Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
76
— Qoshliq, ko‘zlik bir andi! 
— Andi deganingiz nima o‘zi? 
Yusufbek hoji o‘g‘lini bosish o‘rniga javob ber, degandek qilib iljaygan holda xotiniga 
qaradi. O‘zbek oyim «andi» ma’nosini bildirib, andilarning sihrini rad qilish uchun bir oz 
tutiliqib qiynaldi: 
— Andi... andi... o‘zi xitoymi, nima balo... o‘zi qalmoqdan tarqag‘an bo‘ladir... 
Tushunmagan bo‘lsang, lo‘lilarning bir toyifasi... 
Bu javobga Yusufbek hoji o‘zini xaxolab kulishdan to‘xtata olmag‘anidek, Otabek ham 
kulib yubordi. Xotinining tirnoq ostidan kir izlab va da’vosining isboti uchun 
g‘o‘ldirashidan ortiqcha kulib kayflangan Yusufbek hoji ko‘ziga chiqg‘an yoshlarni artar 
ekan, jiddiyat bilan o‘g‘lig‘a dedi: 
— O‘g‘lim, san onangning gapiga achchig‘lanma. Ul har narsa desa faqat Marg‘ilondan 
uylanganingga qarshilig‘idan aytadir. Ammo mendan so‘rasang, Marg‘ilondag‘i na 
qudamiz va na kelinimizni hech bir vajh bilan kamsita olmayman, balki bizga quda 
bo‘lmoq-qa eng muvofiq kishilar edi, balli o‘g‘lim, deyman. Saning tinib-tinchishing, 
o‘sib-unishing uchun quvonmag‘an ota-ona sog‘qa hisoblanmaydir. San bunga yaxshi 
ishon. Ammo bizning hozirgi ba’zi bir ra’ylari-miz sanga yotishib kelmas ekan, bunga 
haqqing ham bor, lekin ikkinchi tarafdan bizni ham haqsiz tashlab qo‘yma. O‘g‘lim, 
bizning sandan boshqa umid nishonimiz, hayot quvonchimiz yo‘q. Dunyoda ko‘rib 
o‘taturg‘an barcha orzumiz, havasimiz faqat sangagina qarab qolg‘an. Biz xudoi taolog‘a 
minglab shukur aytamizkim, san boshqalarning farzandidek  eslik-hushlik bo‘lding; 
kishilardek sen bilan iftixor qilolmasaq-da, san orqalik xijolat chekmasimizga ishondik. 
Ayniqsa onangning saning tufayli kechiraturgan umidlari tobora ortib bordi. Bu kun 
onang saning oldingg‘a tiz cho‘kib va onang ko‘ngli uchun men ham orag‘a tushib 
sandan so‘raymiz: san o‘z xohishing yo‘lida uylangan ekansan, rafiqang sanga muborak 
bo‘lsin. Eslilik da’vosida yurgan ota-onang tilagi albatta shundan boshqa bo‘lmas. Shu 
bilan birga sa-ning sababi vujuding bo‘lg‘an bir kishi o‘z hayoti ichida bolasi orqaliq bir 
orzu-havas kechirmakchi... Uning bu orzusig‘a haq berasanmi, yo‘qmi yana ixtiyor 
o‘zingda... 
Hojining bu so‘zi O‘zbek oyimg‘a nechog‘liq yoqqan bo‘lsa, Otabekni shu qadar yerga 
qaratqan edi. Hoji o‘zidan oshirib so‘zlag‘an bu so‘zlarini shu gap bilan tamomladi: 
— Bilgan topib so‘zlar, bilmagan qopib, deganla-ridek, onangning aytmakchi bo‘lg‘an 
so‘zi faqat shu edi. Boyag‘i gaplari bo‘lsa o‘z haqqini himoya yo‘lida uning popisalarigina 
bo‘lib, mendan ham ko‘ra onangning fe’lini o‘zing yaxshi bilasan... 
Otabek hamon sukutda, O‘zbek oyim bo‘lsa boshi bilan «shundog‘» ishorasini berar 
edi. Yusufbek hoji yuqorida o‘tkan gaplarni quruq va asossiz so‘zlamag‘an, balki shu 
turmushning rukn va asosini bir daraja aytib o‘tkan, Otabek esa buni shu muhitning bir 
o‘g‘li bo‘lib eshitkan edi. To‘g‘risi ham ul dadasi tomonidan so‘zlangan haligi qonung‘a 
qarshi chiqish uchun lozim bo‘lg‘an kuchka molik emas; bas, kuchsizlikning natijasi esa 
sukut edi. Ul bir tomondan shunday  orzu-havas uchun bola o‘sdirg‘an ota-onani 
mukofotlandirmakchi va otasi aytkan xijolat chekdirmayturg‘an o‘g‘ullardan bo‘lmoq-chi 
edi ersa ham, ikkinchi yoqdan o‘zini asir etkan shahlo ko‘zlar unga nafratlanib 
qarag‘andek bo‘lurlar, go‘yoki vafosiz, va’dasiz, deb qichqirarlar edi. To‘g‘risi ham uni 
ota-ona mukofotiga qarshi oyoqlandirmoqchi bo‘lg‘an narsa haligi ko‘zlargina, ammo 
uning bu isyonnamo harakatidan boshqa unsurlar qidirish va chiqarish o‘rinsiz tushar 
edi. Ota-ona orzusini ifo etishdan bir soniya ham o‘zining ko‘z o‘ngidan xayoli ketmagan 
anuv ilohiy muhabbat uchun hech bir turlik kamchilik kelmasiga ishonsa ham hozir uning 
yuragini boshqa bir haqiqat tirnay boshlag‘an va vijdonini faqat shu masala-gina o‘rab 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin