O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə26/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#43388
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   153
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikas

2.2. O'pka-yurak reanimatsiyasi

O'pka-yurak reanimatsiyasi. quyidagi tartibda amalga oshiriladi:



  • nafas yo'llari o'tkazuvchanligini ta'minlash;

  • og'izdan-og'izga, og'izdan-burunga sun'iy nafas berish;

  • yurakni bilvosita va bevosita massaj qilish yo'li bilan (3-rasm);

  • bemor komada bo'lsa koma holatini aniqlash;

  • bemorni to'liq yechintirib butun tanasini ko'zdan kechirish, haroratini o'lchash;

— tutqanoqlar yoki qaltirashlar bo'lsa ularni yo'qotish (reanimatsiya o'tkazilayotganda bemor notinch bo'lsa, tutqanoqlar tutib tursa, uni tekshirib ahvolini belgilash va yordam ko'rsatish ancha murakkablashadi);

  • qonda glukoza miqdorini aniqlash;

  • og'riqsizlantirish (mone'lik bo'lmasa) choralarini ko'rish.
    Bulardan tashqari, qon aylanishini defibrilatsiya qilish, yurak bo'shlig'iga dorilar yuborish yo'li bilan ham tiklashga harakat qilinadi.

Nafas yo'llarining o'tkazuvchanligini ta'minlash — birinchi navbatda bajariladigan muolaja. Bu ishni to'g'ri va tez bajarilsa, reanimatsiya muvaffaqiyatli o'tkaziladi, aks holda reanimatsiyaning qolgan elementlarini bajarish befoyda.

Koma va narkoz paytlarida yoki behush bo'lgan bemorlarda til orqaga ketib, nafas yo'llarini berkitib qo'yadi. Og'ir jarohatlar natijasida singan tishlar, ezilgan to'qimalar, balg'am va laxta qon, qusuq mahsulotlari ham nafas yo'llarini berkitib qo'yadi. Laringospazm, bronxospazmlar, nafas yo'lining qisilishi va allergiyalarda nafas yo'llari shishib, berkilib qolish hollari sodir bo'ladi. Nafas yo'llarining bunday berkilib qolishiga mexanik berkilish yoki asfiksiya deyiladi.



3-rasm. Yurakni yopiq usulda uqalash: a — ko'krak yoshidagi bolani; b — maktabgacha va maktab yoshidagi bolani.


Mexanik berkilish to'liq va qisman bo'lib, to'liq berkilganda, o'pkaga umuman nafas o'tmaydi, bemor ko'kargan bo'ladi, og'ziga havo yuborilganda ko'krak qafasi ko'tarilmaydi. Qisman berkilganda havo yuborilganda yoki bemor o'zi nafas olsa, qovurg'alar orasi kengayadi, nafas olishda nafas mushaklari qatnashadi, bemorda gipoksiyaklinikasi ko'zgatashlanadi. Birinchi navbatda nafas yo'llarini tozalash uchun bemor tekis va qattiq joyga chalqanchasiga yotqiziladi, qisgan kiyimlari yechiladi va muolaja quyidagicha bajariladi: bemorning bo'yni orqaga maksimal qayiriladi; jag'i oxirigacha ko'tariladi; pastki va yuqorigi jag'i oldinga chiqariladi (4-rasmga qarang). Shunda nafas yo'llarida qarshilik kam bo'ladi.

Ikkinchi qilinadigan ish nafas yo'llarini yot narsalar — suv va balg'amdan tozalash. Tozalash uchun mexanik usul qo'llaniladi, ya'ni qisqichlarga marli o'rab havo yo'li artiladi. Tovush boylamlarigacha ketib qolgan yot narsalarni olish uchun bemorning epigastrial sohasidan diafragmaga qarab kuch bilan itariladi, shu usul bir necba marta takrorlanadi. Bulardan tashqari, nafas yo'llarini tozalashda elektr so'rgichlardan foydalaniladi. Nafas yo'llarini tozalashda laringoskopiyaning roli katta.

Nafas yo'llari tozalangan, o'tkazuvchanligi ta'minlangan bo'lsa bemor og'ziga havo yuborilganda ko'krak qafasi ko'tarilib tushadi. Shundan keyin ikkinchi bosqich — o'pka-yurak reanimatsiyasining navbatdagi ikkinchi elementiga o'tiladi.

Og'izni-og'izga qo'yib sun'iy nafas beriladi, ya'ni bemor o'pkasiga ma'lum bosim (700 ml) ostida havo yuboriladi (4-rasm).

Sun'iy nafas berishning Selvestr Holger, Nilson va Sheffefi kabi usullari ham mavjud, lekin ularni bajarish qiyin bo'lgani uchun ham qo'llaniladi.

Og'izni-og'izga qo'yib nafas berish texnikasi quyidagicha bajariladi: bemor stol ustiga yoki qattiq joyga yotqiziladi; bemor yoniga cho'kka tushiladi, boshi-bo'yni orqaga qayrilib, ikki barmoq bilan burni qisiladi (mabodo burun qisilmasa og'izdan bosim ostida yuborilgan havo burundan chiqib ketadi). Og'izni atmosfera havosi bilan to'ldirib, bemor og'ziga og'izni jips qo'yib, kuch bilan be­mor o'pkasiga yuboriladi va bir vaqtning o'zida ko'krak qafasining ko'tarilishi kuzatiladi. Agar ko'krak qafasi ko'tarilib tushsa, sun'iy nafas berish to'g'ri va foydali bajarilayotgan hisoblanadi. Aks holda nafas yo'llari o'tkazuvchanligi ta'minlanmagan bo'ladi. Shunday nafas berishni bir daqiqada 16—18 marta takrorlash kerak. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, nafas yuborilganda burun qisilgan, chiqarilganda esa burun va og'iz ochiq bo'lishi va iloji bo'lsa qorinning epigastril sohasiga bosib turish kerak, bu oshqozonga havo ketishidan saqlaydi, natijada oshqozondagi mahsulot nafas yo'llariga chiqmaydi. Biror sababga ko'ra bemor og'zi ochilmasa, yuqoridagi usul burun orqali bajariladi.

Bolalarga sun'iy nafas berilayotganda bolaning og'ziga burni bilan qo'shib nafas beriladi, bunda havo kam miqdorda va tez-tez, ya'ni 22—25 marta beriladi. Sun'iy nafasni maxsus niqoblar, trubkalar yoki Ambu apparatlari yordamida berish ham mumkin.

Oddiy o'pka-yurak reanimatsiyasining uchinchi elementi — yurakni tashqi massaj qilish yo'li bilan qon aylanishini ta'minlash. Bu yo'l bilan qon aylanishi 40—45 % gacha tiklanadi. Ko'krakka bosish tartibini o'zgartirsak, 50—60 % gacha yetishi mumkin. Sun'iy qon aylanishi mexanizmi yurakning to'sh-ko'krak suyagi bilan umurtqalar orasidagi qisilishiga asoslangan, ya'ni yurakni tashqi massaj qilganda qon aorta va o'pka arteriyalariga otilib chiqadi.

Tashqi massajni bajarish uchun kasal qattiq joyga yotqiziladi, qo'llari yon tomonga yoyilgan holda bo'lib, ko'krak qafasi chap tomon 3—5- qovurg'alari ustidan, qo'l kaftining birini ikkinchisining ustiga qo'yib, shunday kuch bilan bosish kerakki, ko'krak qafasi 3_4 sm pasaysin, ya'ni ko'krak qafasiga 50—55 kg kuch bilan bosiladi (5-rasm). Bu muolaja bir daqiqada 70—80 marta bajarilishi kerak. Agar massaj to'g'ri bajarilsa, butun organizm 45—60 %, miya esa 90 %, buyrak 15 %, yurak 35 % gacha qon bilan ta'minlanadi. Massaj qilinayotgan paytda massajchining qo'llari to'g'ri turishi va ma'lum kuch bilan bosishi kerak, aks holda massajdan ko'p asorat olish mumkin. O'pka-yurak reanimatsiyasi og'ir muolaja bo'lib, katta kuch talab qiladi. Shuning uchun ikki reanimator ishtirokida o'tkaziladi; biri sun'iy nafas berish, ikkinchisi tashqi massaj qilish bilan shug'ullanadi. Yurakni massaj qilish sun'iy nafas berishga qaraganda og'ir muolaja hisoblanadi.





Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin