_________________ MUNDARIJA: KIRISH……………………………………………………………………….3
I-BOB. Burchoqdoshlar oilasi 1.1. Burchoqdoshlar oilasi…………………………5
1.2. Burchoqdoshlar oilasining tavsifi …..8
II-BOB. ASOSIY QISM 2.1. Burchoqdoshlar oilasiga mansub o’simliklar.......................12
2.2 Burchoqdoshlar oilasiga mansub o’simliklarning xalq xo’jaligidagi ahamiyati....................................................15
XULOSA …………………………………………………………………...32
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………35
KIRISH Burchoqdoshlar yoki dukkakdoshlar oilasi (Fabaceae) Magnoliyatoifa (Magnoliophyta) bo‘limi, Ikki urug‘pallali o‘simliklar sinfi, (Dicotyledones) Burchoqnamolar qabilasi (Fabales) ga kiradi. Yer yuzining hamma mintaqalarida keng tarqalgan. Burchoqdoshlarning 12000 turni birlashtirgan 500 turkumi tarqalgan. O‘zbekistonda 528 turni o‘z ichiga olgan 57 turkumi bor. Dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasining tarkibiga daraxt, buta va chala buta o‘simliklar kiradi. Oila 3 ta kenja oilaga: mimozadoshlar (Mimosaceae), sezalpindoshlar (Caesalpiniaceae) va kapalakguldoshlar (Papilionaсеае) ga bo‘linadi.
Mimozadoshlar oilachasiasosini tropik va suptropik xududlardagi daraxt
o’simliklari, bularning o’ziga xos belgilari gullarining aktinomorf bo’lishidir.
Changchilari erkin ( akatsiya –aсaсia turkum vakillari)
Sеzalpindoshlar оilachasidaraxt, buta va lianalar bo’lib, tropik mintaqalarda
tarqalgan o’simliklardir. Ba’zi vakillari bizda madaniy holda o’stiriladi. Masalan,
yahudiy daraxti ( сerсis siliguastrum), o’tkirbargli sano (сassia aсutifolia) va
boshqalar.
Kapalakguldoshlar oilachavakillarining gullari shingil, soyabon yoki kallak
(boshcha) shakldagi to’pgulga yig’ilgan. Kosacha barglari qo’shilgan, 5 tishchali,
aktinomorf yoki zigomorf. Kapalaksimon gulqo’rg’on 5 ta gultojibarglarga ega
bo’lib, ularning 3 tasi erkin (yelkan va 2 ta eshkak) va ikkitasi qo’shilib qayiqchani
hosil qiladi.
Bu oilaga kiradigan o’simliklarining barglari yonbargchali patsimon yoki
barmoqsimon murakkab, ba’zan novdada oddiy bargchalar chiqaradi. Gullari
odatda o’rtacha yoki mayda bo’ladi, gullari mayda bo’lsa, odatda shingil, ba’zan
boshcha soyabon yoki boshoqsimon to’pgul holida bo’lib turadi. Gulining tuzulishi
juda tipikdir. Beshta kosachabargi qo’shilib o’sgan va goho zigomorf, ba’zan ikki
labli bo’ladigan gulkosacha hosil qiladi