Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
66
— Chilim! 
«Shundog‘ qilib sizning o‘z kishingiz bo‘lg‘an O‘tab-boy tuz haqingizni unutdi. Bir 
hamyon oltin deb dushman-laringiz tarafiga o‘tdi. Sizning xayrixoh qullaringizdan 
bo‘lg‘an biri o‘z shahrini tashlab Qo‘qon qochmoqqa va ulug‘ dargohingizga sig‘inmoqqa 
majbur bo‘ldi. Men, xolis qulingiz o‘zimning sadoqatim evaziga bunday mukofot olg‘anim 
uchun qayg‘irmayman va lekin O‘tabboy va Otabek kabi xoinlarni kundan-kunga kuch 
olib davlati shahriyorig‘a dahshatlik bir falokat tug‘dirishlaridan qayg‘iraman. Bu maktub 
sodiq bir qulning xolis sadoqatidan bir namunadir. Men shuning ila shoyad o‘z 
bo‘ynimdag‘i vazifani ado etkan bo‘lurman. Shoyad davlat dushmanlarini o‘z oyog‘laridan 
yitib ketishlariga sabab bo‘lg‘an bo‘lurman. 
O‘zimning bu xizmatim evaziga bir mukofot olish muddaosida bo‘lmag‘animdan va 
nimaiki janoblari yo‘lida mashaqqat chekkan bo‘lsam o‘zimning bir vijdoniy vazifam deb 
bilib, bu maktubda o‘z otimni yozishg‘a ham tilamadim. Yosh xonimizga tinch va 
shavkatlik davr, davlat xoinlariga o‘lim tilab bir g‘aribi bechora». 
Musulmonqul nihoyatda tutoqqan edi. Hozirgi borliq alamini tamakudan oladirg‘andek 
hudaychi keltirgan chilimga yopishdi-da, shig‘-g‘ etdirib, sarxonani sindirish darajasiga 
yetkuzib tortdi. Og‘zidan pag‘a-pag‘a tutun chiqarar ekar, xatning mazmunini 
Xudoyorg‘a so‘zladi. Toshkand ustiga yuborg‘an sipohlari bilan Normuhammad 
qushbegini nihoyat Toshkandni ololmay qaytish xabarini eshitib, so‘ng darajada 
ma’yusiyat ichida o‘lturgan Musulmonqul uchun bu maktub yara ustiga tuz sepish 
qabilidan tag‘in ham alamlik bo‘lib tushkan edi. 
— Xudaychi! 
— Labbay taqsir! 
— Mirzani chaqir! — dedi Musulmonqul, so‘ngra qo‘lidagi maktubni taxig‘a solar ekan, 
Xudoyorg‘a dedi:— Eshitdingizmi, o‘g‘lim! Azizbek bilan Yusufbek bizga nimalar 
qilmoqchi bo‘ladirlar? O‘zimizning sodiq kishimiz, deb o‘g‘lag‘an O‘tabboy ham 
dushmanlarimiz bilan birgalashib boshlag‘an... Xayr qo‘llaridan kelganni qilib 
ko‘rsinlarchi, biz ham mundan keyin o‘shandoq ko‘rnamaklar bilan qiladirg‘an 
muomalamizni bilarmiz. 
O‘z saltanatiga raxna solishdan iborat bo‘lg‘an bu xabarlardan Xudoyorxonning 
mutaassir bo‘lg‘anlig‘i belgusiz, ul bu gapni eshitmasdan ilgari qanday bo‘lsa, hozirda 
ham shu holda o‘zgarishsiz edi. Musulmon-qulning yonib turg‘an, o‘tdek tutoqib 
so‘zlag‘an gapini sukut bilan kechirmaslik uchungina bo‘lsa kerak quruq va shirasiz qilib: 
— Hammadan ham O‘ttaboyni aytingiz, ablah bir odam ekan, — dedi, — meni 
siylamag‘anda ham sizni rioya qilsa kerak edi. 
— Yaxshiliq qilg‘an kishingdan hech bir yaxshiliq qaytmas ekan, — dedi Musulmonqul. 
— Jumladan, bittasi ko‘z o‘ngimizda — Azizbek. Men uni yoshlig‘idan boshlab o‘z 
qo‘limda o‘stirdim, Toshkand hokimligidan Salimsoqbekni olib uning o‘rniga hokim 
tayinladiq. Biroq shunchalik yaxshiliqlarimizg‘a qarshi natijada bizga yog‘iy bo‘ldi, 
bo‘lsin; ul Toshkandning o‘zigagina qanoatlanmay Marg‘ilon bilan ham ish qilmoqchi 
bo‘lsa, bunisini ham biz ko‘raylik. 
Mirzaboshi kirib xong‘a qulliq qildi va Musul-monqulg‘a qarab qo‘l bog‘ladi. 
Musulmonqul yana xumori bo‘lg‘an edi — «Chilim!» deb tashqarig‘a qichqirdi, so‘ngra 
mirzoboshig‘a dedi: 
— Hozir Marg‘ilon hokimi O‘tabboy qushbegiga bir xat yozib, chopar bilan yubor. Xatni 
olg‘an zamon Yusufbek hojining o‘g‘li Otabek deganni olib huzurimizga kelsin! 
Mirzobashi  qulliq qilib orqasi bilan yurib chiqdi. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin