O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi


II bob ELEMENTAR O'PKA-YURAK REANIMATSIYASI



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə25/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#43388
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   153
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikas

II bob

ELEMENTAR O'PKA-YURAK REANIMATSIYASI

2.1. Nafas olish va nafas chiqarish jarayonlari haqida tushuncha

Bu jarayon uch bosqichda kechadi: birinchi bosqich — atmosfera havosining nafas olish a'zolari orqali o'pkagacha borishi; ikkinchi bosqich — havoning o'pka alveolalaridan to'qimalarga o'tishi; uchinchi bosqich — to'qimalardagi nafas olish jarayoni.

Nafas olish va nafas chiqarish jarayonlari, nafas markazi bilan boshqariladi. Markaz bosh miyaning Varolyov ko'prigida va karotid sinusida joylashgan. Bundan tashqari, nafas olish va uni boshqarishda ko'krak qafasi, uning asab-mushak apparati, o'pka va havo o'tkazish yo'llari ham qatnashadi.

Burun teshigidan to ovoz boylamigacha yuqori nafas yo'llari, ovoz boylamlaridan o'pka alveolalarigacha pastki nafas yo'llari deb ataladi.

O'pka ko'krak qafasida joylashgan bo'lib, juft a'zo hisoblanadi. Chap o'pka ikki: yuqori va pastki bo'limdan; o'ng o'pka esa uch: pastki, o'rta va yuqori bo'limlardan iborat. O'pka to'qimalari yumshoq bo'lib, kengayuvchanlik xususiyatiga ega. Yuqori nafas yo'llari (burun teshiklari, hiqildoq, traxeya va bronxlar) orqali kelgan havo o'pka alveolalarida almashinadi. Bu jarayon qizil qon tanachalari orqali amalga oshiriladi yoki toza kislorod karbonat angidrid gazi bilan almashinadi va nafas yo'llari orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Nafas olish jarayonida nafas mushaklari (diafragma, qovurg'alararo mushaklar, bo'yinning ayrim mushaklari) qatnashadi. Nafas olganda ko'krak qafasi, o'pka hajmi kengayadi, ya'ni havo bilan to'ladi. Bu havo sog'lom kishilarda 700—800 sm kub.ni tashkil qiladi. Nafas chiqarish jarayoni sust jarayon bo'lib, nafas mushaklari bo'shashuvi bilan amalga oshiriladi va o'pka hajmi qisqaradi. Sog'lom kishi bir daqiqada tinch holatda 16—18 marta nafas olib nafas chiqaradi. Nafas hajmi spidometr bilan o'lchanadi. Nafas olganda nafas yo'llari havoni isitadi, namlaydi va tozalab pastki nafas yo'llariga o'tkazadi.

O'pkada havo almashinish jarayoni kislorod va karbonat angidrid gazining porsial bosimlari farqi hisobidan amalga oshiriladi-Kislorodning porsial bosimi o'pkada yoki alveola havosida 10O mm. simob ustuniga, vena qonida esa 40 mm simob ustuniga teng-CO2 ning porsial bosimi alveola havosida 40 mm simob ustuniga, vena qonida esa 46 mm.sim.ust.ga teng. To'qimalarga kislorodni olib borishda, nafas pigmenti — gemoglobinning ahamiyati katta. Bu pigment o'ziga kislorodni yopishtirib olib to'qimalarga otib beradl yoki oksigemoglobinga aylanadi. Oksigemoglobin to'qimalarga O2 ni berib, kislorodga boy bo'lmagan, ishlatilgan gemoglobinga aylanib qaytadi.

Gipoksiya — organizmda kislorodning yetishmasligi. Anoksiya esa organizmda kislorodning umuman bo'lmasligi natijasida yuzaga keladi. Organizmda 5—6 daqiqaga yetadigan kislo— rod zahirasi bo'ladi, xolos. O'pkaning nafas olishi organizmni kislorod bilan ta'minlashi, uni sarflashi, karbonat angidrid gazini chiqarib tashlashdan tashqari, boshqa funksiyalariga ham to'xtalib o'taylik.

О 'pkaning himoya funksiyasi — o'pkada 90 % ga yaqin turli xil zararli narsalar bo'lib, ularni shilliq qavatlarida eritib, balg'arn orqali chiqarib tashlaydi; tozalash-filtrlash funksiyasi — qonni turli xil yog'lardan, qo'shilmalardan, bakteriyalardan tozalaydi; fibrinolitik va antikoagulant xususiyati ham bor. Oqsillarn i parchalaydi — destruksiya va qayta ishlash — surfktant moddasiai ishlab chiqaradi; suv tengligini saqlaydi, o'pka 500 ml gacha suyuqlik ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, o'pka orqali yuborilgan dorilar tomirga yuborilgandan ham tez ta'sir qiladi. Reanimatsiya usullarini qo'llashda o'pkaning ahamiyati katta.

Biologik faol moddalarning (seratonin, gistamin, prostog— landinlar) ta'sirini kuchsizlantirib, ularni eritib yuboradi, ayrim zaharli dorilarni zararsizlantiradi. Organizmda issiqlik quwatini ishlab chiqarishda va uni sarflashda muhim o'rinni egallaydi. Sutkada 350 kkal. issiqlik ishlab chiqaradi, gemodinamikani boshqarto turadi.

Yurak urishi va nafas olishning to'xtashi bemor hayotdan ko'z yumdi degan gap emas. Bizga ma'lumki, biologik o'limga o'tishdan oldin 3—4 daqiqani o'z ichiga oladigan klinik o'lim bor. Shu 3—4 daqiqa orasida organizmga zarur bo'lgan kislorodni berib nafas olish, qon aylanish tiklansa, bemorni albatta hayotga qaytarish mumkin. Fiziologiyadan ma'lumki, miya to'qimalari kislorod yetishmovchiligiga 3—5 daqiqa bardosh beradi. Ana shu vaqt ichida yuqorida aytib o'tilgan shartlar bajarilmasa, miya to'qimalarida qaytmas jarayon sodir bo'lib, miya o'ladi. Bunday holatlarda bemor taqdirini daqiqalar emas, soniyalar hal qiladi. Eng yaxshi tashkil qilingan tez yordam xizmati ham falokat yuz bergan joyga 10—20 daqiqasiz yetib bora olmaydilar. Reanimatsiya ishlarini o'z vaqtida bajarish uchun aholini, barcha soha xizmatchilarini oddiy reammatsiya usullarini bajarishga o'rgatish kerak. Qon aylanishining to'xtashi ikki xil ko'rinishda bo'ladi yoki boshqacha aytganda ikki asorat natijasida yurak to'xtaydi. Asistoliya va fibrilatsiya, ya'ni yurak mushaklarining qaltirab-titrab harakat qilishi yoki qisqarishi. Ko'pincha yurak mushaklari diastoliya fazasida to'xtaydi, fibrilatsiyaning tez va sust o'tishi yurak mushaklarining tarangligiga bog'liq.


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin