Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
97
mendan begona va nikohimdan tashqari hisoblasangiz bo‘ladir. Manim bu taloq xatimni 
albatta shariat peshvolari shar’iy hisoblab iddangiz bitish bilan sizga boshqa er qilmoqqa 
ixtiyor bersalar kerak. Otabek Yusufbek hoji o‘g‘li. 
13-inchi javzo, 1265-inchi yil, Toshkand». 
...Ul bu maktubni o‘zining so‘ng tomchi kuchi bilan o‘qub tamom qildi-da, jonso‘z  bir 
tovush ila «uyatsiz!» deb qichqirdi va yerga yiqilib o‘zidan ketdi... Yiqilishda qo‘lidan 
chiqg‘an qog‘oz parchasi shamol bilan uchib borib boshi yonig‘a tushdi. Yo‘lak panasidan 
mudhish bashara chiqib bir-ikki qayta unga kulib qarag‘ach, yo‘qoldi... 
Bozordan qaytqan qutidor yerda hushsiz yotqan qizi ustiga dahshat ichida yugurib 
keldi. Chakkasini zax yerga berib yiqilg‘an va kesak kabi hissiz qizini jon holatda 
quchog‘ig‘a oldi. «Qizim... Kumush... ko‘zingni och!» Ammo Kumushdan javob yo‘q edi. 
Dahshati yuz daraja ortqan holda Kumushni ko‘tarib olib ichkariga yurdi. Uyda Oftob 
oyim bilan To‘ybeka qiychuv qo‘pordilar. Ayvong‘a yotqizg‘an bo‘lsalar ham Kumushni 
o‘ziga keltirish chorasini bilmay, to‘g‘risi nima chora ko‘rishni eslari topmas edi. Barakat 
bersinki, esi yarim bo‘lsa ham To‘ybeka umrida birinchi ish qildi: sovuq suv keltirib 
Kumushning manglay va ko‘ksiga sepkan edi, seskanib o‘ziga keldi. Hushdan 
ajralayozg‘an bechoralar bu holdan so‘ng bir oz jonlang‘andek bo‘ldilar. Kumushni sovuq 
ter bosib bir necha vaqt jim yotdi, shundan keyin ohistag‘ina o‘nglanib yotib olg‘ach, 
ko‘zini ochdi. 
— Nima bo‘ldi qizim, ko‘zingga bir narsa ko‘rin-dimi? 
Kumush ko‘zini yumdi-da, entikib qo‘ydi. Javob bermadi. Bu savol otasi tomonidan 
ham berilgandan so‘ng: 
— Meni tashqaridan kim olib keldi? — deb so‘radi. 
— Men, qizim! 
— Yonimda hech narsa ko‘rmadingizmi? 
Qutidor bu savoldan boshqa gap tushundi: 
— Yo‘q, qizim, sen o‘zing yolg‘iz yotar eding. 
— Shundoq yo... — dedi. So‘zining so‘ngg‘ini aytalmadi. 
— Gapur, gapur, qizim. 
— Yonimda bir xat bor edi... meni bu holg‘a qo‘yg‘uchi shu xatdir, — dedi, bu so‘zni 
nihoyatda kuchlanib aytdi. 
Vaqt xuftanga yaqinlashg‘an edi. Qizining haligi javobi bilan sabrsizlikka tushkan 
qutidor qo‘lig‘a sham’ olib tashqarig‘a chiqdi va yerdan xatni oldi. Qizini bunchalik 
falokatka solg‘an xatni olg‘an yeridan qo‘zg‘almayoq o‘qub chiqdi. Xat haqiqatan jonso‘z 
edi. Qutidorning ham oz qoldikim, hushi boshidan uchsin... So‘ng chekda xo‘rlang‘an va 
favqulodda chayqalg‘an yuragi bilan ixtiyorsiz «makkor, insofsiz!» dedi. Ko‘z o‘nglari 
qorong‘ulanib bir necha vaqt serraygancha qoldi. Yana «yaxshiliqni bilmagan 
haromzoda» deb qo‘ydi. Boya bu xatdan xabarsiz edi. Endi qizining oldig‘a kirib, uning 
betiga qarash unga juda ham og‘irlashqan, chunki bu foji’aning bosh omili deb o‘zini 
tanig‘an edi. Borib ayvonning oldig‘a o‘lturdi va boshini qo‘llari orasig‘a oldi. Bu xo‘rlik, 
bu odatdan tashqari uyatsizlik bechora qutidorni juda ezgan; nima qilmoqg‘a, 
xo‘rlang‘an, tahqir etilgan qizini ne yo‘sunda yupatishka, bu qora kunlarni qandog‘ qilib 
o‘tkazishka bilmas edi. Shu holda ne vaqtg‘achadir qoldi. Erining kechikishidan xavfka 
tushib, Oftob oyim uning yonig‘a chiqqanda ham ul boyag‘i holda edi. 
Eru xotin qizlarining yonig‘a kirdilar-da, uning oyoq tomonig‘a o‘tib sekin-sekin 
o‘lturishdilar. Anchagina bir-bilariga qarashib qolg‘ach, Oftob oyim olg‘an taassurotini 
ichiga yutaberishka chidalmadi-da, yog‘murdek ko‘z yoshini to‘ka berdi. Qutidor ham 
xotinini kutib turgandek ko‘z yoshlari bilan soqolini yuvmakka oldi. Ko‘zi yumuq bo‘lsa 
ham ularning hozirgi hollarini sezib yotg‘an Kumushningda qaynab chiqg‘an ko‘z yoshlari 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin