Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
131
— Bilaman, hamma vaqt yurish-turishi o‘shaning bilan edi. 
— Bali, — dedi usta Farfi, — O‘sha Umarbek bilan oralarig‘a yaqinda bir sovuqliq 
tushdi-da, mundan o‘n kuncha ilgari Homidning bir mudhish vahshati to‘g‘risida 
Umarbekdan bir sir eshitdim. Homid Komilbekni o‘ldirganda ustida bo‘lmag‘an bo‘lsam 
ham, ammo haligi eshitkan sirimnnig dalolatiga qarab albatta Komilbekning qotili Homid 
degan fikrga tushdim... Siz mundan uch yilcha ilgari Marg‘ilon kelib Mirzakarim akaning 
qizig‘a uylangan Otabek ismlik toshkandlik bir yigitni haligi qayin ota bo‘lmish 
Mirzakarim aka bilan qamalib, osilishg‘a hukm qiling‘anlarida dor ostidan qutqarilish 
voqi’alarini xotirlaysizmi?.. Albatta yodingizda bo‘lsa kerak, hov, biz Sariboyning 
do‘konida choy ichishib o‘lturg‘an edik-ku, yodingizga tushdimi? 
— Esimda bor, esimda bor, — dedi usta Alim va Otabekdan so‘radi, — balki siz 
tanirsiz, Toshkandda mashhur bo‘lg‘an Yusufbek hoji deganning o‘g‘li. 
— Taniyman, — dedi Otabek va hikoyani buncha uzoqdan solg‘ani va o‘z ustida gap 
yurgizgani uchun tong ajab ichida usta Farfining og‘zig‘a qarab qotqan edi. 
Usta Farfi yarim-yarim tovishda davom etdi: 
— Ana shu yigitning olg‘an xotini juda ham nozanin bir qiz bo‘lib, bu qizg‘a bizning 
Homid ham xaridor ekan. Halig‘i Otabek qizg‘a uylanib qo‘yg‘ach, bizning Homid tikanga 
ag‘nab, oradan Otabek bilan Mirzakarim akani ko‘tarish fikriga tushkan va bo‘lmag‘an 
chaqimchiliqlar bilan ularni dor ostig‘acha tortishg‘a muvaffaq bo‘lg‘an... (So‘z bu yerga 
yetkanda, Otabek bilintirmaslik qilib bir entikib qo‘ydi). Usta Farfi davom etib dedi: — 
Ammo xudoning haqini nohaq qilmaslig‘i so-yasida bir maktub sababi bilan kutmagan 
joyda dor ostidan najotka chiqg‘anlar. Bular oqlang‘ach, Homidning o‘zi qamalaturg‘on 
bo‘lib ammo qo‘rboshining yordami orqasida Qo‘qong‘a qochib qutilg‘an va ul yerda ham 
tinch yotmay O‘tabboy qushbegini poraxo‘rlikda ayblab, Musulmon cho‘loqqa ariza 
bergan, — dedi va so‘zini bu yerda to‘xtatib ustadan so‘radi: — O‘zingiz ham bilsan-giz 
kerak, Homid bir kecha yo‘qolib, uch oylab bedarak ketkan va uni qo‘rboshi yigitlari 
qidirib yurgan edilar. 
Usta Alim tasdiq ishorasini berib: 
— So‘zlay beringiz, — dedi. Ammo Otabek bu dahshatlik haqiqatni eshitmakda 
bo‘lg‘an quloqlarig‘a ishonmas va o‘zini kuch orqasida tutib turar edi. 
Usta Farfi tovshini sekinlatib davom etdi: 
— Homidning Musulmon cho‘loqqa bergan arizasidan so‘ng Otabek bilan O‘tabboy 
qushbegi Qo‘qong‘a chaqiriladirlar-da, so‘roqdan so‘ng yana oqliqqa chiqadirlar. 
Ammo Homid uch oylab Marg‘ilon kelalmay yurgach, nihoyat yana qo‘rboshining 
yordami bilan kelishka ham muvaffaq bo‘ladir. Biroq Homid hanuz tinch yotolmaydir. 
Fursati kelishi bilan yana bir yomonliq qilmoqqa, qutidorning qizini o‘ziniki etishka o‘ylab 
yuradir. To‘ng‘izning baxtiga bu fursat ham to‘g‘ri kelib, yana yomonliqqa yuz qo‘yadir. 
Shundoqki, Otabekning Toshkanddan ham uylanganini bilib, uning tilidan bir taloq xati 
yozdiradi-da, Mirzakarim akanikiga kirguzadir. 
Otabek o‘zini nechog‘liq bosib ushlab kelgan bo‘lsa ham, lekin endi ichidan qaynab 
toshib ketkan hissiyo-tini bosolmadi — «vijdonsiz, to‘ng‘uz!» dedi-da, ixti-yorsiz o‘rnidan 
turib ketdi. Usta Alim ham o‘zini tinch tutolmadi, «Badbaxt, kofir!» deb qo‘ydi. 
Otabekning o‘zgarishidan usta Farfi shubhaga tushayozg‘an bo‘lsa-da, lekin usta 
Alimning ham unga qo‘shilishi uni o‘yla-tib turmadi, Otabek qaytib o‘rniga o‘lturg‘ach, ul 
davom etdi: 
— Bu soxta taloq xati to‘g‘risida Otabekning nima qilg‘anlig‘i Homidga ham ma’lum 
bo‘lmaydir. Lekin ish Homidning o‘ylag‘anicha natijalanib, bir necha vaqtdan so‘ng 
Mirzakarim akaning qizini taloq qilinishi xabari chiqib qoladir. Oradan uch-to‘rt oyni 
o‘tkazub, bizning Homid Mirzakarim akanikiga sovchi kirguzadir. Ammo Mirzakarim aka 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin