Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
74
Tag‘in O‘zbek oyimning rangi o‘chkan, qoni qochqan: tovoqni kosaga, cho‘michni 
piyolaga urib dodi faryod: «Siz otamisiz, nimasiz axir, o‘g‘lingizni tiyib olish sira 
esingizga keladimi? O‘g‘lingizning bu ishi bechiz emas: marg‘ilonliq sihr qildimi, jodu 
qildimi, haytovur siz shu yo‘sunda yuruy bersangiz, erta-indin o‘g‘uldan ajralasiz. Bu 
kalvak o‘g‘lingiz marg‘ilonliqning eshigida qul bo‘lib yotib oladir...» Ammo Yusufbek hoji 
xotinning so‘zini bu gal ham elamaydir, faqat: «Qo‘yaber, xotin, o‘zi sog‘ bo‘lsa, bir  kun  
esini topar»,  deb qo‘yadir. Bir yarim oylar vaqtni Marg‘ilonda o‘tkazib, tag‘in Otabek 
Toshkandga keladir. Tag‘in ona-bola oralarida kina-kudurat... Tag‘in araz... O‘n besh 
kun o‘tmasdan yana Andijon safari, yana O‘zbek oyimning fig‘oni falakka... 
Marg‘ilonliqning sihrchi-joduchisiga o‘lim tilash; meni o‘g‘limdan ajratsa o‘zi ham 
suyganidan ajrasin, qarg‘ish... 
Nihoyat oradan bir yil chamasi vaqt o‘tib Marg‘i-long‘a qatnash yetti-sakkizga 
yetkach, O‘zbek oyimning g‘idi-g‘idisi bilan bo‘lsa kerak Yusufbek hojida ham bir 
o‘zgarish ko‘rila boshlaydir. Xotinining: «O‘g‘ul o‘sdirishni, o‘g‘ul tiyishni bilmaysiz» deb 
shiltalashiga: «Nima qil, deysan endi?» deb so‘raydir. 
— Biz Otabekni Toshkanddan uylandirib boshini bog‘lamasaq, kun sayin uning 
Marg‘ilon yugirishidan qutila olmasmiz. Toshkanddan uylansa suv quyg‘andek tinar-
qolar; Marg‘ilon balosini esidan ham chiqarar... — deydir O‘zbek oyim. Ya’ni hamisha 
yuragini shopirtirib, miyasini mashg‘ul qilg‘an muddaoni aytib solish fursatini 
qochirmaydir. 
— O‘g‘ling qaytsin-chi, bo‘lmasa... 
Erining bu so‘ziga O‘zbek oyim ortiqcha qizishadir, labi-labiga tegmay bobillab 
beradir: 
— Siz shu kungacha barcha ixtiyorni o‘g‘lingizga topshirib, bolani bola qilmadingiz, bir 
xudbin qildingiz... O‘g‘ul o‘sdirish bu turda bo‘lmas; ul tilasin-tilamasin shartta-shartta 
tilaganingizcha qilingizda, qarab turaberingiz. Siz o‘zingizning shu «o‘g‘ling bilar» degan 
gapingiz bilan qancha yaxshi joylardan qolib, nihoyat marg‘ilonliq balosig‘a yo‘liqdingiz... 
Endiki ixtiyor manda: ul kelguncha bir yaxshi joyga unashayin-da, kelgandan so‘ng 
to‘yni ham jo‘natib yuborayliq! 
— Turatur-chi... 
Hojining bunchalik bo‘sh kelishi O‘zbek oyimg‘a qanot-quyruq bergandek bo‘ldi va 
mundan so‘ng tinib-tinchib turolmadi. Shu gapning ikkinchi kuni Hasanalini qo‘yarda-
qo‘ymay arava qo‘shdirib shaharning to‘rt tomonig‘a qiz ko‘rish uchun yurib ketdi. 
Marg‘ilonliq kelinning ta’rifini Hasanalidan ko‘b eshitkan edi. Otabekning ko‘nglini o‘sha 
go‘zal marg‘ilonliqdan sovitish yo‘lida undan ham ko‘hlik, undan ham suluk qiz topish 
ko‘yiga tushdi. Shunga ko‘ra unga uncha-muncha qiz yoqmay, shahardagi ko‘b 
eshiklarni sanashg‘a to‘g‘ri keldi. Yettinchi martaba ko‘chaga chiqishda Olim ponsad 
deganning qizi yoqa tushib hojiga arz qilindi. Hoji boshda xotinining bu gapiga kuldi, 
undan keyin «turatur, o‘g‘ling kelsin», dedi. O‘zbek oyimning bobillashi kuchayabergach: 
«Nima qilsang o‘zing bil, basharti o‘g‘ling ko‘nmasa men zo‘rlamayman!» dedi. O‘zbek 
oyim eriga yalinib boshladi: 
— Bir so‘zlig‘ingizni qo‘ying, er; o‘zi aslzoda, loaqal bir og‘iz o‘g‘lingizga aytib o‘tishka 
va’da bering-chi,— dedi. 
— Yaxshi. Va’da ham berayin, ammo san unashmay tur. 
— Unashmayman, lekin o‘g‘lingizga unashdiq, deb eshitdirarmiz... Tuzikmi? 
— Ma’qul. 
Shu o‘lturishdan so‘ng O‘zbek oyim juda ham jonlanib ketdi va ertasiga Olim 
ponsadnikiga qarab yana arava qo‘shdirdi. Bu ikkinchi sovchiliqda go‘yo qudachalardek 
qarshi olindi. Olim ponsadboshilar: Yusufbek hojig‘a quda bo‘lar ekanmiz, deb juda ham 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin