Kurs ishining tarkibiy qismi: Kurs ishi - kirish, ikki bob,
xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati va ilovalardan iborat tarzda bajarildi.
Ishning kirish qismida mavzuning maqsadi, vaifasi, ob`ekti, premeti, ilmiy ahamiyati asoslanadi.
Ushbu kurs ishi rus musiqa madaniyatining eng sermahsul va yorqin davri — XIX — XX asr boshlarida yashab, jahon musiqa madaniyatida o‘chmas iz qoldirgan kompozitorlar hayoti va ijodiga bag‘ishlanadi.
Kurs ishi mazmunidan shu davrlarda yashagan kompozitorlaming ijodiga oid rus musiqa madaniyati tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qiziqarli ma’lumotlar o‘rin olgan.
Musiqa madaniyatining shakllanishi, rivojlanishi va takomillashib borish jarayonlarini o‘rganish — musiqa tarixi kursining asosiy vazifalaridan biridir. Kurs ishida birinchi navbatda, musiqiy ijod hamda musiqiy-uslubiy masalalar, shu bilan bir qatorda, musiqa madaniyatining boshqa muhim tomonlari ham yoritib berilgan. Muallif rus musiqa madaniyatining eng nodir durdonalariga sharh berishga harakat qilgan. Albatta, bunda tarixiy sharoitlarni, ularning yuzaga kelishi sabablarini e’tiborga olgan holda, musiqiy olam, musiqiy ta’lim va bilim orqali san’at olamiga qanday kirib borilishi lozimligi haqida.
Musiqa tarixi haqida nashr etilgan ko‘plab amaliy materiallarda muhim tarixiy voqealar, noyob rus musiqiy asarlari yoritib berilgan. Darslikda o‘rganilayotgan kompozitorlar tomomdan yaratilgan musiqiy merosning musiqa madaniyatining shakllanishidagi ahamiyati beqiyosdir. Rus musiqa madaniyatida munosib o‘rin olgan noyob memuar asarlarda iste’dodli kompozitorlar o‘zlarining falsafiy, estetik, ma’naviy dunyoqarashlanni, tarixiy voqealarga o‘z munosabatlarini yaqqol namoyon etganlar. Ular musiqani yorqin ideallar, insonlarning ozodligi va baxti uchun kurashning samarali vositasi, deb hisoblar edilar.
Musiqa tarixi darsligining asosiy vazifalaridan yana biri — bu rus musiqasining jahon musiqasida egallagan o‘rnini ko‘rsatib berishdir. Muallifning fikricha, rus musiqasining rivojlanish davrini jahon musiqasining rivojlanishi tarixidan ajratgan holda o‘rganib bo‘lmaydi.
G‘arb madaniyatining rivojlanishi rus madaniyatining rivojlanishiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatdi. XIX asrning ikkinchi yarmida ko‘pgina rus kompozitorlari yaratgan ijod namunalari rus musiqasini yuksak madaniyatga ega bo‘lgan G‘arbiy Yevropa mamlakatlari musiqasi darajasiga olib chiqdi.
Ma’naviyat va ma’rifatning qaysi bir sohasini olmaylik, zamonaviylikka intilish rus xalqining uzoq o‘tmishiga borib taqalishi haqidagi ma’lumotlar tarix zarvaraqlari orqah bizgacha yetib kelgan.
Ayniqsa, XIX asr rus madaniyatining rivojlanishlda musiqa salmoqli o‘rin tutadi va shuning bilan alohida e’tiborga molikdir.