Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

1. OTA-ONA ORZUSI 
O‘zbek oyim elli besh yoshlar chamaliq, chala-dumbul tabi’atlik bir xotin bo‘lsa ham, 
ammo eriga o‘tkirligi bilan mashhur edi. Uning o‘tkirligi yolg‘iz erigagina emas, Toshkand 
xotinlarig‘a ham om edi. O‘zga xotinlar uning soyasiga salom berib to‘ylarida, azalarida, 
qisqasi, tiq etgan yig‘inlaridag‘i uylarining to‘rini O‘zbek oyimg‘a atag‘an edilar. Bir 
bugina emas, qiz chiqaraturg‘an, o‘g‘ul uylantiradirg‘an, sunnat to‘yi qila-dirg‘an xotinlar 
o‘z to‘ylarini O‘zbek oyim kengashidan tashqari jo‘nata olmas edilar. O‘zbek oyim 
aralashqan to‘ylik xotinlarning ko‘ngillaridagi orzu havaslari ham erlari tomonidan 
kamchiliksiz bajarilar, chunki «O‘zbek oyim shundog‘ buyurdilar» degan so‘z erlar uchun 
ham farz kabi eshitilib, O‘zbek oyimning aytkanicha hozirlik ko‘rila boshlanar edi. Bu 
tomondan qarag‘anda O‘zbek oyimning o‘tkirligi erlar tomonidan ham tasdiq etilganligini 
iqror qilishg‘a to‘g‘ri keladir. 
O‘zbek oyim uncha-muncha to‘yu azalarga «kavshim ko‘chada qolg‘an emas» deb 
bormas edi. Shuning uchun xotinlar o‘z to‘ylarini O‘zbek oyim ishtiroki bilan o‘tkazib 
olsalar, o‘zlarini shaharning eng baxtlik xotinlaridan sanab «maning to‘yimni bek oyim 
o‘z qo‘llari bilan o‘tkazdilar» degan jumlani majlislarda  iftixor  o‘rnida so‘zlab yurar 
edilar. O‘zbek oyimning obro‘si yolg‘iz shular bilangina cheklanib qolmas, uni o‘rda 
xonimlari ham ehtirom qilib o‘zlarining «onaxonlari» deb bilar edilar. Shunga ko‘ra qaysi 
bir vaqtlarda o‘rda yasovullari Yusufbek hojining eshigiga arava ko‘ndalang qilib «o‘rda 
begi oyim buyurdilar”, deb O‘zbek oyimning yasanib chiqishini kutar edilar. Bu tomon 
bilan qaysi bir majlislarda O‘zbek oyim xotinlarning eslarini ham chiqarib yuborar edi: 
«Kecha o‘rda bek oyimdan menga arava kelgan ekan, fe’lim aynab turg‘an edi, bormay 
aravadan bo‘sh qaytardim... Bo xudo, o‘rda bekachi bo‘lsa o‘ziga, dedim» der edi. 
Ikkinchi vaqtda: «O‘tkan kun o‘rdaga borg‘an edim; xonimlar yotib qolasiz deb 
qo‘ymadilar, noiloj bir kecha yotib keldim”, deb so‘z orasig‘a qistirib ketar edi. Bu 
so‘zlarni eshitkuchi xotinlar o‘zlarining  qandog‘ bir xotinning suhbatiga noil bo‘lg‘anlarini  
o‘ylab, O‘zbek oyimning ehtiromini tag‘in ham kuchaytirar edilar. 
Ul o‘z uyida o‘lturg‘anida ham ustidagi atlas ko‘ynak bilan adras mursakni, oq shohi 
dakana bilan kahrabo tasbihni qo‘ymay, qish kunlari tanchadan par yostiqqa suyalib, yoz 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin