Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
104
7. QUVLANISH 
Uchinchi kundan buyoqqa qutidorning eshigi tevaragidan Sodiq ayrilmas edi... hozir 
kechki soat yettilar bo‘lib qolg‘ani uchun bu kun ham uning kelmasligiga qaror bergan va 
ketishni chog‘lar edi, lekin uzoqdan kelguchi birar otliqni ko‘rsa balki shu bo‘lmasin, deb 
yana kutib qolar edi. Ahvol bilish uchun bo‘lsa kerak, Homid ham otiga qiyshiq minib 
o‘tib ketdi. Savol nazari bilan qarag‘an edi, Sodiq boshini chayqab javob berdi. Nihoyat 
qutidor ham kundagi vaqtda bozordan qaytib uyiga kirdi. Vaqt shomg‘a yaqinlashib 
qolg‘anliqdan bitta-yarimta do‘konlar ham yopilib, o‘tkunchilar ham siyraksib qoldilar. 
Shuncha kutkanning o‘n daqiqasi deb bo‘lsa kerak, ul hamon shu o‘rtada aylanib yurar 
edi. 
Poyafzal rastasining sharqqa qarab tortilg‘an ko‘chasi boshidan bir to‘da yigitlar 
munga qarab kelar edilar. Boshda ul kelguchilarni tanimag‘an edi, yigitlar yaqinlashib 
kelgach, o‘zining o‘rtoqlari ekanini bilib o‘ngg‘aysizlana boshladi. O‘zini ulardan yashirish 
uchun qutidorning yo‘lagini jo‘blag‘an ham edi, yigitlardan bittasi: «Bu yerda Sodiq nima 
qilib yuribdir» deb yubordi, ikkinchi yigit «Sodiqboy, Sodiqboy!» bilan chaqirishg‘a 
tutinib, shuning ila Sodiq burilg‘an joyida to‘xtab qo-lishg‘a majbur bo‘ldi. 
— Nega bu yerda tegirmonchining ishsiz qolg‘an eshagidek junjayib o‘lturibsan, 
Sodiq? — dedi bir yigit. Boshqalar buning so‘ziga kulishdilar. Sodiq ham kulgiga ishtirok 
qilib, yigitlarning yaqinig‘a keldi. 
— Biravda ishim bor edi, shuni kutib o‘lturibman. 
— Sodiq dedi haligi yigit va Sodiqdan «ha» javobini olg‘ach, — burningmi Risolat 
xolamning rapidasi? — dedi. Yigitlar tag‘in ko‘chani ko‘tarib kulishib yubordilar. 
— Jur, bazmga! 
— Qanaqa bazmga? 
— Shamshodbekning bazmiga, hali Shamshodbek-ning to‘yidan xabaring yo‘qmi? Jur, 
Sodiq jiyanim, basharangmi, do‘lda qolg‘an tappimi? 
Sodiq ikkilanib javob berdi: 
— Man keyinroq boraman. 
— Eh xumsa, — dedi yigit va ariqdan sakrab So-diqning yonig‘a o‘tdi. Andijondagi 
Qaymoqxon ham kelibti, bazmi jamshid desang-chi, jur! — Yigit Sodiqni sudray 
boshladi. Boshqalar ham uning orqasidan itara ketdilar. Sodiq o‘rtoqlarining jabri ostida 
ilojsizgina borsa ham, lekin ikkinchi tomondan kutkanini bu kun ham kelmasligiga qarori 
ham yo‘q emas edi. O‘n-o‘n besh otlamdan so‘ng o‘rtoqlarig‘a itartirib o‘lturmasdan o‘z 
ixtiyoricha yuriy boshladi. Ko‘chaning janubiga qarab borar edilar. Oradag‘i g‘arbg‘a 
qarab tortilg‘an ko‘chani ham bosib to‘g‘rig‘a o‘ta boshlag‘an edilar, uzoq-dan ot yeldirib 
to‘g‘rig‘a kelguchi otliqni ko‘rgan Sodiq ko‘chaning o‘rtasida to‘xtadi. Haligi mushtumzo‘r 
yigit uni bir turtdi-da: — «Yur, yur, itbachcha, jinni-minni bo‘ldingmi?» deb sudray 
boshladi, boshqalar ham unga to‘rt tomondan chug‘urchiqdek yopishdilar. Shunday qilib 
«bechora» Sodiqni o‘z xolig‘a qo‘ymay ko‘chadan anchagina nariga surgab ketdilar. Ular 
bu ko‘chadan o‘ttuz-qirq adimlab uzoqlashg‘an ham edilar, haligi uzoqda ko‘rilgan otliq 
to‘riq yo‘rg‘asini qarsillatib katta ko‘chaga chiqdi va yigitlar kelgan tomong‘a — shimolga 
burildi. Sodiq ketar ekan, otliqqa burilib qaradi. Hasanalidan xat olg‘ani borg‘anida 
otxonada ko‘rgan qora to‘riq otni tanig‘ani on qo‘ltug‘ig‘a kirib olg‘an ro‘dapodan 
qutilishg‘a tirishib boqdi, lekin uhdasidan chiqolmag‘ach, ko‘zini yirtqichlarcha 
chaxchaytirib «it emgan da’yus!» dedi qo‘ltug‘idag‘i jonlik kishanga... 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin