Uning umumiy sahni 167x109 m, burchaklarida baland minoralar bo'lgan.
Bibixonim masjidining poydevori xarsang toshdan, devorlari pishgan
g'ishtdan ishlangan (qalinligi 4,4-5 m). Hozir u bir-biri bilan
bog'lanmagan bo'laklardan iborat. Hovlining to‘rida mehrob va baland
peshtoqli bino, ikki yonida uning kichik nusxasi, poyida masjidning
ikkiga bo'lingan peshtoqi va shimoliy g'arbda alohida saqlanib qolgan
minora mavjuddir.
Amir Temur maqbarasi me’moriy yodgorligi.
Samarqand shahrinig eng
noyob me'moriy obidalaridan biri Amir Temur maqbarasidir.
Bu inshoot 1404-yilda Amir Temur ko'rsatmasi bilan Kichik Osiyoga
yurish qilgan vaqtda (1403-yilda) vafot etgan sevimli nevarasi, taxt
vorisi Muhammad Sultonga atab qurilgan. Bir oz vaqt o'tgach, 1405-
yilning fevral oyida Xitoyga yurish qilgan chog'ida Amir Temur vafot
etadi va u ham shu yerga dafn qilinadi.
Yuksak shaharsozlik usullariga ega, me‘moriy dekor san'atiga boy,
koshinkorlik ishlari juda ham sifatli, ar ka gumbazlarining arxitekturaviy
shakl va proporsinallari uyg'unlashgan tarixiy yodgorliklarga serob
Samarqandda yana bir yangi uslub – relyefli bezak qo'llanilgan. Bu
usulda ishlangan ikkita asar ham shu yerdadir (Bibixonim masjidi va
Amir Temurmaqbarasi).
Dostları ilə paylaş: