Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
75
tipirlashib qolg‘an va izzat-ikromni haddan oshirg‘an edilar. Yegan og‘iz uyalar qabilidan 
O‘zbek oyim ham muomalani qudalarcha qildi, hatto: «Bek otangiz bilan men so‘zni bir 
joyiga qo‘ydiq. Faqat ish Otabekning ke-lishiga qoldi» deb qo‘ydi. Kechqurun uyga 
qaytib bu aytkan so‘zini hikoya qilg‘an edi, hoji labini tishlab qoldi va: «Sanga sira aql 
bitmay ketar ekan-da», dedi. 
Bir oylab kechikkandan so‘ng Otabek qaytib keldi va bu kelishining vijdon azobi va 
tilamagan bir taklifni eshitish uchungina emas, balki qabul qilish uchun bo‘lg‘anlig‘ini 
payqadi. Ul bu gapni onasining ilgarigi achimsiq so‘zlarini va arazlarini tugalganidan va 
o‘rniga chuchuk so‘zlar, silliq muomalalar bitib «eson-sog‘ kel-dingmi, bolam»laridanoq 
sezgan edi. Bunday bo‘lmag‘ur taklifni eshitmas uchun o‘zini chetka olib, otasi, ayniqsa 
onasig‘a yo‘liqishdan qochib yurishka majbur bo‘ldi. Ikki oradag‘i bu qochish-quvish ishi 
uzoqqa cho‘zilmay, bir kun mehmonxonada ota-o‘g‘ul so‘zlashib o‘lturganning ustiga 
O‘zbek oyim kelib kirdi va o‘lturmasdanoq hojiga imlab qo‘ydi. Bu imqo‘qni Otabek 
payqamag‘an bo‘lsa ham lekin anuv gapni aniq shu majlisda ochilishig‘a ko‘zi yetib, 
chiqib ketishning ilojini qilolmadi. O‘zbek oyim kelib kirgandan so‘ng Yusufbek hoji bir 
necha vaqt o‘ylab qoldi. O‘zbek oyim depsinib-depsinib eriga qarab olar edi. Anchagina 
so‘zsiz o‘lturg‘andan so‘ng hoji muloyimona so‘z ochdi. 
— O‘g‘lim, hali san eshitdingmi, yo‘qmi haytovur biz saning ustingdan bir ish qilib 
qo‘ydiq... 
Otabek ma’lumki, ularning «qilib qo‘ygan yoki qilmoqchi bo‘lg‘an ishlarini» albatta 
bilar edi. Shundoq ham bo‘lsa bilmaganga solindi: 
— Aqllik kishilarning o‘g‘ullari ustidan qilg‘an ishlari albatta noma’qul bo‘lmas, — dedi. 
Hoji o‘g‘lining bu javobidan yerga qaradi va nima deb davom qilishni bilmay qoldi. 
Istehzo aralash xotinig‘a qarab oldi. Yana orag‘a jimjitlik kirdi. Bu so‘zsizlik ma’nosig‘a 
O‘zbek oyim tushuna olmag‘an edi. Bir oz qarab o‘lturg‘ach, yuragi qaynab ketkandek 
bo‘ldi: 
— Biz saning uchun Olim ponsadboshining qizig‘a unashib qo‘ydiq... Endi san bilan 
to‘y maslahatini qi-lishmoqchi edik... 
Otabek onasig‘a bir og‘iz so‘z demay, ma’nolik qilib otasig‘a qarab oldi. Hoji 
uyatliksumon «shundog‘» deb qo‘ydi. 
— Sizlarni ranjitib bo‘lsa ham bir martaba uylangan edim-ku? Endi... 
— San uylansang biz ranjirmidik? — dedi kulib hoji. 
— Ranjimasalaringiz... 
Hoji tuzuklanib o‘lturib oldi: 
— Bu ranjishdan emas, hojatdan o‘g‘lim. 
— Nima hojat? 
—Hasanalining so‘ziga qarag‘anda, qayin otang qizini Toshkandga yubormas ekan. 
O‘g‘il o‘sdirib katta qilg‘an onangning bo‘lsa oldig‘a kelin qo‘yg‘usi keladir... 
Otabek onasig‘a qaradi: 
— Bu kungacha kelinsiz ham yashab keldingiz, bundan keyin ham shusiz turib 
bo‘lardi-ku, — dedi. 
O‘zbek oyim marg‘ilonliq tomonidan sihrlangan o‘g‘lig‘a qarshi qizishib ketdi. Bir 
yillardan beri ichiga yig‘ib kelgan kinasini to‘kib berdi: 
— Man sani bu umid bilan boqib katta qilmag‘an edim... San bizning naslimizni 
ko‘tarish o‘rniga, yerga urib bulg‘ading. Biz sani Marg‘ilon andisiga bunchalik mukkadan 
ketishingni o‘ylamag‘an edik, adabsiz... o‘zingga qolsa shu marg‘ilonliqni xoting‘a 
hisoblab ketaberar ekansan-da, uyatsiz!.. 
Otabek ham qizishdi: 
— Xotin bo‘lmasa nima, axir?! 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin