I-bob. Burchoqdoshlar oilasi


Butasimon astragal (Astragalus ammodendrop L. )



Yüklə 184,96 Kb.
səhifə10/13
tarix24.12.2023
ölçüsü184,96 Kb.
#192725
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
dukkakdoshlar

Butasimon astragal (Astragalus ammodendrop L. ) kichik buta, shoxlari
yo‘g‘on bo‘lib, oq tuk bilan qoplangan. Barglari juft patsimon bo‘lib, 5-7 juft
bargchalari bor, ular yog‘ochlashgan, sarg‘ish, ninasimon, bo‘yi 25-75 mm, bandli.
Bargchalari cho‘zinchoq, bo‘yi 25-30 mm, eni 2, 5-5 mm. Har ikkala tomoni
oqish-kul rang. Shingili 6-15 ta guldan iborat bo‘lib, barg qo‘ltig‘ida joylashadi,
guli kalta bandli, ba’zan bandsiz. Dukkagi uzun bandli, cho‘zinchoq, ezik, tuk
bilan qoplangan, urug‘i buyraksimon, ko‘kish-yashil, bo‘yi 2, 5 mm. Astragal
urug‘idan ko‘payadi.


2.2. 6-rasm. Butasimon astragal.
Noʻxat (Cicer) — dukkaklilar oilasiga mansub bir yillik oʻtsimon oʻsimlik turkumi, dukkakli don ekini. 30 dan ortiq, asosan, koʻp yillik turlari Yevrosiyo, Shimoliy va Sharqiy Afrikada uchraydi. Juda qadimdan bir yillik madaniy turi (C. arietinum) Hindiston, Italiya, Ukraina janubi, Zakavkazye, Qozogʻiston, Oʻrta Osiyo, Gretsiya, Bolgariya, Misr, Jazoir, Turkiya va Eronda ekiladi. Madaniy No`xatning ildizi —oʻq ildiz (100—150 sm). Poyasi oʻtsimon, tik oʻsadi, dagʻal, qovurgʻali, sershox, tukli, balandligi 30—70 sm. Bargi murakkab, toq patsimon. Guli ikki jinsli, kapalaksimon, mayda. Rangi oq, sariq, sargʻish-yashil, och-pushti va koʻk. Mevasi — dukkak, dukagida I—2 ta, goho 3 ta don boʻladi. 1000 ta urugʻining vazni 220—300 g, gohida 600 g gacha boradi. Donining rangi oq, pushti, toʻq-sariq. No`xat gʻovak, qumoq, yengil shoʻrlangan tuprokli yerlarga ekiladi. Qora, boʻz, kashtan tuproqlarda moʻl hosil beradi. No`xat issiqsevar, yorugʻsevar, baxrri ekin. Boshqa dukkakli ekinlarga nisbatan qurgʻoqchilik va shoʻrga chidamli, urugʻi 2—5° haroratda unib chiqadi, past haroratda sekin oʻsadi. Maysasi bahorgi — 6°dan —8°gacha qorasovuklarga chidaydi. No`xat gullash va mevasi shakllanish davrida issiklikka talabchan. Namlik meʼyordan ortiq boʻlsa kasallanadi, shona va guli toʻkiladi. Oʻzidan changlanadi. Oʻsuv davri 70—190 kun. No`xat donidan yorma, ayniqsa, oʻzbek pazandachiligida har xil taomlar, qandolat mahsuloti tayyorlanadi, unidan non yopiladi (bugʻdoy uniga YU—20% qoʻshiladi), surrogat kofe ishlab chiqariladi. Doni tarkibida 19—33% oqsil, 4-7% moy, 0,2-4,0% kul, 48-61% azotsiz moddalar, 2—12% klechatka, vi-taminlar hamda aminokislotalar mav-jud. No`xat bugʻdoy va gʻoʻza uchun yaxshi oʻtmishdosh hisoblanadi. Bir mavsumda bir gektar yerda No`xat ildizlari 50–70 kg sof modda hisobida azot toʻplaydi.
No`xat Oʻzbekistonning lalmi yerlarida 6—8 s/ga, sugʻoriladigan yerlarda 2232 s/ga hosil beradi. No`xat keng qatorlab (qator orasi 45—60 sm) yoki yoppasiga qatorlab (qator orasi 15 sm), baʼzan sepma usulida ekiladi. Ekish usuliga va nav biologiyasi va morfologiyasiga qarab 150–200 kg/ga urugʻ sarflanadi. Oʻzbekistonda aksariyat lalmi yerlarda ekiladi. Sugʻoriladigan yerlarda qator orasi 1—2-marta kultivatsiya qilinadi. No`xat kam sugʻoriladi. Gullash davrida suvni kam meʼyorda berish yaxshi natija beradi, toʻliq pishganda bargi toʻkiladi, dukkagi deyarli chatnamaydi, hosili don kombaynlarida yigʻib olinadi.

Oʻzbekistonda Zimistoniy, Lazzat, Oʻzbekiston32, Yudduz navlari ekiladi.




Kasalliklari : askoxitoz va fuzarioz; zararkunandalari: No`xat donxoʻri, No`xot biti, No`xot
tripsi.


1.2. No`xat rasmi

Yüklə 184,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin