Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
128
istiqboli uchun o‘rnidan turdi: «Eyy, usta Farfi, keling-keling, bormisiz!» dedi. Usta Farfi 
salom berib, usta Alim bilan ko‘rishdi. Otabek ko‘rishishga hozirlanmagan ham edi, 
ammo kelguchining o‘zi qo‘l uzatdida, «salomatmisiz, mehmon» deb ko‘rishib oldi. 
Ayvong‘a o‘lturgach, fotiha o‘quldi. Usta Alim kelguchini xush omadi qilar ekan: 
— Siz ham kelar ekansiz-a, usta Farfi, — deb pi-ching otib qo‘ydi. Sog‘u salomatlik 
so‘ralib bo‘ling‘andan so‘ng usta Farfi qarshidag‘i yangi qurilg‘an to‘quv do‘konlariga 
ishorat qilib dedi: 
— Ishlar katta-ku, usta. Do‘konlarni ham qurib yuboribsiz. 
— Do‘konni qurg‘animizg‘a endi o‘n besh kuncha bo‘lib qoldi. Fotiha o‘qishg‘a 
kelarmisiz, deb kutdim, shu choqg‘acha daragingiz bo‘lmadi. 
— O‘zingizning boshingizdan o‘tkan, usta, — dedi biravning kafilini olg‘andan so‘ng 
ishni tashlab chiqish qiyin, jum’aning sharofatlari bilan oshna-og‘aynilarnikiga borilmasa 
boshqa iloji yo‘q, axir o‘zingizning ham boshingizdan o‘tkan-ku. 
— Yo‘q-yo‘q, — deb kuldi usta Alim, — men sizga o‘xshab do‘konning ustida sira 
tuxum bosqan emasman, simkorni ko‘zim qiymaydir desangiz, men ishonar edim. 
— Bu gapingiz to‘g‘ri, — dedi kulib usta Farfi, — jo‘jalari tushkir yildan-yilga ko‘payib 
boradirlar, qozonni suvga tashlag‘an kunimiz janjal. 
Usta Alim dasturxon yozish uchun hujrasiga kirganda usta Farfi Otabekka qaradi. 
— Sizniki qayerdan, mehmon? 
— Toshkanddan. 
— Juda yaxshi, qani yuqoriga chiqing, mehmon, — dedi. Otabek rahmat aytib joyidan 
qo‘zg‘almadi. Usta Farfi uni yana bir qat ko‘zdan kechirib olg‘ach, cho‘k-kalashini buzib 
chordana qurib oldi. Dasturxon yozilib, ertangi nonishta uchun damlab qo‘yilg‘an choy 
olinib kelindi. Usta Alim Shokirbekni yuqorig‘a chiqishg‘a qistasa ham ul kavshini 
yeshmay eskicha o‘ltura berdi. Un-dan-bundan so‘zlashib choy ichishka boshladilar. Usta 
Alim bilan usta Farfining so‘zlaridan ilgarida bir ustakor-nikida ishlaganliklari, mundan 
yigirma kunlar burun usta Alimning ustakor bilan nima uchundir urishkanligi va shundan 
so‘ng o‘z uyiga do‘kon qurib o‘zicha ishlay boshlag‘anlig‘i onglashilar edi. Usta Farfi 
undan achchig‘lanish sababini so‘rasa ham ul qanoatlandirarlik javob bermas, faqat 
«yomon odam ekan, to‘ng‘iz» bilan kifoyalanar edi. Shu vaqt Otabek qo‘lidag‘i piyolasini 
bo‘shatdi-da, usta Alimga dedi: 
— Endi menga ruxsat berasiz, usta. Men jo‘nayman. 
Usta Alim ajabsinib unga qaradi va: 
— Nega tag‘in ketmakchi bo‘lib qoldingiz? Uch-to‘rt kun turmoqchi emasmi edingiz? — 
deb so‘radi. 
— Marg‘ilondag‘i ishlarim bitib qoldi, o‘zim ham zerikib boshladim... 
— Bo‘lmasa choy tugalsin, shundan so‘ng sizga ruxsat,— dedi usta Alim va bir piyola 
choy to‘ldirib berdi. Otabekning izn so‘rashi bilan bo‘linib qolg‘an savolini usta Farfi 
davom etdirdi: 
— To‘g‘risini aytingiz-chi, usta, nima uchun ustakor bilan achig‘lashdingiz? 
— U sizga aniq aytmadimi? 
— Aytmadi. So‘rasam, gapni boshqa tarafka chalg‘i-tadi. 
— Imonsiz, aytishka uyalg‘an, — dedi usta Alim va kimgadir nafratlanib qarag‘andek 
bujmayib qo‘ydi. 
— Haytovur siz bilan achchig‘lashqan sababini so‘ra-sam, gapni chetka buradi. 
Usta Alim qo‘lidag‘i piyolasini qult etib bo‘shatdi-da, ustakori bilan achchig‘lashish 
sababini so‘zlab berdi: 
— Men Homidning qaynim Sayfiga yomon ko‘z bilan qarab yurganini sal-pal sezib 
yurar edim... Urisha-turg‘on kunimizning ertalabida Sayfini ilgariroq ishka jo‘natdim-da, 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin