Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

9. UNUTOLMASA NIMA QILSIN? 
Bu gal Otabekning kutilmagan ravishda Marg‘ilon-dan tez qaytib kelishini O‘zbek oyim 
o‘zining juhud domladan qildirg‘an jodusining hind sihrini yengganligi, deb so‘yingan edi. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
117
Biroq Otabekning ko‘pisincha mehmonxonada yotib qolishi uni bu to‘g‘rida shubhaga 
tushurib qo‘yg‘an va bunda qanday hikmat borlig‘ini bevosita bilib olish uchun birarta 
romchi domlag‘a bo-rish fikriga tushkan edi. Yusufbek hojining bo‘lsa bunday mayda 
ishlarni tekshirib yurish uchun fursati ham yo‘q, uning Normuhammad qushbegi yonidan 
bo‘shag‘an vaqti ponsad va beklarnikida kengash va ziyofatlar bilan tugalar edi. Uning 
diqqatini jalb etkan narsa bo‘lsa, ul ham Otabekning tadbirsiz siyosat va ahmoq 
boshliqlar mavzu’idan olib qilaturg‘an shikoyat va hasratini keyingi kunlarda jim-jit bo‘lib 
ketkanligi edi. Bu kunlarda Otabekka eng yaqin turg‘an kishi Hasanali ota edi. Chunki 
Otabek bu keyingi kunlarini mehmonxonada o‘tkazganlikdan Hasanaliga ham uning 
yonig‘a kirishka va bir muncha so‘zlashib o‘lturishka to‘g‘ri kela boshlag‘an edi. Shuning 
uchun Otabekning qayg‘ulik hollari, uyqusiz mutolaada o‘tkan tunlari va umuman undagi 
o‘zgarishlar bu to‘g‘rida Hasanalini o‘ylatsa-da, sababini so‘rashg‘a botirlig‘i yetmas va 
so‘rashni ham foydasiz deb bilar edi. Chunki ul Otabekdagi bu hollarning sirrini 
bilgandek, muhabbati orasig‘a cho‘b bo‘lib tushkan keyingi uylanishi alamidan deb qaror 
qo‘yg‘an edi. 
Otabekning orzuliq kelin oldig‘a kirmasligi vajhidan O‘zbek oyim achchig‘landi, nihoyat 
achchig‘ig‘a chiday olmag‘an bir kuni mehmonxonada Otabek yotar o‘rnini yozib turg‘an 
choqda kirib keldi va yozilg‘an o‘rinni buzib yig‘ib tashladi va: 
— Mehmonxonada yotaberib nima qilasan, ichkariga kirib yot! — deb jekirdi. Lekin 
o‘g‘li endi ilgarigi Otabek emas edi, onasining jekirug‘ig‘a quloq solmadi-da, qaytadan 
o‘rinni yozib boshladi. O‘zbek oyimning g‘azabi tag‘in ham alanga oldi: 
— So‘zimni eshitasanmi, kar?! 
Otabek sovuqqina qilib javob berdi: 
Kar emasman, lekin sizning bu taklifingiz oldida ham kar, ham ko‘rman. Bu 
to‘g‘rida siz endi ortiqcha bosh og‘ritmang! 
— Insofsiz, adolatsiz! 
Otabek zaharxanda bilan so‘radi: 
— Men boshda sizga nima degan edim? 
— Nima degan eding? 
— Keliningiz mendan yaxshiliq ko‘rmas, demaganmi edim? Siz bilan otam bunga 
ko‘nmaganmi edingiz, siz buni inkor qilasizmi? 
— Ota-onamdan va’da olg‘anman, deb shunday xo-ting‘a jabr qilib yura berasanmi? 
— Keliningizga jabrni xohlamasangiz va o‘zingiz aytkan insofka qaytsangiz, eng oson 
bir yo‘l bor, — dedi va onasidan ma’lum «nima?» deb bilaturgan savolni kutib to‘xtadi. 
Ammo O‘zbek oyim so‘roq o‘rniga labini tishlab boshini ikki yelkasiga tebratdi. — Siz 
so‘rashni tilamasan-giz-da, men aytay: keliningizga jabrni xohlamasangiz mendan taloq 
qildiringiz va bir bechoraga bu yo‘sun azob berib yurmangiz! — dedi va bir oz to‘xtab 
davom etdi. — Siz bilgan insofni men ham bilaman. Bir bechorani faqat sizning kayfingiz 
uchun azob emas, chekkan xo‘rlig‘ini o‘ylab har kuni bir qat etdan tushaman... Agar o‘z 
kayfingizdan kechsangiz, yaxshi bilingizkim, bir emas ikki jonni azobdan qutqarg‘an 
bo‘lasiz, onajon! — dedi. 
O‘zbek oyim o‘g‘lining bunchalik qat’iy ketishini kutmagan edi va bu yo‘sun qattig‘ 
muomalani-da Otabekdan birinchi martaba ko‘rar edi. So‘z qaytarishg‘a o‘rin 
topolmadimi va yo janjalning ulg‘ayishidan qo‘rqdimi, haytovur uzoqqina istehzolanib 
qarab turg‘ach, «esingni yebsan, bolam», dedi-da, mehmon-xonadan chiqdi. 
Otabek yolg‘iz mehmonxonada yotib kun kechirish bilangina qolmadi. Kechalari 
allaqayoqlarg‘a ketib, yo‘qolaturg‘an odatlar ham chiqardi va bir-ikki qayta ortiqcha 
mast bo‘lg‘an holda qaytib, Hasanalini tamom hayratda qoldirdi. Ul Otabekka nasihat 
qilishni ham bilmas va bu sirni biravga aytish uchun ham hayron edi. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin