Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
162
xotinni uyingizga yo‘latmasinlar va chetdan kelgan taomni yemasinlar deb. Har holda 
yomondan xazar lozimdir”, deb yozar edi. 
Bu xatdan keyin Marg‘ilondan tiq etkan xabar bo‘lmadi va oradan ikki oylab fursat 
o‘tib ketdi. Shuning uchun Otabekning kunlari quyosh botib chiqg‘an sayin bir 
onglashilmovchiliqg‘a, qorong‘uliqg‘a kira borib, har soat achchig‘ va yo chuchuklig‘i 
noma’lum bir hol kechirib boshladi. Ba’zi kezlarda ul umid quchog‘ida shoshib qolar edi 
va ikkinchi vaqtda yaramas — qora xayollar bilan entikar edi. 
Umidlangan kezlarda: 
— Oy tuynukdan tubanroqda, bu kun bo‘lmasa erta— chimmati qo‘lida, paranjisi 
ustida, sarig‘mi, qorami atlas ko‘ynagi egnida darbozadan kirib kelgandek va 
o‘pkalangandek... 
Ikkinchi bir vaqtda kimningdir quyidagi gapini eshitar edi: 
— Ul o‘zining dushmanlarini o‘ldirish uchungina Marg‘ilong‘a qatnab yurg‘an ekan, 
hisobini tugatdi-da, bedarak ketdi, qoldi. Tuzukroq joyi chiqsa berib qolayliq Kumushni... 
umri ham o‘tib boradir. 
Ana shu qora xayol uni chindan yonib turg‘an bir o‘t ichiga tashlar va shu choq o‘zini 
muvoxazaga boshlar edi: «Men nega ikki yil sarson bo‘lib yurdim-da, bu sarsonlig‘ning 
natijasiga borib chiqg‘anda shunday ahmoq-liqqa tushdim?” der va Marg‘ilon yo‘lini 
ko‘zlar edi. Ammo endi unga Marg‘ilon borish o‘naqayi sira kelmas: «Men nega keldim-
da, endi nega boraman va nima deb boraman? Qizingizni Toshkand olib tusharsiz deb 
ketkan edim... Siz olib tusha bermaganigizdan keyin o‘zim qaytib keldim deyaymi?” 
Otabek mana shunday chuchmal azoblar ichida keyingi kunlarini kechira boshladi. 
Oy to‘lmasdan Marg‘ilon qatnab turg‘uchi o‘g‘lini endi uch oylab qo‘zg‘almay qolishi 
uchun O‘zbek oyim eskicha yana quvonib ketdi. «Keyingi qildirg‘an issig‘-sovug‘im kor 
qildi shekillik, birato‘lasig‘a Marg‘ilonni tiliga olmayoq qo‘ydi. Endi xotinig‘a isib, 
mehmonxo-nada yotishni ham barham bersa... har nuchukda duodan qolmayliq”, deb 
Zaynabni domlanikiga qistar edi. 
Otabek keyingi vaqtlarda savdoga yurishni tark qilib qo‘yg‘ani uchun Hasanali ishsiz 
qolg‘an, uzun kun uyda bekor zerikkanlikdan hojiga aytib bir muncha dastmoya bilan 
guzardan baqqolliq do‘kon ochgan edi. Otabek ko‘pincha mehmonxonasidagi 
kutubxonadan uni-buni o‘qub o‘lturar, o‘qushdan zerikkan kezlarida Hasan-alining 
do‘koniga chiqar va guzardan ham zerikkandan keyin boshi og‘qan yoqlarg‘a, Salor 
bo‘ylarig‘acha ketar va gohi Chuqur qishloq tomonlarig‘a ham tushar edi. Ammo 
tushkani bilan burung‘icha ichmas, ikki-uch, ortib ketkanda to‘rt oyoq ila kifoyalanar
ko‘z o‘nglari oz-oz jimirlashkan, turlik xayollari bir muncha tarqalg‘an holda qaytar va 
lekin Hasanali ham uning bu kayfini juda siyrak seza olur edi. 
O‘tkan kun Chuqur qishloqqa tushkan edi. Asr vaqtlarida qaytib guzarga keldi-da
xayolat bilan Hasanali do‘koniga o‘lturdi. Otliq, yayov o‘tkinchilar to‘rt tomong‘a qatnab 
turardilar, uning bu kungi kayfi o‘tacharoq ketkan bo‘lsa kerak, ularni g‘ira-shira ko‘zga 
ilgandek qaraydir. 
Hasanali bir-ikki uni kuzatkandan keyin so‘radi: 
— Marg‘ilong‘a nega ketmay yuribsiz? 
Bu savoldan uning kayfi tarqalg‘andek bo‘lib, ko‘zlari moshdek ochildi. 
— Havsala yo‘q... 
— Qayin otangiz ko‘nsa, ko‘chingizni olib kelsangiz ham ma’qul edi qatnab 
yurg‘andan... 
— Qaydam... 
Ilgari shunday savol chog‘larida o‘zining yolg‘on javoblaridan juda xafalanar
Hasanaliga o‘tkan gaplarni birin-birin aytib bergusi va «manim uylanishimga sen sabab 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin