Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni



Yüklə 11,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/63
tarix18.05.2020
ölçüsü11,09 Mb.
#31289
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   63
Конференция - физика-PDFга

Часть материала лекций курса «Физика» иллюстрируются лабораторным практикумом, 

часть  –  практическими  занятиями  (решение  задач).  В  целях  подготовки  к  освоению 

дисциплины «Физика» использовались, например, лабораторные работы: «Физические основы 

термодинамики»,  «Изучение  спектров  излучения,  спектральных  аппаратов  и  спектральных 

методов  изучения  свойств  вещества»,  «Проверка  закона  Стефана  –  Больцмана».  Были 

разработаны контрольные вопросы к этим работам, ориентированные на курс «Архитектурная 

физика», раздел «Строительная теплофизика». Внимание студентов заострялось на следующих 

явлениях  и  законах:  виды  теплопередачи  –  теплопроводность,  излучение,  конвекция;  три 

основных  закона  термодинамики;  явления  переноса,  особенно  переноса  тепла  (уравнение 

Фурье);  законы  теплового  излучения:  Кирхгофа,  Стефана-Больцмана,  Вина.  Внимательно 

изучались процессы конденсации, испарения; понятия: температура, давления атмосферное и 

ветровое;  энтропия,  поток  энергии,  плотность  потока  энергии,  потоки  ламинарный  и 

турбулентный,  влажность,  относительная  влажность  точка  росы,  их  физический  смысл, 

единицы измерения. 

Согласование учебных программ и учебных планов курсов «Физика» и «Архитектурная 

физика», установление межпредметных связей привели к существенному сокращению времени 

обучения,  более  чѐткому  пониманию  необходимого  и  достаточного  объѐма  знаний 

фундаментальной  дисциплины  «Физика»  и,  следовательно,  созданию  более  надѐжного 

фундамента для освоения дисциплины профессионального цикла «Архитектурная физика». 

 

ТIBBIYOT OLIYGOHLARIDA FIZIKA FANINING KASBIY TA`LIMDAGI O`RNI 

 

1

Qodirova N.T. 



2

Xolboeva M.O’. 

Toshkent farmatsevtika instituti o`qituvchisi 

Toshkent farmatsevtika instituti 4-kurs talabasi 

 

Sog’liqni saqlashning profilaktik yo’nalishini kuchaytirish, tibbiy xizmatni sifatini yaxshilash, 



aholini zamonaviy, mahalliy dori-darmonlar bilan ta’minlash hozirgi dolzarb masalalardan biri bo’lib 

hisoblanadi. Bu masalalarni hal etish uchun chuqur maxsus bilimga, amaliy ko’nikmalarga va yuqori 

nazariy tayyorgarlikka ega bo’lgan mutaxassislarni tayyorlash zarurdir. Fizika fani tibbiyot, farmasevt 

va farmasevt muxandis-texnolog mutaxassislarni tayyorlashda asosiy fanlardan hisoblanadi. Chunki 

fizika  asoslari  tirik  organizmlarda  sodir  bo’ladigan  jarayonlarni,  fizik  mexanizmlarni,  dori 


“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

187 


 

moddalarining harakatlari va ta’sirlarini o’rganishda keng qo’llaniladi. Bu esa tibbiy va farmasevtika 

oliygohi  talabalariga  fizika  fanining  mazmun  va  mohiyatini  o’rgatish  zarurligini  ko`rsatadi.  Ularda 

fizika  fanini  o`qitishning  asosiy  maqsadi  talabalarni  asosiy  fizik  hodisalar,  inson  organizmida 

kechadigan ayrim fizik jarayonlar, tibbiyotda qo’llaniladigan fizik asboblar va ularning mexanizmlari, 

qonuniyatlari va amaliy qo’llanishlari bilan tanishtirishdir. Shuningdek, fizika fanining asosiy vazifasi 

talabalarda ilmiy-amaliy dunyoqarashni, ya’ni fizikaviy hodisalarning tabiatini to’g’ri tasavvur qilish, 

tabiiy  fanlar  sohasida  qo’yilgan  har  bir  aniq  vazifalar  mazmunini  umumiy  fizika  qonunlari  bilan 

bog’lash,  asosiy  fizikaviy  o’lchov  asbob-uskunalaridan  foydalana  bilish,  fizika  fanining  rivojida 

o’zbek allomalarining qo’shgan hissalaridan g’ururlanishni shakillantirishdir. Talabalarning mustaqil 

ishlash malakasini, tahliliy mulohaza yuritish qobilyatini shakllantirish va rivojlantirishdan iboratdir. 

Fanni o’qitishdan maqsad asosiy fizik qonunlar va ularning formulalarini, asosiy fizik prinsiplarining 

ma’nosi,  mazmuni,  harakat  qonuniyatlari  va  ularning  grafiklarini  tahlil  qilish,  fizik  kattaliklarining 

ma’nosini, birliklarini va ularni taqqoslashni, asosiy fizik qonun va prinsplarini mexanik hodisalarga 

qo’llay bilish, fizik tajribalar, namoyishlar va hodisalarni fizik qonun va prinsplari asosida tavsiflash, 

fizikada  qo’llaniladigan  fizik  qonunlar,  ideallashtirilgan  modellar  va  sxemalarning  qo’llanilishi 

chegarasini bilishi talab etiladi. Farmatsevtika sohasining farmasevt va farmasevt muhandis-texnolog 

mutaxassisligi  bo’yicha  ta’lim  olib,  muxandis-texnolog  bo’lib  chiquvchi  talabalarga  o’qitiladigan 

fizika va biofizika fanining maqsad va vazifasi barcha kimyo fanlarida, farmakologiyada, dori turlari 

texnologiyasi fanlarida zamin tayyorlash, undan tashqari fizik-kimyoviy tahlil usullarining nazariy va 

amaliy asoslarini berish hamda ularning amaliy tadbiqi bo’yicha malaka hosil qilishdan iborat. 

Talabalarda fizika fanining maqsad va vazifalarini hamda ularni yechish usullarini quyidagi 

tartibda shakllantirish maqsadga muvofiq; 

- Fizikaning asosiy qonunlari; 

- Suyuqliklarning tarkibi va xossalarini; 

- Moddani fizik tadqiqot qilish usullarining nazariy asoslarini

- Moddaning fizik xossalari va xarakteristikalarini; 

- Tirik organizmga ta’sir qiluvchi fizik omillarning xarakteristikalarini; 

- Fizik asboblarning ishlash prinsplarini; 

- Fizik apparatlar bilan ishlashda o’lchov talablarini; 

- Texnika xavfsizligi qoidalarini; 

- Labaratoriya ishlarini mustaqil bajara olishni

Fan bo`yicha talabalarning bilim va ko`nikma malakalariga quyidagi talablarni qo`yish lozim. 

Talaba: 


- fizika fani bo`yicha o`quv adabiyotlari va ma`lumotlardan foydalana bilish;. 

- olgan nazariy bilimlari asosida amaliy mashg`ulotlarni bajara olishi; 

- olgan nazariy va amaliy bilimlarini mutaxassislik fanlarini o`zlashtirishda qo`llay bilishi; 

- olgan nazariy va amaliy bilimlarini ish faoliyatida qo`llay bilish ko`nikma va malakalariga 

ega bo`lishi lozim; 

Talaba fizika fanining boshqa fanlar bilan integratsiyalashuvini bilishi va fanni mukammal 

o`zlashtirishi uchun quyidagi fanlardan etarli bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`lishi kerak. 

- matematika; 

- biologiya; 

- kimyo; 

Tibbiyot oliygoxlari talabalarining bilim darajasi xar tomonlama, ya`ni ham nazariy ham 

amaliy jihatdan mukammal bo`lishi lozim. Chunki bu mutaxassis egalarining olgan bilimlari inson 

salomatligi bilan bog`liqdir.  

 

 



 

 


“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

188 


 

FIZIKANING IQTISODIYOT BILAN INTEGRATSIYASI 

 

R. M. Rajabov

1

, Sh. O. Quvondiqov



2

, N. J. Kulmatova

3

 

1



SamDU, 

2

SamISI, 



3

Samarqand shahar XTB qarashli 17-maktab o‘qituvchisi 

 

Samarqand davlat universitetida bir necha yillar davomida fanlararo aloqadorlik va integratsiya 



bo‘yicha muayan darajada ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, fizikaning tibbiyot, biologiya, 

iqtisodiyot, tarix va boshqa fanlar bilan integratsiyasi bo‘yicha bir necha respublika va xalqaro ilmiy, 

ilmiy-uslubiy konferensiyalarda ma’ruzalar qilinmoqda. Markaziy, respublika va oliy o‘quv yurtlarida 

chiqadigan ilmiy-uslubiy jurnallarda maqolalar chop etilmoqda.  

Pulni to‘lov tizimlarida o‘tkazish jarayoni elektr tokning elektr zanjirida o‘tishi bilan sifat 

jihatdan o‘xshashlik mavjud. Haqiqatdan ham: oqim o‘tganda (elektr va pul) aktiv qarshilikdan (



o‘tganda  tok  kuchi  kamayadi,  issiqlik  ajralib  chiqadi.  To‘lov  jarayoniga  pul  oqimi  tushunchasi 



kiritiladi. Aktiv qarshilik - pul qiymatsizligini bildiradi, reaktiv qarshilik esa pulning kechiktirilishini 

bildiradi. 

O‘zgaruvchan tok uchun to‘la qarshilik Z, reaktiv qarshilik: induktivlik va sig‘imdan iborat 

va  u  Om  qonuniga  bo‘ysinadi.  Om  qonuni  elektr  zanjiri  uchun  juda  yaxshi  tajribada  va  texnikada 

qo‘llanilmoqda. Ana shu usuldan foydalanib, undan pul oqimining aylanish jarayonini juda aniqlik 

bilan hisoblash mumkin.  



1. Pul oqimi (a) bilan elektr oqimi (b) o‘rtasidagi analogiyani qarab chiqamiz. 

           

 

a) 


 

b) 


1– rasm. a) pul oqimining mijoz bilan bank o‘rtasidagi aylanish jarayonining b) elektr analogi 

ko‘rsatilgan. 

2.  Qattiq  jism  fizikasi  bilan  mikroiqtisodiyot  tushunchalari  o‘rtasidagi  analogiyani  qarab 

chiqamiz. Bu analogiya 1 va 2–jadvalda keltirilgan.  

1 - jadval  

Fizika va iqtisodiy tushunchalar o‘rtasidagi o‘xshashlik 

Belgilar  

Fizik kattalik 

Iqtisodiy kattalik 

e

N

  



Spini “past”ga yo‘nalgan 

elektronlar  

Pul  

e

N

  



Spini “yuqori”ga yo‘nalgan 

elektronlar  

Tovar (aksiya yoki valyuta)  

N

  



Spini “past”ga yo‘nalgan 

atomlar  

Xaridorlar 

N

  



Spini “yuqori”ga yo‘nalgan 

atomlar 


Sotuvchilar  

J

  

Almashish 



Likvidlik (tovar almashish) 

W

  

Tartibsizlik  



Volatillik (xaos), bahoning 

o’zgaruvchanlik xarakteri 

  

Teshiklar konsentratsiyasi  



Bozorning siyraklanishi 

“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

189 


 

n

  

Elektronlar konsentratsiyasi  



Bozor resurslarining 

konsentrasiyasi  



A

  

Antiferromagnetik  



Turg‘un (stabil) bozor 

F

  

To‘yingan ferromagnetik  



Turg‘un bo‘lmagan bozor 

S F

  

To‘yingan ferrimagnetik  



Real bozorning bo‘lmasligi 

Moliya bozori bilan qattiq jism ob’yektlari va sub’yektlari o‘rtasidagi o‘xshashlik  



2 – jadval  

 

3. Termodinamik va mikroiqtisodiy sistemalari o‘rtasidagi analogiya va ularni xarakterlovchi 



kattaliklar quyidagi jadval keltirilgan. 

 

3 – jadval 

Termodinamik sistema 

Mikroiqtisodiy sistema 

Nomi  

Belgilanishi  

Nomi  

Belgilanishi  

Rezervuar (qaytar 

issiqlik almashish) 

Iqtisodiy rezervuar  



R  

Rezervuar (qaytmas 

issiqlik almashish) 

Q=d(T


1

-T

2



Monopol bozori 

n=



(c-p) 



Modda miqdori  

Rusurslar zaxirasi  



Kimyoviy potensial  

H(N)  

Zaxira bahosi  



P(N)  

Issiqlik mashinasi, 

temperatura  

T(t)  


Baho  

c(t) 


Erkin energiya, ish  

Resurs bazisi  



M  

Sistemaning ish 

bajarish qobiliyati  

E  


Sistemaning 

foydaliligi  

E  

Entropiya  



Bog‘langan kapital  

Entropiya ishlab 



chiqarish  

 



Kapitalning 

qiymatsizlanishi  

 

Ichki energiya  



U  

To‘la kapital  

 

 

4. Termodinamik, elektrik va mikroiqtisodiy sistemalari o‘rtasidagi analogiyani qarab 



chiqamiz. U 4 – jadvalda keltirilgan.  

4 jadval 

Termodinamika  

Elektrostatika  

Mikroiqtisodiyot  

Energiya,  

Maydon energiyasi, 



2

2

CU



A

 



Bazis resursi,  

2

)



(

2

t



C

M



 

Entropiya, 

Maydon entropiyasi,  



2

2

kT



NU

S

 



Bog‘langan kapital  

)

t



c

M

F



 

Temperatura, 

T(t)  

Potensial,  



t

U

t

U

sin



)

(

0



 

Baho, 



t

C

t

C

sin



)

(

0



  

Entropiya ishlab chiqish,  



 

 



Entropiya ishlab chiqish,  

t

S



 

Kapitalning dissipatsiyasi,  



t

F



 

“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

190 


 

Fizikaning iqtisod bilan integratsiyasi tufayli yangi fan fizik-iqtisod yo‘nalishi paydo bo‘ldi. 

Xullas, hozir fizika va iqtisodiyotning integratsiyasi tufayli yangi fan – iqtisodiyot fizikasi fani 

shakllanmoqda.  Iqtisodiy  fizika  fanining  tasavurlari  asosida  fizika  va  iqtisodiyotning  integratsiyasi 

yotadi.  Bu  soha  bo‘yicha  hamdo‘stlik  va  jahonning  etakchi  universitetlarida  mutaxassislar  ham 

tayyorlanmoqda. Jumladan, MDU, MFTI, MIFI, SaratovDU, UralDU va boshqalar. 

Yuqorida  biz  qarab  chiqqan  anologiya  va  o‘xshashliklarda  turli  xil  iqtisodiy  masalalarni 

yechishda, biznes amaliyotida keng qo‘llash mumkin.  

 

FIZIKA DARSLARIDA LABVIEW DASTURIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI  

 

1



Amonov B. U., 

1

Тoshboyev М. D., 



2

Siydamatov А. R. 

1

Samarqand davlat universiteti,  Samarqand, Universitet xiyoboni 15.,   



2

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy tuman XTB ga qarashli 48-umumiy o‘rta ta’lim maktab 

fizika fani o‘qituvchisi. 

 

 

Keyingi  yillarda  kompyuter  texnologiyalarining  rivojlanishi  bilan  bog‘lik  holda  dars 

mashg‘ulotlarni  tashkil  etishning  yangi  shakllari  shakllanmoqda.  Ulardan,  keng  foydalanayotgan 

amaliy  ishlardan  biri  kompyuterda  maxsus  dasturlar  yordamida  virtual  laboratoriya  tajribalari 

vositasida ko‘rgazmali tushuntirishdir.  

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan fizika fani mashg’ulotlarida 

virtual laboratoriya ishlaridan foydalanishni quyidagi to‘rt usuldan birini qo‘llagan holda olib borish 

mumkin:  1.  Laboratoriya  mashg’ulotlarini  o‘tish  uchun  virtual  laboratoriya  qurilmasi  sifatida 



foydalanish;  2.  Real  laboratoriya  ishlarini  bajarishdan  oldin  qisqa  muddatli  qayta  mashq  qilish 

uchun; 3. Amaliy va seminar mashg’ulotlarida ma’lum bir jarayon borishini yoki asbobning ishlashini 

modellashtirish  bilan  talabalar  bilmini  mustahkamlash  uchun;  4.  Nazariy  bilim  beruvchi  ma’ruza 

darslarida demonstrasion virtual dastusr sifatida foydalanish.  

Hozirgi vaqta kompyuterlashtirish jarayoni shunday ketmoqdaki, bir necha yildan keyin har bir 

tinglovchi  kompyuter  bilan  ta’minlanadi.  Shuning  uchun  kompyuterlardan  o‘quv  jarayonlarida 

foydalanishning  uslubiy-o‘quv  qo‘llanmalarini  ishlab  chiqish  kerak.  O‘qituvchilar  o‘quvchi  va 

tinglovchilarga  fizika  dasturiga  mos  keluvchi  dasturlarni  qo‘llashi,  elektron  darsliklar  va 

topshiriqlarning  qulay  va  tushunarli  tomonini  ko‘rsatishi  kerak.  Hozirgi  vaqtda  axborot 

texnologiyalaridan  foydalanish har qanday o‘qimishli  odam  uchun zarur, ayniqsa o‘qituvchi uchun 

juda  muhim.  Ta’lim-tarbiya  jarayonini  to‘g‘ri  tashkil  etish  uchun  barcha  mavjud  imkoniyatlarni 

safarbar  etish  o‘qituvchilarning  birinchi  navbatdagi  vazifalaridan  biridir.   Bundan  3500  yil  oldin 

Konfutsiy  “Eshitganimni  yodimdan  chiqaraman,  ko‘rganimni  eslab  qolaman,  mustaqil  bajarsam 



tushunib  olaman”  degan  ekan.  Chunki,  ta’limda  informatsion  hamda  pedagogik  texnologiyalarni 

qo‘llaganda  tinglovchi,  o‘quvchi  eshitish,  ko‘rish,  ko‘rganlari  asosida  mustaqil  fikrlash 

imkoniyatlariga ega bo‘ladilar. Ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalangan 

holda darslarni tashkillashtirish uchun ma’lum bir shart – sharoitlar va texnik vositalar mavjud bo‘lish 

kerak. 

Bugungi    kunda  natural  o‘quv  laboratoriya  tajribalarini  virtual  ko‘rinishda  kompyuter 



yordamida  ham  namoyish  qilish  keng  e’tibor  qaratilmoqda.  Bunday  virtual  tajribalarni:  1)  natural 

tajribalar o‘tkazish uchun asbob-uskunalar yetishmaydigan ta’lim muassasalarida; 2) tajriba o‘tkazish 

imkoniyati  bo‘lmagan  darsxonada  o‘tkazish  maqsadga  muvofiqdir.  Ayniqsa  natural  tajribalar  bilan 

birgalikda taqqoslab olib borilsa yaxshi samara beradi. 

Ushbu ma’ruzada “Voltmetr va ampermetr yordamida o‘tkazgichlarning qarshiligini aniqlash” 

mavzusidagi laboratoriya mashg‘ulotlarini olib borishda virtual laboratoriya ishlari LabVIEW grafik 

dasturlash muhitida yaratilgan va foydalanish ishlanmasi beriladi. 


“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

191 


 

1.  Kompyuterdan ”O‘zgarmas tok qonunlari.vi” faylini yuklab, ”2–mashq” yozuvi ustiga kompyuter 

sichqonchasining kursorini olib borib  chap tugmasini bir marta bosiladi. Sizga (a) rasmdagi kabi 

oyna ochiladi. 

 

(a) rasm. Voltmeter va ampermetr yordamida o‘tkazgichlarning qarshiligini aniqlash 

ishining LabVIEW dasturida Blok Diagrammasi 

 

(b) – rasm. Voltmeter va ampermetr yordamida o‘tkazgichlarning qarshiligini aniqlash 



ishining LabVIEW dasturida Program Diagrammasi  

2. 


(a)  –  rasmda  ko‘rsatilgan  paneldan  kompyuter  sichqonchasining  kursorini   

  belgi  ustiga 

qo’yib,  chap  tugmasini  bir  marta  bosing, 

  ko’rinishni  olgandan  keyin  keyin,  o‘zgarmas  tok 

manbaining  buragichini  soat  strelkasi  yo‘nalishida  burab  ampermetr  va  voltmetrning  aniq  J  va  U 

qiymatlarini ko‘rsatishiga erishing va ularni yozib oling. 



J

U

R

 ifodaga J va U larning qiymatlarini 



qo‘yib R hisoblanadi.  

3. 


O‘zgarmas  tok  manbaining  buragichi  yordamida  zanjirda  J  va  U  larning  yana  ikkitadan 

qiymatini o‘rnatib, ular uchun ham R

2

 va R


3

 larni 


J

U

R

 bo‘yicha hisoblab R ning o‘rtacha qiymati 



aniqlanadi [



3

3

2



1

R

R

R

R



].  


“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

192 


 

4. 


Olingan natijalar bo‘yicha quyidagi jadvalni to‘ldiriladi va tegishli xulosalar chiqariladi: 

5. 


 

№ 

U, V 



J, A 

R, Om 

R

, Om  




R, Om  

R

R

,% 



 



 

 

 



 

 

Bundagi 



R va 




R

R

 mos ravishda R ni o‘lchashlarning absolyut va nisbiy xatoliklaridir. 

Axborot texnologiyalar o‘quv jarayoniga qo‘llash yuqori samaradorlikka erishishga, kam vaqt 

sarflab katta hajmdagi bilimlarni egallashga imkoniyat yaratadi.  Shu nuqtai nazardan fizika darslari 

o‘quv jarayonida kompyuter texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish bugungi kunda ham dolzarb 

masala hisoblanadi. 

Olib  borilgan  ishlar  natijasidan  shunday  xulosa  qilish  mumkinki,  “O‘zgarmas  tok 

qonunlari”  mavzusidan  ta’lim  sohasida  virtual  laboratoriya  ishlaridan  foydalanish  har  tomonlama 

foydali  hamda  bu  virtual  laboratoriya  ishlari  dasturlarini  yaratishda  LabVIEW  grafik  dasturlash 

muhitidan foydalanish har tomonlama qulaydir. 

Xulosa  o‘rnida  shuni  aytish  mumkinki,  fanlararo  aloqa  o‘quv  jarayonida  vaqtdan  yutish 

imkoniyatini  beradi.  O‘quv  jarayonida  fizika  darslarida  kompyuter  texnologiyalarining 

imkoniyatlaridaridan  foyalanish  bugungi  kunning  dolzarb  masalasi  deb  hisoblaymiz.  Ushbu  xulosa 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy tuman XTB ga qarashli 48-umumiy o‘rta ta’lim  maktabda 

fizikani o‘qitish jarayonida olib borgan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlariga asoslanadi. 

 

 


“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

193 


 

3-ШЎЪБА ФИЗИКА ВА АСТРОНОМИЯНИ ЎҚИТИШДА ТАЛАБАЛАР МУСТАҚИЛ 

ТАЪЛИМИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ 

 

ФИЗИКА ФАНИ ЎҚИТУВЧИЛАРИНИ КОМПЕТЕНТЛИГИНИ 

ШАКИЛЛАНТИРИШДА МУСТАҚИЛ ТАЬЛИМНИНГ ЎРНИ 

 

ф-м ф н.доц. А.А.Ахмедов.НавДПИ 



 

Таълим  тизимида  ахборотлар  кўламининг  кенгайиб  бориши  физика  ўқитиш  тизимида 

илғор  педагогик  технологияларни  жорий  этилиши,  фан  ва  технологияларни  шиддат  билан 

жадал  ривожланаётган  тезкор  замонда  ўқув  жараёнида  компетентли  ёндашувни  тақозо 

қилаётгани  ҳеч  кимга  сир  эмас.  Бўлажак  физик  ўқитувчисини  физика  дарси  жараёнида 

мурракаб вазиятлардан омилкорона фойдалана олиши орқали чиқиб кета олиши ва қарор қабул 

қилишда  муҳим  аҳамиятга  эга  бўлади.  Компетентли  ёндашув  орқали  педагогика  олий  ўқув 

юртларида  физикани  ўқитиш  методикасини  такомиллаштиришда  бўлажак  физика 

ўқитувчиларини  тайёрлашни  янги  босқичга  олиб  чиқиш,  таълим  сифатини  оширишга  ва 

рақобатбардош кадрлар тайёрлашдек устувор масалани ечишга хизмат қилади. 

Педагогика олий ўқув юртларида талабалар мустақил таьлимини ташкил этишда бўлғуси 

физик ўқитувчиларнинг экспериментал компетентлигини ривожлантиришга қаратилган. Олиб 

борилаётган педагогик изланишлар шуни кўрсатидики, STEAM (жумладан физика) фанларни 

ва  танқидий  фикрлаш,  ахборотни  мустақил  излаш  ва  таҳлил  қилиш  компетенциялари  ва 

малакаларининг  ривожланишига  алоҳида  урғу  беришни  ҳисобга  олган  ҳолда,  замонавий 

инновацион иқтисодиёт талабларига жавоб берадиган таълим дастурлари ва янги давлат таълим 

стандартлари  жорий  этиш  орқали  таьлимнинг  янги  босқичига  чиқишга  эришиш 

мумкин,шунингдек  узлуксиз  таълим  тизимида  ўқувчи  ва  талабаларнинг  билим  даражасини 

баҳолашда таълим сифатини баҳолаш бўйича халқаро дастурлар ва изланишлар (PISA, TIMSS, 

PIRLS  ва  бошқалар)да  талабалар  физика  ва  астрономия  фанларини  чуқур  ўрганишга 

мўлжалланган  дидактик  материаллар  ва  мультимедиа  маҳсулотларининг  янги  авлодлари 

тайёрлашда мустақил таьлимдан ўринли фойдалансалар таьлим сифатини ошириш билан бирга 

касбий компетентликка эришган бўладилар.[1] 

Мустақил  таълим  учун  ажратилган  соатлардан  ўқувчиларга  реферат  мавзулари, 

лаборатория 

машғулотлари, 

масалалар 

ечиш 


шаклида 

кўникма 


ва 

малакалар 

шакллантирилмоқда.  Берилган  топшириқларни  бажариш,  иқтидорли  талабаларни  танлаш, 

талабалардаги новаторлик қобилиятни шакллантиришда муҳим омил ҳисобланади ва ўзига хос 

натижа беради. 

Бундан ташқари, мустақил таълим талабага индивидуал ёндашув имкониятини беради. 

Мустақил таълимни ташкил этишни модернизациялашда талабаларга ўқув машғулотидан 

ташқари, ижодий ёндашувни ва касбий компетентликни шакллантиришда асос бўлиб хизмат 

қилади. 

Бизнингча,  мустақил  таълим  ўқув  машғулотларида  талабанинг  шахсий  кўникмаларини 

шакллантириш  муҳим  аҳамиятга  эга,  бунда  махсус  физик  кўникмаларни  ажратиб  бўлмайди. 

Чунки, шахсий кўникмалар уларнинг ичида сингиб боради. Уларни шакллантириш учун талаба 

билан мустақил ишлаш лозим бўлади. 

Умуман  олганда,  назарий,  тажриба  ўтказиш  натижасида  ҳосил  бўлган  кўникма, 

индивидуал  ва  хусусий  кўникмалар  деб  турли  масалаларни  ҳал  қилишда  ақлий  амалларни 

самарали бажариш қобилиятига айтилади ва талабалаврнинг экспериментал компетентлигини 

шакиллатиришда  асос  бўлади.  Айнан  мана  шу  хусусиятларни  эътиборга  олган  ҳолда 

систематик ёндашиш таълимда узвийликни таъминлаган ҳолда бўлажак физик ўқитувчиларни 

тайёрлашда муҳим омил ҳисобланади. 

 


“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”.  Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.

 

194 


 

Фойдаланилган адабиётлар 

1. 

А.А.Ахмедов,  М.Джораев  “Развитие  компетентности  учителя  физики  и  пути  её 



усовершенствования” Pedagogy&Psychology, Theory and Practice International scitntifik journal , 

№6(8), 2016г .стр14-16.Volgograd 

 


Yüklə 11,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin