Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

11. «NAVO» KUYI 
Xalqimiz ta’biricha, bu zamonlar «musulmonobod» bo‘lsa-da, biroq bu tantanalik 
ta’birni buzib qo‘ya-turg‘an ishlar ham yo‘q emas edi. Xon musulmon, bek musulmon, 
xalq musulmon, buning ustiga yurish-turish ham musulmoncha, hukmlar ham 
shari’atcha edi. O‘g‘irliq qilg‘an uchun qo‘l kesiladir va yo dorg‘a osiladir. Zoni bilan 
zoniyalar ham peshtoqdan tashlanadirlar, ichkulik ichkan uchun qirq darra uriladir. Rais 
afandi mulozimlariga darra ko‘tartirib, namoz-sizlarni tekshiradir, farzi ayn bilmaganlarni 
urdiradir edi. Ish shunchalik nozik bo‘laturib ham o‘g‘rilar o‘z tirikliklari orqasidan 
qolmaydirlar. Esh aka bilan Tosh aka-ning uylari orqasidan teshilib mollari o‘g‘irlana 
beradir, peshtoqdan qopqa bo‘g‘ilib tashlanmoq uchun fohishalar ham yetishib turadirlar. 
Butun umrida peshonasi sajda ko‘rmaganlar ham ko‘b, ammo farzi aynning bosh 
tomonidan to‘rt-besh jumlani har kim qiynalmasdan sayriy olar edi. Ko‘b kishilarning 
uylarida musallas bilan bo‘zalar xumlab qaynab yotsa, ikkinchi tomonda rasmiy suratda 
ichkulik sotish bilan tiriklik qilg‘uchilar ham yo‘q emas edilar. Toshkandning Chuqur 
qishloq degan yerida qozoqlar tomonidan ochilg‘an va hamisha rustamnamo kishilar 
bilan ayqirib yotqan bo‘zaxonalar ham yo‘q emas edi. 
Besh oylab Oq masjid safarida yurib ketkach, Otabek to‘g‘ri shu Chuqur qishloq 
bo‘zaxonalaridan biriga kelib tushkandek bo‘ldi. Uni kunduz kunlari bo‘zaxonada uchratib 
bo‘lmasa-da, ammo bo‘zaxonag‘a kelmagan kechasi juda oz edi. Bo‘zagar Otabekning 
kim bolasi ekanligini yaxshi bilgani uchun hamma ishni uning tilagiga qarab qilar, ul 
keldi deguncha oddiy bo‘zaxo‘rlar yonig‘a o‘tquzmay o‘zining maxsus hujrasiga olib 
kirar, boshqalarg‘a berilaturgan loyqa bo‘zadan bermay, bo‘za-ning guli bilan mehmon 
qilar edi. 
Hozir ham ul shu bo‘zaxonada edi. Endi uchunchi kuvachani tugatib, to‘rtinchini 
chaqirg‘an edi. Bo‘zagar kirdi: 
— Bo‘za beraymi, bek? — deb so‘radi. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin