O’rta osiyoda paleografiya, epigrafika va me’morchilik tarixi



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/55
tarix14.12.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#178112
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55
Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi

Afrosiyob yodgorliklari. 
Afrosiyob shaharchasi miloddan avvalgi V-
VII asrlarda shakllangan deb aytiladi. O'sha davr me'morchiligi va 
binokorligi aholini suv bilan ta'minlash, uzunligi 5,5 km ni tashkil qilgan 
qal'a devorlarini barpo etish singari o'sha davr uchun murakkab hisob- 
langan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari bilan bog'liq bo'lgan. Miloddan 
avvalgi VI va milodiy XIII asrlarda topilgan qazilmalar Samarqand 
shahri to'g'risida to'la moddiy ma'lumotlar beradi.
 
So'g'd davlatining qadimiy shaharlari safidan o'rin olgan Samarqand 
dastlab Turon podshosining epik qahramoni Afrosiyob nomini olgan o'sha davrda 
unining maydoni 228,9 ga teng bo'lgan. 
Shaharning 
shakllanishini birinchi 
bosqichi 
topilgan 
shahar 
devorlari bo‘lgan ko'rgazma qilinadi. Eramizdan avvalgi V-VII 
asrlardayoq tiklangan, 80 m uzunlikdagi qoldiqlari topilib tozalangan, 
balandligi 13 m ni tashkil etgan devor monumental g'ishtdan barpo 
etilgan. Shahar arki atrofida turar-joy kvartallari, ibodatxonalar, suv 


havzalari va bozor maydonlari murakkab tartibda o'tkazilgan ko'cha va 
yo'laklar, kanallar bilan chirmashib ketgan. 
Hozirgi davrda Afrosiyobning VII-XVIII asrlarda qurilgan kvartali 
to'laroq o'rganilgan. Samarqandlik iqtidorli rassomlar tomonidan 
yaratilgan jahonga ma'lum bo'lgan devoriy tasvirlar topilgan

Shohi Zinda arxitekturaviy ansambli.
Afrosiyobning janubiu 
yonbag'rida, Qussam ibn Abbos mozori yonida ajoyib maqbaralar 
kompleksi - Shohi Zinda barpo etilgan.
 
Amir Temur tomonidan mo'g'ul bosqinchi1ari quvib chiq arilgandan 
so'ng Samarqandda me'morchilik qayta rivojlangan (XIV asr oxiri va XV 
asr), arxitektura yangi yuksalish davri boshlangan.
Buyuk davlat barpo etgan Amir Temur Eron, Iroq, Ozarbayjon
Hindistonlardan ko'plab hunarmandlar, taniqli olimlar, iste'dod li 
me'morlar, qo'li gul quruvchilar, o'tkir xalq ustalarini Samarqand 
shahriga olib keladi va ularni arxitekturaviy inshootlar barpo etishga j alb 
qiladi. Amir Temur Samarqandni har taraflama obodonlashtirish va 
dunyoda tengi yo'q shaharga aylantirishni orz u qilgan hamda shu 
maqsadda qurilish va obodonlashtirish ishlarini boshlab yuboradi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin