Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
100
Yigit otini tut yog‘ochig‘a bog‘lab, uyga tomon yurgan ham edi, burchakdagi xaroba 
uydan o‘zini tuzatib o‘qug‘uchining qutidor havlisida ko‘rgani pakana xotin go‘yo 
onalarning «ziyondosh albasti»laridek xunuk qi-yofada yigitka qarab yugirib kela 
boshladi. Xotin yigit bilan eson-sog‘liq so‘rashqach, ikkisi uyga kirdilar. Yigit to‘nini 
yeshib uyning to‘riga irg‘itdi, boshidan qalpog‘ini olib qoziqqa ildi. Shundan so‘ng, ikkisi 
ham o‘lturishdilar. 
— Qalay, — deb so‘radi xotin, — ishing o‘ngidanmi? 
— Chakki emas. 
— O‘zi hozir shu yerda edi. Eblab kelsa shu edi, deb tashvishlanib o‘lturdi. San kelur 
oldingdag‘ina chiqub ketkan edi. 
— Uyga ketdimi? 
— Bilmadim, kelib qolsa kerak. O‘zi ham qatnay-qatnay o‘layotibdir, kecha qayta 
kelib-ketdi, qix... 
— Nimadan tashvishlanadir? 
— Ishni aytkanimdek qilolmasa, hamma mehnat to‘rt pul, deydir. 
Yigit kulimsirab olg‘ach, so‘radi: 
— O‘zimizning ishlar qalay? 
Bu savoldan xotinning yuziga umidsizlik tusi kirdi: 
— Bilmadim, do‘stdanmi, dushmandanmi haytovur olding ochilmay turadir, 
sovchiliqqa chiqmag‘an kunim yo‘q, qix... Yomon qo‘shnini yer yutsin; Marayim ku-
dingchi bo‘shashqandek bo‘lg‘an edi, uni ham qo‘shnilar o‘lgur aynatibdilar... Homidboy 
bo‘lsa bu kun unashsalaring ertaga to‘yni boshlaymiz deydir, qix... — Bu so‘zdan 
yigitning ko‘zlari olayib allanechuk tuska kirdi. 
— Qaysi qo‘shni ekan, u? 
— Qurib ketsin, yomon qo‘shnilar, qix... Man sanga qaysi bir qo‘shnini tutib beray, 
hammasi ham aynatar emish. 
— San manga o‘sha... ni ko‘rsatib ber, tobini olib qo‘yay o‘sha onangni... 
Ikkisi shu mojaroda edilar. Yo‘lakdan kirishdayoq tutka bog‘lang‘an o‘zining otidan 
odamning kelganini bilgan Homid ayvondan aylanib kirishka sabri chidamay, darichadan 
oshib uyga kirdida, yigit bilan quchoqlashib ko‘risha ketdi. O‘lturar-o‘lturmas Homid 
undan so‘ray boshladi: 
— Xo‘-o‘-o‘sh, Sodiq polvon, ishlar qanaqa, Toshkandda nima gaplar bor? 
— Nima gaplar bo‘lsin. Toshkandda tinchlik. Bahona bilan Toshkandni ham ko‘rib 
oldiq. 
— Eshigini topa oldingizmi? 
— Topdim. Aytkaningizdek, uning eshigini Toshkandda har kim bilur ekan. 
— Bulmasa, xatni ham topshirg‘andirsiz? 
— Topshirdim. 
— Bali sher, xatni qo‘lingizdan kim oldi? 
— Bir chol. 
— Yuzi cho‘ziqroq, chakkasi siqiqroq choldir. 
— Xuddi o‘zi. 
— Xatini ham ololdingizmi? — dedi va sabrsizlanib Sodiqning og‘zig‘a tikildi. Sodiq 
yuziga mag‘rur bir tus va ovozig‘a muzaffariyat ohangi berib «xatini ham oldim», 
javobini aytdi. Bu javobdan so‘ng Homidning og‘zining tanobi juda ham qochqan va 
Sodiqning yelkasiga qoqa boshlag‘an edi. Sodiq qo‘ynidag‘i xatni olur ekan, ishlatkan 
hiylasini hikoya qildi: 
— Xatni cholg‘a berdim-da, ertaga Marg‘ilon ketaman, xat bersalaringiz bemalol, 
dedim. Chol bir oz o‘ylab olg‘andan keyin, hozirg‘a xatimiz yo‘q, sizga malol kelmasa 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin