61
davrida zarb qilingan tangalar savdo muomalasida ishlatilgan. SHundan so`ng xalifalik o`sha
davr tangalarini chiqarishni davom ettirgan. Lekin tangalardagi Vizantiya imperatori yoki
Somoniylar xukmdorining tasviri arab yozuvi bilan zarb qilingan.
Ettinchi asrning so`ngida Abdumalik Umaviy pul isloxoti o`tkazib, musulmon tangasini
zarb qilishga asos soldi.SHundan e`tiboran tangalar sof epigrafik, ya`ni ularda faqat yozuvlar
joylashtiriladigan bo`ldi. Bu davrda zarb etilgan yangi tangalar xar ikki tomonida xam tasvirlarni
yo`qligi bilan oldingi tangalardan ajralib turar edi. Asta-sekin yozuvlar bir tartibda yozila
boshlandi. Tanganing old tomoniga "
Lo iloxa illollox", orqa tomoniga esa "
Muxammad olloxning
rasuli" degan yozuvlar bitilgan. Aylanma yozuvlar ko`proq suralaridan iborat. SHunisi
muximki. tanganing old tomonida tanganing nomi, zarbxona nomi xijriy xisob bo`yicha tanganing
zarb etilgan yili keltirilgan.
Xalifalikda oltindan. kumushdan. misdan tangalar zarb qilingan ularning nomlanishi
metalga bog’liq edi. Oltin tangalar –
dinor, kumush tangalar
– dirxam, mis tangalar -
ful‟s deb
atalgan.
Ilk musulmon tangalari ismsiz bo`lgan. Keyinroq xalifalarning, noiblarning va
xokazolarning ismlari paydo bo`ladi. Musulmon tangalardagi yozuvlar ko`fiy usulida
yozilganligidan VIII - IX asrlardagi tangalar ko`pincha kufiy tangalar deb yuritilgan. Dinor va
dirxamlarni faqat dastlabki vaqtlarda xalifalikkina zarb qilish xukukiga ega bo`lgan. Mis tangani
esa vorislar, amirlar tanga chetiga uz nomlarini yozdirib zarb qilishlari mumkin edi.
Oltin tanga
tashki savdo uchun zarb qilingan edi. Xalifalik savdosida kumush tangalar dirxamlar pul
muomalasini asosini tashkil etgan. Ular xalifalik va uning xalqaro savdosini etarli darajada
ta`minlaganlar.
Movorounnaxrda arablar istilosidan keyingi dastlabki vaqtlarda umumxalifa tangalari
bilan bir qatorda maxalliy eski tangalar xam muomalada bo`lgan va arablar
uz noiblarining nomlari
bilan arab yozuvida shunday tangalarni zarb qilganlar.
Asta-sekin bu erlarda xam umumxalifalik tangalari dirxam, ful’slar zarb qilina
boshlagan. VIII-IX asrlarda Buxoro. Samarqand, SHoshda SHunday tangalar zarb qilingan.
Bundan tashqari vaqti - vaqti bilan tangalar zarb qiladigan shaxarlar xam bo`lgan. Mas,:
Muaskar ash-shosh(SHosh kal`asi), usha davrdagi Farg’ona poytaxti Axsikent shunday
shaxarlardan xisoblanadi.
Movorounnaxr xalifalikdan ajralib chiqqandan keyin Xirot viloyatidan kelib chikkan
Toxir ibn Xusayn (821-873) Xuroson noibi etib tayinlanadi va u Toxiriylar sulolasiga asos soladi.
U Bag’dod xalifaligiga tobe bo`lib ichki siyosatda mustaqil edi. Toxiriylarga tobe bo`lgan
Movorounnaxr noibi birinchisi somoniylardan edi. Toxiriylar taxtdan tushganlaridan keyin
Somoniylar mustaqillikka erishganlar.
62
Toxiriylar tangashunoslik soxasida dastlab dirxam va mis tangalar zarb qilganlar. Abdulla
ibn Toxir xukmronligidan boshlab oltin dinorlar zarb qilingan. 15 dan ortik zarbxonalar bo`lib,
vaqti - vaqti bilan tangalar zarb qilingan. Movorounnaxrning Samarqand, Buxoro, SHosh,
Madinai
ash-SHosh shaxarlarida, keyinchalik Xorazm zarbxonalarida tangalar zarb qilingan.
Umumiy ko`rinishi xusnixat yozuvlarni joylashishi bo`yicha Toxiriylar davlatida zarb
qilingan tangalar umumxalifalik tangalaridan farq kilardi.
Birinchi Somoniylar faqat kumush tanga zarb qilish xukukiga ega bo`lganlar. Ular zarb
qilgan
mis tangalar - fel’slar tashki ko`rinishi bo`yicha yumaloqqa yaqin xatlari xunuk bo`lgan.
Somoniylar xukmronligi o`rnatilgandan keyin Ismoil ibn Axmad davrida kumush
tangalar ko`plab ishlab chiqariladi. Keyinchalik oltin tangalar paydo bo`la boshlaydi. Oltin
tangalarga nisbatan a`lo sifatli kumushdan ko`plab zarb qilingan tangalar mamlakat tashqarisiga
xam chiqib ketgan.
Somoniylar tomonidan zarb qilingan tangalardagi yozuvlar xuddi xalifalik davrida zarb
qilingan tangalardek edi. Mis yoki kumush tangalarning bir tomonida bir yoki ikki qator axyon-
axyonda uch qator yozuvlar uchraydi. Dirxamlarda faqat Somoniylar noibining ismi yozilibgina
qolmay, xalifalarni ismlari xam yozilgan.
Somoniylar davrida zarb qilingan mis tangalar tashqi ko`rinishi bilan xam diqqatga
sazovordir. Mis tanga ko`proq tarqalgan., ko`p muomalada bo`lishiga qaramay u dirxam va dinorlar
singari puxta ishlangan. Ulardagi yozuvlar xam chiroyli. Ayrim mis tangalar, ayniqsa buxoroda
zarb qilingan mis tangalar shunchalik chiroyli va puxta ishlanganki kishini xayratga solgan. O`sha
davrlarda 30dan ortiq zarbxonalar bo`lgan. Lekin ular vaqti – vaqti bilan qisqa muddat ishlab
keyinchalik yopilgan.
Somoniy dinorlari nisbatan kichik ko`lamda asosan Turkistondan tashqarida zarb
qilingan, ko`plab Xuroson,
ayniqsa Morvarounnaxrda Buxoro, Samarqand va SHoshda zarb etilgan.
Mis tangalar deyarli movarounnaxrda, Buxoro va Samarqandda ikki xil qiymatda – adli va
pashiz tarzida chiqarildi.
Somoniylar davridagi tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki. Tangashunoslik soxasida xam shu
davrlardan boshlab qalbakilashtirish masalasi bu davrda xam tangalarni xar vaqt qo`lbola uskuna
shtampelda zarb etishavergan. Zarbxona uskunasi ular qo`liga tushib qolgan.Tangalarni
qalbakilashtirish asrlar davomida mo`may daromad keltirgan, shuning uchun ular o`limdan xam
qo`rqmay faoliyatini davom ettirganlar. Bu esa tanga chaqalarning qadri yuqori ekanligidan dalolat
beradi.
Dostları ilə paylaş: