Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc


BIZDA KIM KO‘P YIG‘LAYDIR?



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

10. BIZDA KIM KO‘P YIG‘LAYDIR? 
G‘ayri mashru’ taloq xati tekkaniga olti oylarcha fursat o‘tib ketkan edi. Kumushning 
go‘zallik ta’rifini g‘oyibona eshitib, og‘zining suvi kelguchi xotinliq va xotinsiz 
orzumandlar «yotib qolg‘uncha, otib qol!» so‘ziga amal qilib, qutidornikiga sovchilarni 
turna-qator yubora boshlag‘an edilar. 
Albatta, bunda shubha yo‘qdirkim, Kumushning erdan chiqg‘an xabarini Kumushning 
o‘zidan ham ilgari tushungan va Otabekdan ham ilgari sezgan Homidning sovchisi 
boshqa sovchilarning muqaddimasi, yoz boshida kelaturgan qaldirg‘ochlarning 
yo‘lboshchisi edi. Homidning sovchisi bir martaba kelish bilangina qanoatlanmadi, uch-
to‘rt qaytalab kelib qutidorg‘a Homidning kuyav o‘g‘ul bo‘lish niyatida ekanligini arzu-
niyoz qila boshladi. Natijada Homidboyning sovchisig‘a berilgan javob shu bo‘ldi: «Biz 
Homidboyni o‘zimizga kuyav o‘g‘ul qilishdan hech bir mone’lik ko‘rmaymiz. Ammo 
qizimiz mundan so‘ng er qilmasg‘a qattig‘ isror etadir. Shunga ko‘ra Homidboy bizni 
kechirsin». Boshqa sovchilarg‘a ham javob shu edi. Qutidor bilan Oftob oyimning bu 
javoblari o‘zlaricha emas, balki Kumushning ko‘ngliga qarab berilar edi. 
Biroq Kumushbibining «Man endi er qilib bo‘ldim, mundan so‘ng erga ehtiyojim yo‘q», 
degan qat’iy javobig‘a ular uzoq quloq solib turolmadilar, chunki uning bu isrorini 
«chidamasning so‘zi» deb onglar va tuzukrak joyi chiqg‘anda, erga berishka ham 
hisoblari yo‘q emas edi. Shunga ko‘ra, kelgan sovchilarning o‘zlariga yoqmag‘anig‘a 
gunohning barini Kumushning bo‘yniga ag‘darib javob berar, ammo ikkinchi yoqdan 
tuzukrak joyini ko‘zlar edilar. 
Kutilmagan yerga shaharning eng olding‘i a’yon va sarvatdorlaridan bo‘lgan Salim 
sharbatdor deganning Komilbek ismlik o‘g‘lidan sovchilar kelib qoldi. 
Ota-otaning kutkanlari shunday tegu taxtlik kuyav bo‘lg‘ani uchun birinchi martaba 
sovchilarni yaxshi so‘zlar va quyuq-suyuq oshlar bilan jo‘natib, ikkinchi kelishka 
o‘ylashib javob beraturgan bo‘ldilar. Eru xotin uzoq o‘ylashib turmay (chunki 
o‘ylashturg‘an joy emas edi) sovchining ikkinchi kelishida javob berishka qaror qo‘ydilar. 
Kumushning qarshi tushmagi to‘g‘risida, albatta, ularning shubhalari yo‘q edi. Shuning 
bilan birga ota-onaning so‘zini yerda qoldiradi, deb ham o‘ylamas edilar. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin