalash, 

mustaqil ishlarni tashkil etish

- o`rganilayotgan ob`ektni avval o`rganilgan ob`ektlar bilan taqqoslash; 

-  natijalarni  loyihalash  va  uning  maqsadga  muvofiqligini  tekshirish;  -  natijani  tahlil  qilish, 

tegishli hollarda unga o`zgartirishlar kiritish.  

- o`quvchilarning bilish faoliyati kichik guruhlarda tashkil etilganda guruhdagi har bir o`quvchi 

iqtidori,  qiziqishi,  bilim  saviyasi,  bilimlarni  o`zlashtirish  darajasini  aniqlash,  o`quvchilar  o`rtasida 

hamkorlik, o`quv muloqoti, bahs- munozara, o`zaro yordamni amalga oshirish ko`zda tutiladi.  

Dars  jarayonida  ekologik  ta’lim-tarbiya  uyg’unligini  ta’minlashda  didaktik  o`yinli 

texnologiyasidan  foydalanishda  yetakchi  o`rinlarni  ta`lim  beruvchi,  rivojlantiruvchi,  tarbiyalovchi, 

kommunikativ  funksiyalar  egallab,  qolgan  funksiyalar  ularga  ilova  bo`ladi.  Fizika  fani  o`qituvchisi 

darsda  o`rganiladigan  mavzuning  ta`limiy,  tarbiyaviy  va  riovjlantiruvchi  maqsadlari  va  pedagogik 

texnologiyalarning didaktik funksiyalarini hisobga olgan holda qaysi texnologiyadan  foydalanishini 

ilmiy metodik asosda tanlagandagina ko`zlangan maqsadga va samaradorlikka erishadi. 

Fizika fanini ekologik ta`lim-tarbiya bilan uyg’unlikda tashkil etish jarayonida didaktik o`yinli 

texnologiyalar  didaktik  o`yinli  dars  shaklida  qo`llanilganda  o’quvchilarning  faolliklarini 

jadallashtirishga  imkon  yaratadi.  Ushbu  darslarda  o`quvchilarning  bilim  olish  jarayonini  o`yin 

faoliyati  bilan  uyg’unlashtiriladi.  Shu  sababli,  o`quvchilarning  fizik-ekologik  bilim  olish  faoliyati, 

o`yin faoliyati bilan uyg’unlashgan darslar didaktik o`yinli darslar deb ataladi. Darsni tashkil etishda 

o`yin  faoliyati  o`zining  quyidagi  xususiyatlari  bilan  tavsiflanadi:  o`yin  ishtirokchilari  rollarni, 

vazifalarni tanlashi natijasida erkin rivojlantiruvchi faoliyat, ya`ni o`quvchilarning o`z faoliyatini tahlil 

va nazorat qilishi, maqsadga muvofiq natijaga erishgan hollarda o`z faoliyatidan ko`ngli to`lishi, o`z 

bilimi  va  kuchiga  ishonch  vujudga  keladi.  Ijodiy  muhit  tarkib  topadi.  O`yin  ishtirokchilari 

muammolarni  hal  etishda  tegishli  ijodiy  va  mustaqil  faoliyatga  ega  bo`ladilar.  O`yin  davomida 

musobaqa, raqobat, hamkorlik, o`zaro yordam vujudga keladi. Shu asnoda his-hayajonli vaziyat paydo 

bo`ladi.  His-hayajonga  yo`g’rilgan  bilim,  ko`nikmalar  inson  xotirasida  bir  umr  muhrlanib  qoladi. 

O`yin  mazmuni,  borishi,  mantiqiy  ketma-ketligi,  vaqt  balansi  va  o`quvchilarning  muammoli 

vaziyatlarni zudlik bilan hal etishi, mo`ljalni to`g’ri olishga o`rgatadi. Dars jarayonini didaktik o`yinli 

darslar orqali tashkil qilinganida quyidagi funksiyalar amalga oshiriladi: 

 - barcha mavzularda ekologik ta`lim-tarbiya uyg’unligini ta’minlash;  

- dars jarayonida o’quvchi faoliyatini rivojlantirish;  

- o`quvchilarni ijodiy faoliyatga yo`naltirish; - bilimlarni nazorat va tahlil qilish; 

- o`quvchilarning muloqot va nutq madaniyatini rivojlantirish;  

Ekologik ta`lim-tarbiya jarayonida bu funksiyalar majmua holda amalga oshiriladi, lekin quyida 

o`rganiladigan  didaktik  o`yin  turlarida  qaysidir  funksiya  ustunlik  qiladi.  Masalan,  konferensiya 

darslarida  shaxsni  rivojlantirish  ustunlik  qiladi,  qolgan  funksiyalar  unga  ilova  bo`ladi,  o`yin 

mashqlarda bilimlarni nazorat va tahlil qilish ustunlik qiladi, qolgan funksiyalar uni to`ldiradi va h.k. 

Fizika  darslarida  muntazam  ravishda  ekologik  ta’lim-tarbiya  bilan  uyg’unlikda  olib  borilsa, 

ayniqsa bu jarayonda yuqori samara beradigan ta’lim texnologiyalardan didaktik ta’lim texnologiyasi, 

hamkorlikda  o’qitish  texnologiyasi,  muammoli  va  modulli  ta’lim  texnologiyalari  metodlaridan 

foydalanilsa  o’quvchilarda  o’quv  predmetiga,  atrof-muxitga  nisbatan  bo’lgan  bilim-ko’nikmalarini 

rivojlantirish bo’yicha ko’zlangan maqsadlarga erishiladi. Ekologik madaniyatni shakllantirish tizimi 

to‘liq amalga oshirilmasa, yoshlarni ekologiya va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi dunyoqarashlari 

tor, bilimi sayoz bo‘lishiga olib keladi hamda beriladigan asosiy ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 


“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

126 


 

Fizika  fanini  o’qitishda  ekologik  bilimlarni  tashviqot  qilish,  o’quvchilarni  ekologik  tarbiyalash, 

ularning ekologik ongini va dunyoqarashini rivojlantirish dars mashg’ulotlarining asosiy mazmunini 

tashkil  etishi  kerak.  Hozirgi  kunda  ekologik  madaniyatni,  o‘z  burchini  to‘liq  tushunishga  qodir, 

ishning ko‘zini biladigan, tabiatga, atrof-olamga g‘amxo‘rlik qiladigan, unga zarar yetkazmaydigan, 

tabiat boyliklarini avaylab asraydigan va boyitadigan barkamol shaxsni tarbiyalash har qachongidan 

ham dolzarbdir. 

Adabiyotlar. 

1. А.Д.Дмитриев Экология и здоровье человека Чебоксары Чувашское книжное издательство 

1999 г 


2.  А.В.Перышкин  Физика.  7,8,9  класс:  учебное  пособие  для  общеобразовательных  учебных 

учреждений. М.: Просвещение, 2011 год. 

3.  Э.А.Турдикулов  Экологическое  образование  и  воспитание  учащихся  в  процессе  обучения 

физике. Москва «Просвещение» 1988 г 

4. Г.А.Фадеева Физика и экология 7 – 11 классы Издательство «Учитель» г. Волгорград. 

 

OLIY O‘QUV YURTLARIDA FIZIKA FANINI O‘QITISHDA FANLARARO ALOQA 

 

Jumaniyozov I.O. 



Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 

 

Fan, texnika va texnoloyilarning integratsiyasi keskin sur‘atlarda rivojlanayotgan hozirgi kunda 



ta‘limda uzviylikni ta‘minlash, buning uchun esa o‘qitilayotgan fanlar o‘rtasida o‘zaro aloqadorlikni 

ta‘minlash muhim ahamiyat kasb etadi.  

Fizika  va  biologiya  fanlarining  uzviy  bog‘liq  ekanligini  fotosintez  jarayonida  yaqqol  ko‘rish 

mumkin. Fotosintez hodisasi olchamlari 1 mkm ga yaqin bo‘lgan o‘simlik hujayralarida yuz beradigan 

jarayon hisoblanadi. Shuni ta‘kidlash joizki, fotosintez hodisasi bilan bir vaqtda hujayralarning nafas 

olishida ko‘plab parchalanish va sintez reaktsilari yuz beradi. 

Bundan  tashqari  fizika  va  biologiyaning  uzviy  bog‘liqligi  bir  qancha  yangi  fanlarni  vujudga 

keltirdi.  Masalan:  biomexanika-biologik  sistemalarning  harakat  qonunlarini,  radiobiologiya  ionli 

nurlanishlarning tirik organizmga ta’sirini o‘rganadi. Shu bois fizika darslarining maqsadi talabalar 

ongiga  fizik  g‘oyalarni  biologik  hodisalar  asosida  singdirishdan  iborat  bo‘lishi  lozim.  Ushbu 

fikrlarimizni fizikaning bo‘limlari misolida talqin qilishga harakat qilamiz. 

Mexanik harakatni tushuntirish paytida tirik to‘qima va a’zolarning mexanik xossalari haqida, 

shuningdek organizmda yoki inson tanasining ayrim a’zolarida yuz beruvchi mexanik holatlar haqida 

ham  gapirib  o‘tish  lozim.  Inson  tanasi  kinematik  bog‘lanishga  ega  bo‘lgan  tizimdir,  bir  necha 

qo‘zg‘aluvchi bo‘g‘inlarning birlashmasi kinematik bog‘lanishni hosil qiladi. 

«Tebranish  va  to‘lqinlar»  mavzusini  odam  yuragining  tebranish  chastotasi  hamda  uning  turli 

sharoitlarda o‘zgarib turishi misolida tushuntirish mumkin. Shu mavzuning bir qismi bo‘lgan tovushlar 

haqida gapirilganda esa avvalo odam tovushini hosil bo‘lish mexanizmi, tovush qabul qilish organi–

quloqning  ishlash  jarayoni  haqida  mulohaza  yuritish  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi.  Tovushlar  hamda 

ultratovushlarning inson faoliyatidagi ahamiyati xususida  mufassil to‘xtalish  mumkin. Shuningdek, 

tovushning inson sog‘ligiga, kayfiyatiga ta’siri, hozirgi zamon ultratovush diagnostikasining beqiyos 

ahamiyati haqida kengroq fikr yuritish lozim. 

Molekulyar fizika bo‘limidagi suyuqliklarning yopishqoqligini o‘rganish jarayonida Puazeyl va 

Stoks  qonunlarini  atroflicha  yoritgandan  keyin  bu  tushunchalarning  biologiyadagi  ahamiyatini 

ko‘rsatish  kerak.  Masalan  sog‘lom  odam  qonining  yopishqoqlik  koeffitsenti  qanday  bo‘lishini,  uni 

o‘lchash uchun ishlatiladigan viskozimetrlarning turlarini batafsilroq sanab o‘tish darkor. 

Yadro fizikasida qo‘llaniladigan tadqiqot metodlari bilan hamda bu sohada erishilgan yutuqlar 

bilan tanishtirish talabalarni hozirgi zamon fizikasidagi fundamental muammolar doirasiga qolaversa, 

zamonaviy tabiyatshunoslikning oldingi, ilg‘or sohasiga olib chiqadi. Bu yerda moddaning tarkibi va 


“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

127 


 

tuzilishi haqidagi bilimlarni shakllantirish yakunlanib, mikrodunyodagi hodisalarning o‘ziga xosligi 

namoyon bo‘ladi. Mikrodunyoda fizikaning fundamental asoslarini o‘zaro ta’sir qonunlari, saqlanish 

qonunlarni, kvant tamoyillar tashkil qiluvchi va boshqalarni qo‘llanishi tahlil qilib chiqiladi. 

Yadro  fizikasining  o‘quv  materiali  yo  mantiqiy,  yo  tarixiy  ketma-ketlikda  bayon  qilinishi 

mumkin. Bularning har biri o‘zining yutuq va kamchiligiga ega. O‘quv materialini sof mantiqiy bayon 

qilinishi eng ma’qul yo‘l bo‘lib, u maqsadga tezroq yetkazadi. Biroq ayrim hollarda bilimlarni olishga 

ta‘luqli metodlar va bilish jarayonining borishi tushunarsiz bo‘lib qoladi. Natijada, talabalar materialni 

ko‘proq dogmatik ravishda qabul qilib, yadro fizikasi ularning nazarida yakunlangan, qotib qolgan 

bilim sohasi sifatida namoyon bo‘ladi. 

O‘quv  materialini  tarixiy  ketma-ketlikda  bayon  qilish  yuqorida  keltirilgan  kamchilikdan  xoli 

bo‘lib, talabalarda bilimlar shakllanib boradi. Ammo bu usul ko‘p vaqt talab qiladi. Undan tashqari, 

goho talabalarga eskirib qolgan va ahamiyatini yo‘qotgan, ko‘p hollarda esa zamonaviy fizika nuqtai 

nazaridan noto‘g‘ri bo‘lgan ma’lumotlar beriladi. Shuning uchun ayrim talabalarda noto‘g‘ri fikrlar 

hosil bo‘lib qolishini oldini olish lozim. Demak, bu ikkala usuldan ham birgalikda foydalanish kerak. 

Fizika va kimyo fanining uzviy bog‘liqligini gal‘vanik elementlar, akkumulyatorlar tayyorlash 

va ulardan foydalanish misolida ko‘rish mumkin.  

Ma‘lumki, rux plastinkasi sul‘fat kislota eritmasiga tushirilganda rux bilan eritma orasida o‘zaro 

ta‘sir  yuz  berishi natijasida rux atomlari eritma tarkibiga o‘tadi. Bu jarayonda rux plastinkaga 2 ta 

elektronni qoldirib, musbat ionga aylanadi. Plastinkaning o‘zida erkin elektronlar ko‘payib, manfiy 

zaryadlanib  qoladi.  Shunday  qilib,  metall  manfiy,  eritma  esa  musbat  zaryadlanib  qoladi.  Bu  esa, 

gal‘vanik  element  bilan  bog‘langan  berk  tizimda  fizik  jarayonlar,  ya‘ni  elektr  toki  bilan  bog‘liq 

jarayonlar yuz berishidan dalolat beradi. 

Yadroning tuzilishiga to‘xtalganda esa neytronning ochilish tarixini qisqacha bayon qilib, hamda 

uning massasiga tegishli ma’lumotni berib, talabalarga kimyodan ma’lum bo‘lgan fikrni, ya’ni yadro 

proton va neytronlardan tashkil topganini bayon qiamiz. So‘ngra bir nechta misollar asosida zaryadlar 

soni va massa soni A orqali proton va neytronlar sonini topishni ko‘rsatamiz: protonlar soni zaryadlar 

soniga teng, neytronlar soni N esa, massa va zaryad sonlarining ayirmasiga teng, ya’ni 



Z

A

N



Berilgan element izotoplarini tahlil qilib, atom massasi moddaning kimyoviy xossasiga va uning 

D.I.  Mendeleev  elementlar  davriy  sistemasida  joylashishiga  aloqasi  yo‘qligini  ta’kidlaymiz. 

Haqiqatda,  izotoplarning  atom  massasi  goho  ancha  sezilarli  farq  qilib  (masalan  vodorod  izotoplari: 

protiy 

H

1

1



,  deyteriy 

H

2

1



,  tritiy 

H

3

1



),  ularning  kimyoviy  xossalari  esa  bir  xil.  Ikkinchi  tomonda, 

izobarlar mavjud bo‘lib (masalan, 



H

3

1



 va 

H

3

2



) ularning atom massalari deyarli bir xil bo‘lgani bilan 

kimyoviy  xossalari  esa  turlichadir.  Fizika  o‘qitishda  fanlararo  bog‘lanishni  joriy  qilish  talabalarda, 

chuqur va mustahkam bilim berishni shakllantirishga ko‘maklashadi. Ularda ilmiy dunyoqarashni va 

ta’limni to‘g‘ri shakllantirishga yordam beradi. Oliy o‘quv yurtlarida fizika fanini o‘qitishda mazkur 

fanning boshqa fanlar bilan aloqadorlikda o‘qitish dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. 

 


Yüklə 11,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin