Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunda aholi soning tezkorlik bilan o’sib borishi va
oziq ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabning ortib borayotganligi agrar fani
olimlari oldiga burchoqdoshlar oilasi vakillarining yuqori hosilli, tezpishar
ekologik toza mahsulotlari bera olish imkoniyatlariga ega bolgan ekin turlarini
tanlash va ularni yetishtirish texnologiyalarini ishlab chiqish kabi dolzarb
masalalarni qo’ymoqda. O’zbekiston Prezidenti I. A. Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi,
O’zbekiton sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” (2009) asarida
qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va oziq-ovqat
mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko’paytirish, iqtisodiy inqirozni bartaraf etishning
asosiy yo’llaridan biri ekanligi ta’kidlangan. Barkamol avlod tarbiyalash insoniyatning eng yorqin orzusi bo’lib kelgan. Biroq dunyo xalqlarining barchasi ham bu haqda o’ylayvermagan. Bunday orzudagi insonlar azaliy ma’rifatga, madaniyatga mansub bo’lgan yurtlarning donishmandlari eng mo’tabar ziyolilari, hukmdorlari hisoblanganlar. Ularning orasida O’zbekiston deb atalmish muazzam zaminimizda yashagan bobolarimizning o’z o’rni, hurmati bor. Bu jahon hamjamiyati tomonidan qabul qilingan haqiqatdir. Ma’rifatga intilish xalqimizning azaliy fazilatlaridan biridir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 – yil 2 – oktabrdagi “Oziq ovqat
ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish va ularni yetishtirishni
ko’paytirish chora – tadbirlari to’g’risida”gi farmonida paxta ekiladigan dalalarni
kamaytirish hisobidan boshoqli don ekinlari uchun mo’ljallangan maydonlarni
qariyb 50 ming gektarga ko’paytirish shuningdek sabzavot, moyli o’simliklar va
boshqa oziq ovqat ekinlar ekiladigan yerlarni yanada ko’paytirish rejalashtirilgan.
Respublikamizning o’z mustaqilligini qo’lga kiritib, bozor iqtisodiyoti tomon yuz
tutishi, buyuk kelajakni yaratuvchi barkamol avlodni, yangi zamon va yangi
jamiyat kishisini tarbiyalashdek o’ta ma’suliyatli, mashaqqatli va ayni zamonda
o’ta dolzarb bo’lgan vazifani ko’ndalang qilib qo’ydi. Hozirda, vujudga kelgan
iqtisodiy sharoit yangicha ma’naviy tafakkurga ega bo’lgan, dunyoga yangicha
ko’z bilan qaraydigan, yangicha fikrlaydigan, avlodning ishtirokini taqozo
etmoqda.