Aholining bir qismi ko'chmanchilikdan o'troqli kka o'tgach, tosh,
guvala, paxsa, sinchli uylar qurila boshlangan. Bronza davrida
O'zbekiston hududining janubida (Sopollitepa) murakkab arxitektura
komplekslari vujudga kelgan. Bronza, kumushdan nafis zargarlik
buyumlari, idishlar tayyorlangan, sopol idis hlar bo'yalib geometrik
naqshlar bilan bezatilgan. Buxoro vohasida Qizilqirdan (miloddan
avvalgi II ming yillik) va Farg'ona vodiysidagi Chustdan topilgan sopol
buyumlar (shakl jihatdan turli-tuman: qozon, xurmacha, xum piyola,
qadah, krujka va boshqalar) kulollik charxining yordamisiz qo'lda
tayyorlangan.
Ilk
temir
davrida
to'g'ri
to'rtburchak
(Qiziltepa,
Bandixontepa), aylana (Kuchuktepa; milodan avvalgi III asrda bunyod
etilgan Qo'yqirilgan qal'a ham aylana tarzda) qal'a -shaharchalar qurilgan.
Afrosiyobdan topilgan arxitektura inshootlarining haroba va qoldiqlari,
ulardagi san'at asarlari Axmoniylar (Eron) san'atiga yaqindir.
Dostları ilə paylaş: