Tuxumak (Sophora) turkumi. doim yashil yoki barg to‘kadigan daraxtlar, butalar
va ko‘p yillik o‘tlar turkumi. Osiyo va Avstraliya tropiklari va subtropiklarida 60
ga yaqin turi o‘sadi. O‘zbekistonda, asosan, vatani Xitoy va Yaponiya bo‘lgan 1
turi —yapon Tuxumagi (S. japonica) manzarali daraxt sifatida ekiladi. Yapon tuxumagi (Sophora japonica L. )ning bo‘yi 20 m dan ortadi, shox
shabbasi yoyiq, sharsimon, nihoyatda manzarali. Tuxumak may oyida gullaydi,
gullari oq sariq, kapalaksimon bo‘lib, novdasining uchida shingil ro‘vak hosil
qiladi. U nektar chiqarib turadigan o‘simlik. Dukkagi oktabr oyida yetiladi, u
daraxtda osilib turadi, seret, sirti cho‘tir, pallalarga ajralmaydi, yelimsimon
suyuqlik bilan to’lgan, avval yashil bo’lib, so‘ng to‘q qizil rangga kiradi. Urug‘i
qora bolib, loviyaga o‘xshab ketadi.
Karelin quyonsuyagi (Ammodendron Karelini Fisch. et. Meu. ) Bo‘yi 2-3 m ga
yaqin kichik buta. Novdalari sariq-yashil tuk bilan qalin qoplangan, shoxlari
qo‘ng‘ir-sariq, kul rangda, tikansimon barg qoldiqlari bor. Barglari ikkita
bargchadan iborat, ular tuxumsimon, yashil-kulrang, tukli bo‘lib, bo‘yi 15-30 mm,
eni 4 mm, uchi o ‘tkir. Gullari to‘q binafsha rangda bo‘lib, yosh novdalari uchida
shingilcha hosil qiladi. Mevasi dukkak, tuksiz, yonidan ezik, bo‘yi 18-20 mm, eni
10 mm gacha, sariq. Markaziy Osiyoda qumliklarda tarqalgan. Qumlar harakatini
to‘xtatish maqsadida ko‘p ekiladi.
2.2. 5-rasm. Karelin quyonsuyagi (Ammodendron Karelini Fisch. et. Meu. )
Qaragan (Caragana) turkumi. Bu turkumning vakillari buta o‘simlikdir. Barglari
juft patsimon, gulbandi bo‘g‘imli, gullari yakka-yakka yoki to‘da bo’lib joylashadi.
Kosachasi kalta, naychasimon, tubining bir tomoni keng, kalta tishchali,
yelkanining cheti qayrilgan, qayiqchasi to'mtoq, ustunchasi ipsimon, tuksiz bo’ladi.
Dukkagi bandsiz, yonidan ezik, so‘ng silindrsimon, ko‘p urug‘li, ikki pallali, qalin
po‘stli. Bu turkum tarkibida 50-60 taga yaqin tur bo‘lib, ular Markaziy Osiyoda va
MDH ning Yevropa qismida, janubiy va sharqiy hududlarda uchraydi. Markaziy
Osiyoda 13 turi bor.
Dostları ilə paylaş: |