Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə231/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
195
— Qo‘ying-chi... O‘zingiz har bir narsani ham ko‘ng-lingizga olaberar ekansiz... men 
unaqa emasman... 
Boshlanishda anchayin hazilga o‘xshab ko‘ringan bu kinaxonliq kutilmagan joyda bir 
tus olib ketdi. Kumush o‘n besh kunlardan beri yig‘ilib kelgan achchig‘ini bir varakay 
to‘kib soldi: 
— Men ko‘nglimga olsam arziydirganini bilib olaman, — dedi. 
— Oldingizg‘a chiqmag‘anim yuzingizni ko‘rmaslik uchun bo‘lg‘anini siz qayoqdan 
bildingiz, manim ichimga kirib chiqmag‘andirsiz-ku, axir? 
Zaynab ham ancha qizishib oldi. Kumush undan ham oshib tushdi: 
— Bilish uchun ichingizga kirib chiqishim shart emas... Ba’zi ishlaringiz ichingizdagini 
menga ochiq so‘zlaydir. 
— Qaysi ishlarim? 
— So‘ramang... 
— Bilmagan bo‘lsam bildirib qo‘ying, axir. 
— Aytsam yana achchig‘ingiz qistaydir... 
— To‘g‘ri gap bo‘lsa achchig‘im sira qistamaydir... 
Yaqinroqda yumish qilib yurgan Oybodoq eshitmasin uchun sekinroq tovushda: 
Qistamasa aytay, — dedi Kumush, — eringiz manim oldimg‘a kirsa, nega ishingiz 
bo‘lsa-bo‘lmasa kirib o‘ltirib olasiz-da, yolg‘iz qolg‘animda kirmaysiz? 
— Shundog‘ deyarsiz, deb turg‘an edim o‘zim ham— dedi Zaynab,— kirishimni ham 
ko‘nglingizga olg‘an bo‘lsangiz, endi mundan so‘ng kirmaganim bo‘lsin. 
— Qani, to‘g‘ri gapka achchig‘ingizning qis-ta-mag‘ani? 
— Axir, eringiz bilan yolg‘iz o‘ltirg‘aningizda mundan so‘ng kirmayin deyapman-ku. 
— Egrilikka olmang, Zaynab, — dedi Kumush, — men bu gapni yonimda erim 
bo‘lg‘anda kirma, deb aytmadim, balki boyag‘i so‘zimning isboti uchun aytdim... 
Bu o‘rinda ikkisi ham jim bo‘ldilar. Oybodoq darichaga kelgan edi: 
— Tushlik osh vaqti bo‘ldimi, nima tomoq qilsamikin? 
Kumush Zaynabka qaradi: 
— Nima tomoq buyuramiz? 
— Sizdan so‘rayapti... 
— Zaynabnisa yaxshi ko‘rgan tomoqni qilingiz, — dedi Kumush. 
— Lag‘mon qilaymi? — deb Oybodoq Zaynabka qaradi. 
— Tomoqqa ishtihom yo‘q, o‘zingiz bilganingizcha qilabering. 
Oybodoq ketdi. Uning keti bilan Zaynab «tavba» deb qo‘ydi. 
— Tavba demang, Zaynab... Bu gaplar ayniqsa siz bilan menga kelishmasa ham 
azbaroyi meni yolg‘iz tashlab qo‘yg‘aningizdan aytdim... men sizning uyingizga butun 
umrga kelgan emasman... Atigi uch-to‘rt kun qayin ota, qayin onalarimni ko‘rib ketish 
uchungina kelganman. Shunchalikka bir-biravimizdan chetlashib, ming‘ayishib 
yurishimiz kishiga og‘ir kelar ekan. 
Kumushning «uch-to‘rt kuni...» bilan Zaynab yo-rishib ketgandek bo‘ldi: 
— Voy o‘lay, Kumush opa, — dedi Zaynab bo‘shashqan ohangda, — chindan ham 
ko‘nglingizga olibsiz deyman. Ko‘nglimda tariqdek yomonlig‘im bo‘lsa, ertagacha 
yetmayin. 
«Ketish» so‘zini eshitib ond ichib boshlag‘an Zay-nabka Kumush ichdan kulib qo‘ydi 
va «endi o‘lsam ham ketmay, sen qarab tur!» deb yandi. 
Shundan keyin oradan gap-so‘z to‘xtag‘andek bo‘ldi. Kumush tizzasini quchoqlab 
nimanidir xayolida, Zaynab bo‘lsa qatimini uzun tortib to‘ppisini tikar edi. Anchagina shu 
holatda qatim tortqandan so‘ng Zaynab sekingina qarshisidag‘i g‘ayri rasmiy yovg‘a 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin