Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
18
aladdavom rabbulolamindan rajo va tamanno etmakdamiz. Janobi Haq bod fursatlarda, 
yaqin va sa’id soatlarda to‘kis-tugallik birlan diydor ko‘rishmakka nasib va ro‘zi qilsin, 
omin yorabbulolamin. Ba’dab so‘zimiz: o‘g‘lim, Marg‘ilong‘a  sihhat va salomat yetish 
maktubingni olib haq taolog‘a shukurlar qildik. Bizning Toshkanddan ahvol so‘rasang, 
balki Marg‘ilong‘a ham eshitilgandir, munda Azizbek qandog‘dir bir kuchka tayanib 
Qo‘qong‘a isyon etdi. Xazina hisobini olish uchun kelg‘an devon beklarini o‘ldirib o‘rda 
darbozasiga osdi, bunga qarshi Qo‘qon ham tinch yotmag‘an bo‘lsa kerak. Bu kun 
Kirovchidan besh ming sipoh ila Normuhammad qushbegini Toshkand ustiga 
buyurilg‘anlig‘in eshitdik. Fuqaroning tag‘in qandog‘ ko‘rguliklari bor ekan, o‘g‘lim! 
Kechagina qonliq qilichini fuqaro ustida yurguzib turg‘an Azizbekka uning tig‘i zulmi 
bilan qora qonig‘a  belanilgan o‘g‘lining, otasining, onasining, og‘asining mazlum gavdasi 
tuproq ostida hali chirib bitmay turib bu kun xalq yana Azizbekka, o‘sha qonxo‘rg‘a o‘z 
qoni bilan yamin etdi; Azizbekni to o‘zining bir tomchi qoni qolg‘unchaliq himoya 
qilmoqqa ond ichdi. Azizbekning buyrug‘i bilan kecha o‘rda tegiga barcha Toshkand xalqi 
yig‘ilg‘an, bu yig‘inda ulamolar ham bor, fuzalo ham bor; xulosa, shaharning har bir 
sinfidan ham hozir edi. Azizbek o‘rda qorovulxonasidan turib fuqarog‘a salom qildi. 
Azizbekning salomiga musharraf bo‘lg‘unchilarning ko‘z-laridan yoshlar oqmoqda edi. 
O‘g‘lim, sen bir qadar oq  bilan qorani ajrata olasan, yozg‘anlarimni diqqat bilan o‘qi. 
Azizbek o‘rda darbozasig‘a osilg‘an ikki gavdani ko‘rsatib so‘radi: 
«Fuqaro! Ko‘rasizmi bu ikki gunohkorni, nima uchun bu jazog‘a mustahiq bo‘ldilar?» 
Xalq: 
«Bilmaymiz, taqsir». 
Azizbekning o‘zi javob berdi: 
«Bular Musulmon cho‘loqni sarkardalaridan, qip-choqlarning yo‘lboshchilaridan va 
qora choponning dushmanlaridan bo‘lgan ikki to‘ng‘izning gavdalari! Men bularni siz qora 
chopon fuqarom tomonidan o‘ch uchun o‘ldirdim, siz qora chopon og‘aynilarning qipchoq 
qo‘lida shahid bo‘lg‘an qarindoshlaringizning ruhlarini shodlandirmoq uchun o‘ldirdim! 
Yoki bu harakatim adolatdan emasmi, fuqaro!» 
Xalq javob berdi: 
«Adolat! Xo‘b qilg‘ansiz, taqsir! Qipchoqlarning ja-zolari shunday bo‘lmog‘i kerak!» 
Azizbek maqsadg‘a ko‘chdi: 
«Siz qora choponliqlarg‘a xolisona qilg‘an bu xizmatimga qarshi albatta qipchoqlar 
qasdimg‘a tusharlar, meni Toshkand hokimligidan azl etmakchi va qo‘llaridan kelsa hatto 
o‘ldirmakchi bo‘lurlar! Siz bu ehtimolga qandog‘ qaraysizlar?!» 
Xalq o‘zining quyidag‘i javobi bilan ko‘kni ko‘tardi: 
«Bir tomchi qonimiz qolg‘uncha yo‘lingizda jon beramiz! Qipchoqlarda had 
bo‘lg‘aymiki, biz tirik turg‘an joyda sizning bir tola mo‘yingizni xam qilsinlar!» 
Azizbek xalqqa tashakkur aytib yarasini yordi: 
«Rahmat fuqaro! Eshitamanki, qipchoqlar Normu-hammad qushbegi qo‘l ostida 
Toshkand ustiga harakat boshlag‘an emishlar. Bunga qarshi bizning hozirlanishimiz 
kerakmi, yo‘qmi fuqaro?!» 
Xalq: 
«Kerak, albatta kerak, taqsir! Agar ruxsat bersangiz, bu kundan boshlab qo‘rg‘onlarni 
tuzata beramiz!» 
Azizbek: 
«Rahmat fuqaro! Orqamda sizningdek fuqarom turg‘anda menga hech bir qayg‘u 
yo‘qdir!» 
Xalq: 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin