Dukkakli don ekinlari - don (urut) olish uchun ekiladigan oʻsimliklar; dukkakdoshlarning (Fabaceae) ka-palakgullilar kenja oilasiga (Papilionaceae) mansub; shuningdek, ulardan tuproq unumdorligini oshirish uchun almashlab ekishsa foydalaniladi. Dunyo boʻyicha Dukaklilarning 17 turkumiga mansub 60 dan ortiq turi maʼlum. Osiyoda, jumladan Oʻzbekistonda oʻris-noʻxat, soya, loviya, yasmiq, burchoq, vika, noʻxat, lyupin va boshqalari tarqalgan. Poyasi tik (noʻxat), chirmashib (loviya), oʻrmalab (vika) yoki yer bagʻirlab (mosh, yasmiq) oʻsadi. Barglari murakkab patsimon yoki panjasimon. Ildizi har xil shaklda, gul tuzilishi kapalakgullilarniki singari. Mevasi — dukkak (2— 9 urugʻli). Urugʻi mayda (mas, yasmiq) va juda yirik, dumaloq, buyraksimon, yapasqi va b. shaklda, batamom yoki nuqtali rangli poʻstloq bilan oʻralgan. Urugʻining oʻziga xos belgisi — urugʻ ker-timining borligidir. Oʻrta Osiyo sha-roitida oʻsuv davri 60—90 kundan (oʻrisnoʻxat, yasmiq) 90—160 kungacha (noʻxat, soya, loviya) davom etadi. Gʻunchalash va gullash davrida yer ustki qismlari kuchliroq oʻsadi. Koʻpchilik Dukaklilarning mevalari birin-ketin, pastdan yuqoriga qarab joylashadi, shuning uchun urugʻlar baravar pishib yetiladi. Soya, loviya issiqqa ancha talabchan, maysalari 10—13°, lyupin, noʻxat urugʻlari 5—6°, yasmiq, burchoq 3—4° temperaturada unib chiqadi. Oʻrisnoʻxat, burchoq maysalari — 8°, soya — 4° gacha chidamli, loviya esa — G da nobud boʻladi. Dukakli don toʻli-shishi va uning pishib yetilishi fazasida issiklikni koʻp talab qiladi. Soya, lyupin namga ancha talabchan. Noʻxat va burchoq qurgoqchilikka chidamli. D.d.e. yengil qumloq va qumoq tuproqlarda juda yaxshi oʻsadi. Noʻxat, vika hamda dukkaklilar neytral reaksiyali tup-roqlarda, loviya va soya nim nordon, lyupin nordon tuproklarda yaxshi usadi. Dukakli fosforli-kaliyli oʻgʻitlarga talabchan. Dukakli oziq-ovqat hamda ozuqa ahamiyatiga ega, oqsilga boy don olish uchun ekiladi. Doni, ayniqsa, toʻla pishib yetilmagan doni oqsil (12— 60%), uglevod (11—60%), yogʻ (0,5—52%; quruq modda hisobida), vitamin, karotinga boy. Pishib yetilgan doni be-vosita taomlarga ishlatiladi. Ulardan yorma, un tayyorlanadi. Dumbul mevalari sabzavot sifatida foydalaniladi. Dukakli doni, kunjarasi, poyasi va po-xoli chorva mollari hamda parrandalar uchun qimmatbaho, proteinga boy ozuqadir. Dukakli tuproqni azotga boyitadi va ekinlar uchun muhim oʻtmishdosh oʻsimlik hisoblanadi. Sugʻorma dehqonchilik mintaqalarida Dukaklilar angʻiz yoki oraliq ekin sifatida (yakka oʻzini yoki boshoqdoshlar bilan qoʻshib kuz-qish va qish-bahor davrida) ekiladi. Koʻk massasi qoramol uchun ozuqa yoki koʻkat oʻgʻit sifatida ishlatiladi.
No‘xat – dukkaklilar oilasiga mansub bir yillik va ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik turkumi; dukkakli don ekini. Vatani Osiyo. Poyasi o‘tsimon, tik o‘sadi, dag‘al, qovurg‘ali, sershox, tukli, balandligi 30-70 sm. Bargi murakkab, patsimon. Guli ikki jinsli, kapalaksimon, mayda. Mevasi dukkak, dukkagida 1-2 ta, goh 3 ta don bo‘ladi. Don rangi oq, pushti, to‘q-sariq, issiqsevar va yorug‘sevar, bahorgi ekin. Boshqa dukkakli ekinlarga nisbatan qurg‘oqchilik va sho‘rga chidamli, urug‘i 2-5°C haroratda unib chiqadi, past haroratda sekin o‘sadi. Maysasi bahorgi -6-8°C gacha qorasovuqlarga chidaydi. Namlik meʼyordan ortiq bo‘lsa kasallanadi, shona va guli to‘kiladi. O‘zidan changlanadi. O‘suv davri 70-190 kun. Don tarkibida 19-33% oqsil, 4-7% moy, 0,2-4,0% kul, 48-61% azotsiz ekstrativ moddalar, 2-12% klechatka, vitaminlar hamda aminokislotalar mavjud. Bir mavsumda bir gektar yerda no‘xat ildizlari 50-70 kg sof modda hisobida azot to‘playdi. Keng qatorlab (qator orasi 45-60 sm) yoki yoppasiga qatorlab (qator orasi 15 sm), baʼzan sepma usulida 5-10 sm chuqurlikda ekiladi. O‘zbekistonda aksariyat lalmi yerlarda ekiladi. Gullash davrida suvni kam meʼyorda berish yaxshi natija beradi, to‘liq pishganda guli to‘kiladi, dukkagi deyarli chatnamaydi, hosili don kombaynlarida yig‘ib olinadi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda no‘xatning 11 navi yetishtiriladi.
Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan no‘xat mahsuloti Avstraliya, Avstriya, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Belgiya, Buyuk Britaniya, Vyetnam, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Iroq Respublikasi, Eron, Qozog‘iston, Qatar, Xitoy, Koreya, Qirg‘iziston, Latviya, Mongoliya, Niderlandiya, BAA, Pokiston, Polsha, Rossiya, Tojikiston, Tayvan, Turkmaniston, Turkiya, Ukraina kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda. O‘zbekiston Don ilmiy-tekshirish instituti tomonidan ko‘p marta yakka tanlash yo‘li bilan yaratilgan. Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand, Toshkent, Surxondaryo viloyatlarining sug‘orilmaydigan yerlari uchun iqlimlashtirilgan. Gullari oq, yirik, dukkaklari 1-2 urug‘li, urug‘lari burishgan, oq rangli. 1000 ta urug‘ning og‘irligi 372-305 g. O‘rtapishar nav bo‘lib to‘liq unib chiqqanidan texnik yetilishgacha bo‘lgan davr 78-79 kunni tashkil etadi. Protein miqdori 24,3-26%. Askaxitoz bilan kasallanmaydi. Qurg‘oqchilikka chidamli, dukkaklari yorilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |