I-bob. Burchoqdoshlar oilasi


Kaspiy gledichiyasi (Gleditsia caspica Desf. ) II. 1. 2-rasm



Yüklə 184,96 Kb.
səhifə8/13
tarix24.12.2023
ölçüsü184,96 Kb.
#192725
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
dukkakdoshlar

Kaspiy gledichiyasi (Gleditsia caspica Desf. ) II. 1. 2-rasm. tikani oddiy va
shoxlamaydigan, dukkagi to‘g‘ri, enli bo‘lishi bilan oldingi turdan farq qiladi.
Sharqiy Kavkazortida Talish pasttekisligida tabiiy o‘sadi, sovuqqa chidamsiz,
shuning uchun faqatgina janubiy hududlarda ekish maqsadga muvofiqdir.
Tuganak bakteriyalari ishlab chiqaradigan oqsil moddalarini dukkakli o’simliklar
o’zlashtiradi, shunga ko’ra azot kam tuproqda ham yaxshi o’saveradi. Dukkakli
o’simliklarning ildizi va boshqa qismlari chiriganida birikmalar holida to’plangan
organik azot zapasi tuproqqa o’tadi va chiqib hamda boshqa bakteriyalar ishtiroki
bilan yashil o’simliklarga azotli oziq beradigan manba bo’lib qoladi.
Azot to’plovchi o’simliklar bo’lmish dukkaklilar tabiiy o’simlik senozlari uchun
ham ekiladigan o’simliklar uchun ham bir xilda muhim ro’l o’ynaydi.
Azot yetishmasligidan unumsiz bo’lgan tuproqlarning avval ularga dukkakli
o’simliklar ekiladigan bo’lsa yaxshi hosil berishi aniqlangan. Almashlab ekishda
dukkaklilar rasm qilganligiga sabab shu. Dukkakli o’simliklar boshdan oyoq yer ustki qismlari bilan birga haydab yerga ko’mib yuboriladi.
Kapalakgullilar oilasi tuganak bakteriyali bilan simbioz holda o’sadigan
bo’lganidan ularning vegetativ qismalari bilan urug’larida oqsil moddalari juda
ko’p bo’ladi, dukkaklilarning ko’pchilik vakillaridan yaxshi yem – xashak va
ovqat o’rnini bosa olishi shunga bog’liq.
Bunduk (Gymnocladus) turkumi. Bu turkum vakillarining guli har xil,
kosachabarglari naychasimon, besh bo‘lakli, gulbarglari 5 ta, cho'zinchoq,
changchisi 10 ta, erkin holda joylashgan. Mevasi cho‘ziq dukkak, po‘chog‘i qalin
bo‘lib, bo‘laklarga ajraladi. Urug‘i tarkibida oqsil bor, urug‘pallalari qalin.
Griffit bagryannigi (Cercis griffithii Boiss. ) ning balandligi 3-6 metrlar atrofida,
novdasi silliq, qo‘ng‘ir rangda, barglari navbat bilan joylashadi, ular oddiy,
yumaloq yoki buyraksimon bo’lib, uchi yumaloq yoki o‘yiq, tubi yuraksimon,
cheti tishchasiz, tuksiz, bo‘yi 5-8 sm, eni 7-12 sm. Barg bandi 20-30 mm, 5-7 ta
asosiy tomiri bor. Gullari binafsha rangda, to‘pguli katta shingilcha hosil qiladi.
Daraxti barg yozishdan oldin gullaydi, guli nektarli. Mevasi uzun, yassi dukkak,
yuqori choki qanotchali.
II.2. 3-rasm. Griffit bagryannigi.

Yüklə 184,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin