Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
96
besh yoshlar chamasida bir xotin edi. Kumushbibi o‘ziga tomon kelguchi bu dahshatlik 
xotinni umrida birinchi martaba ko‘rar edi. «Nima qilib yuribti bu och arvoh!» deb 
o‘yladi. Xotin o‘n adimlab uzoqdan yuziga sovuq va tushda qo‘rqarliq bir kulgi tusi berdi. 
Dimog‘i bilan «qix» etib qo‘ydi. 
— Xi-xi-xi, aylanay sizdan, poshsha qiz! Mirzakarimboyning havlilari shumi? — deb 
so‘radi. Kumush «shu» javobini bergandan so‘ng o‘zi bilan ko‘rishmakchi bo‘lg‘an bu 
xotin oldig‘a ikki adim yurib tilar-tilamas yelkasini tutdi. Uning to‘g‘ri mavzun qomatiga 
yerdan bichib oling‘an mudhish xotinning qo‘llari zo‘rg‘a yetdi-da, «esonmisiz, poshsha 
qiz» deb so‘rashdi. Xotin paranjasi bilan ayvonning oldig‘a o‘lturib olg‘ach, «uff» deb 
chayqaldi va «ancha yo‘l ekan, tinkalarim qurib ketdi-ya?» deb shikoyatlandi. 
— Mirzakarimboyning havlilari aniq shumi? 
— Shu. 
— Siz kimlari bo‘lasiz boyning? 
— Men, qizlari. 
— Qix... sizga bersam ham bo‘lar ekan, — dedi xotin va yonchig‘idan bir xat chiqardi. 
— O‘g‘lim Toshkand bilan Marg‘ilon orasida qatnab oliq-sotiq qiladir. Bu gal Toshkanddan 
qaytishida birav unga shu xatni berib, Mirzakarimboyning havlilariga tez yetkuzib 
berasiz, deb iltimos qilibdir. Qix, xi-xi, aylanay sizdan poshsha qiz, qix... Maxtang‘uliq 
bo‘lmasin, o‘g‘lim ham o‘zimga o‘xshash biravning xizmati yo‘lida o‘lib qutiladir: bu kun 
tush vaqtida Toshkanddan keldi-da, onasi bilan so‘rashishni ham bilmay shu xatni 
qo‘limg‘a tutqizdi. «Jon ona, o‘zim yo‘lda juda urinib keldim, sanga adabsizlik bo‘lsa ham 
darrav Mirzakarimboynikini so‘rog‘lab shuni eltib ber, berguvchi tez berasiz deb o‘tingan 
edi», dedi. Men ham ko‘ngilchangman, aylanay poshsha qiz, kasaldan yaqinda turganim 
uchun bir qadam bosishg‘a toqatim bo‘lmasa ham savobdan quruq qolmayin, deb 
surgala-surgala havlingizni so‘rog‘lay-so‘rog‘lay topqunimcha o‘lib bo‘ldim... qix... — 
dedi. Kumush xatni xotinning qo‘lidan olib rahmat aytdi va xatning unvoniga ko‘z 
tashladi: «Marg‘ilon shahrida sokin Mirzakarim qutidor havlisig‘a». 
— Yanglishmabsiz, oyi. 
— Nega yanglishay aylanay sizdan, poshsha qiz. Ulug‘ dargohlaringizni ko‘chadagi har 
kim bilar ekan, — dedi xotin va yaltoqlanib o‘rnidan turdi. — Endi men ketaqolay, 
bolag‘inam yo‘ldan och kelib, bir qoshiq issiqqa zoriqib o‘lturgandir. 
— Ichkariga kiring, choy qaynatayliq. 
— Rahmat, poshsha qiz. Anchon icharmiz choy bo‘lsa... qix. Bir ko‘rgan bilish, ikki 
ko‘rgan tanish, deydirlar... 
Kumushbibi xotinni ortiqcha qistab o‘lturmadida, yo‘lakkacha kuzatib bordi. Xotin 
yo‘lakka burilar ekan qayrilib to‘xtadi: 
— Bu dunyoda shunaqa hojat chiqarishlardan topqanmiz, agar Toshkandgami, 
Qo‘qong‘ami otan-gizning xat-patlari bo‘lsa o‘g‘lim bajonudil olib ketadi. Shu o‘rtalarg‘a 
kelib qolsam xabar olib o‘taymi? — deb so‘radi. Kumushning «yo‘q» deyishka og‘zi 
bormay «maylingiz, og‘ir kelmasa» deb javob berdi. Xotin yo‘lakka burildi. Kumush 
ayvon tomong‘a qaytar ekan oshiqib xatni ochti. Xat kichikroq qog‘ozda o‘lchavlik 
so‘zlardan iborat edi. 
«Kumushbibi binti Mirzakarimboyga — zavji toshkandlik Otabek Yusufbek hoji 
o‘g‘lidan. Otangiz Toshkandda ekan vaqtida men bu ishni ochmoqqa og‘irsing‘an, to‘g‘risi 
uyalg‘an edim. Ma’lumingiz Toshkanddan uylanganimdan so‘ng yolg‘iz boshimg‘a ham 
Toshkanddan, ham Marg‘ilondan ikki xotin ushlab turish og‘irliq qila boshladi. Shuning 
uchun bu ikki xotinning birisidan kechishka to‘g‘ri kelib, nihoyat turmishim uchun yengil 
va orzumga muvofiq bo‘lg‘an bir narsaga qaror berdim. Ul ham toshkandlik xotinim 
bilangina qolib, sizni taloq qilish edi. Maktubni olg‘an kuningizdan boshlab o‘zingizni 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin