Kasbidan baxt topgan inson



Yüklə 96,94 Kb.
səhifə8/10
tarix03.08.2023
ölçüsü96,94 Kb.
#138511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ruslan 597 232

Ota-onamizni e’zozlaylik.
Onajon, sizni juda sog’indim,
Munis-u, mo’tabarim, mehribon onam,
Tiriklikda aytgan harbir so’zingiz,
Go’yoki men uchun tarbiya maktab.
Derazaga tikilib o’tirar ekanman, o’z-o’zimga savol berdim. Ota-onam oldidagi qarzlarimni uza oldimmi? Ularni pandu nasihatlarini qulog’imga olib, xizmatlarini qilib, duolarini ola oldimmi?
Keyingi vaqtlarda meni bu savollar qattiq qiynaydi, o’ylab-o’ylab hech o’yimga yetolmayman. O’z-o’zim bilan baxslashaman. Savollarimga javob topa olmay, qiynalaman. Ammo shuni bilamanki, u ham bo’lsa, el-yurt mahalla oldida otamni yuzlarini yerga qaratdim. Onamdan erta ayrildim. Otam qarigan paytlarida 96 yoshar otajonimni ko’zlariga nur, qo’llariga xassa bo’lish o’rniga ularni duolarini olish, xizmatlarida bo’lish o’rniga jaholatim tufayli bu yerlarga kelib qoldim. Yoshligimda ota-onamga havas qilardim. Ular ikkalasi ham o’qituvchi edilar. Ukalarim bilan hamisha o’qituvchi o’yinini o’ynardik. Men hardoyim o’qituvchi, ukalarim esa o’quvchi bo’lishardi. Men hammaga maqtanib dadamni portfelini qo’limga olardim-da, otamga o;xshardim-mi deb u yoq bu yoqqa yurib ko’rardim. Men “o’qituvchi” bo’ldim derdim. Hayot tashvishlaridan yuzlarini ajin bosgan bo’lsa da, bizni quvonsak, quvonishib, bemor bo’lgan kezlarimiz sochimizni silab, ertalabgacha ertaklar aytib, shodlanib yuradigan, bizni o;z bag’rida oq yuvib, oppoq tarab katta qilgan bu otamiz va onamizdir.
Biz uchun o’z jonini ham beradigan, boshimizda parvona bo’ladigan, biz uchun o’zini qo’yarga joy topa olmaydigan inson bu bizning otamiz va yana onamizdir.
Bizni qiynalgan kunlarimiz yonimizda dalda berib turadigan, to’y-u, ma’rakalarimizda yarashiqli bo’lib, tayanch bo’ladigan ham bu bizning otamiz va yana onamizdir.
Boshimizga biror ish tushganda, yelkadosh bo’ladigan, hechkim bizni tushinishni ham istamaganda bizni tushunadigan, hechkim bizga ishonishni xohlamayotgan paytda bizga ishonadigan ham, hamma bizdan yuz o’girganda ham bizni kechira oladigan inson bu yana otamiz va yana onamizdir.
Mahallani oldida hamma tug’ishganlarni oldida meni jon qizim, mening o’qituvchim deb erkalaydigan, bor mehrni beradigan bizdan faxrlanib, g’ururlanib ham yuradigan bu yana otamiz va yana onamizdir.
Bu dunyoda bizni yolg’iz do’stimiz, sirdoshimiz, mehribonimiz ham yana bu bizning otamiz va yana onamizdir.
Biz farzand bo’lib, ularga nima qildik, faqat g’urbat, tashvish, qalblariga azob berganimizmi, shumi bizni ota-onamizga bergan mehrimiz?
Yillar o’tdi, biz ulg’ayib voyaga yetdik. Qarabsziki, haqiqatdan qo’limizdan ish keladigan bo’ldik. Ota-onam izidan borib, men ham o’qituvchi kasbini egalladim. Qachonlardir, dadasini portfelini ko’tarib “o’qituvchi” o’yinini o’ynab yurgan bu shaddod qiz bugungi kunga kelib ulg’ayib ota-onasini davomchisi bo’lib yetishdi. Ishni bahona qilib uyga borib ota-onadan xabar olishga vaqt topolmay telefon qilishsa hozir yana ma’ruza o’qib ketishsa kerak deb o’ylab qoldik.
Hozir ishdaman, keyinroq bo’shab o’zim telefon qilaman deb, o’girib qo’yadigan bo’ldik.
Tug’ilgan kunlar, ziyofatlar, to’y-ma’rakalar ko’payib, ularga gohida telefon ham qilmasdan unitadigan bo’ldik. Ish bilan ovora bo’lib, do’stlar topib vaqtimizni chog’ o’tkazadigan bo’ldik.
Farzandlarimizni, nevaralarimizni erkalayotgan paytda ota-onamizni ham shunday orzulari borligi haqida o’ylab ham ko’rmadik. Bu dunyoni qaytar dunyo ekanligi esimizga ham kelmadi.
Farzandlarimizga, kelonlarimizga qimmatbaho taqinchoqlar yoki qimmatbaho kiyimlar olib berayotgan paytimizda ota-onamizni o’yladik-mi, yoki ularga ham huddi shunday sovg’alar xadya qildikmi.
Suyukli yorimizga olib bergan oddiygina ro’mol yoki paypoq bera oldikmi? Ota-onamiz bizga bironta narsani aytmoqchi bo’lganida yoki tushuntirmoqchi bo’lganida ularni gaplarini tinglamasdan shartta gaplarini bo’lamiz, gohida eshitgimiz ham kelmaydi. Bizga qancha qilgan yaxshiliklarini, bergan mehrlarini minnat qilmaydigan, bir marta qilgan yaxshiligimizni hammaga yuz martalab aytib maqtanadigan, bizni ozgina mehrimizdan boshi tog’dek ko’tariladigan, bizdan hechnarsa kutmaydigan lekin bizni uyga borishimizni zor bo’lib kutadigan hattoki ko’cha boshida ko’zlari to’rt bo’lib, qarab turadigan bu bizning yana otamiz va onamizdir.
Aziz insonlar mahkum va mahkumalar! Otamiz va onamiz uchun boshqa ish qilmasak ham ularni yo’limizda ko’zlarini to’rt qilmayman! Ularni oilamizni bag’riga qaytmaylik! Xizmatlarini qilib, duolarini olaylik. Ota-onamizni e’zozlaylik, zero bu hayotda ulardek biz uchun yaqin inson yo’q.
Azizlar eshityapsizlarmi oddiy bir mahkumning xohishini! Bu dunyoga hammamiz ham g’animatmiz. Men yo’qorida yozgan iztirobli dardli so’zlarini o’zim akajonimga yozgan she’rlarimda aks ettirdim. Hayot 40 yoshdan keyin boshlanadi- degan haqqoniy hikmatni hammamiz eshitganmiz, biroq 70 yoshdan keyin nima bo’ladi? Biz bobolarimizni choyxonaga kuzatib qo’yamiz, buvilar nabiralariga qarash bilan ovora bo’lib qolishadi. Go’yoki ularning murod-maqsadlariga xotima yasashadi. Go’yo ularning kelajagi yo’qdek, ularning orzusi faqatgina nafaqaga chiqish va bizning muammolarimizni yechishga ko’maklashish. Axir, ularning ham o’z hayotlari bor-ku? Harbir inson qariydi. Biz ham qachondir ularning o’rnini egallaymiz.


Yüklə 96,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin